Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


‘zbekistonda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə67/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

9.6. 0 ‘zbekistonda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish
Hozirgi kunga kelib, malakali kadrlar birinchi navbatda fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarda, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalarida yetishmaydi. Chunki elektrotexnika korxonalari, ko‘mir, neft va kimyo hamda boshqa sanoat tarmoqlari uchun nisbatan kam darajada yuqori malakali ishchi kadrlar tayyorlandi. Oqibatda hozir 0 ‘zbekistonda fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi (mashinasozlik, elektronika, energetika va boshqalar) tarmoqlarda bugungi kun talablari darajasida kadlar tayyorlash qoniqarli emas. Shuning uchun ham yaratilayotgan yangi ish joylari va kadrlar tayyorligi, bilimi o‘rtasida nomutanosibliklar kelib chiqmoqda. Toshkent shahridagi mardikor bozorida
olib borilgan so‘rovlarimizdan m a’lum bo‘ldiki, o‘z mehnatini taklif etayotganlarning aksariyat qismi (70 foiz) 18-25 yoshlilardan iborat bo‘lib, ularning bilimi, kasb-korligi, malakasi bozor iqtisodiyoti va yaratilayotgan yangi ish joylari talablariga javob bermaydi. Bu yoshlarning 55 foizi o‘rta ma’lumotga, 42 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli, 69 foizi bo‘yoqchi, chilangar,
g’isht teruvchi, suvoqchi va hokazo kasb egalaridir. Ular ishsiz yurishining asosiy sababi ham kasb-korligi, m alakasi, ishlab chiqarishning murakkablashishi, fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob bermayotganligidadir.
Respublikamizning o'ziga xos ijtimoiy-demografik tuzilishi - tug’ilishning nisbatan yuqoriligi, qishloq aholisining ko‘pligi, inson resurslarining o‘sib borishi, eng asosiysi 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar mamlakat aholisining yarmidan ko‘prog’ini tashkil etishi ularning mehnatidan samarali foydalanish masalasiga e’tibor bilan yondashuvni talab etadi. Yoshlar oilaga mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, o‘zlariga munosib kasblarni, kasbga yo‘naltirish kasb-hunar o‘quv-yurtlarida tanlay bilishlari kerak20.
«Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashish va ularga qarashli o‘quv markazlarida ma’lumot, kasb-korlikni oshirish mumkinligini bilasizmi? Ularga murojaat etganmisiz?» deb so‘ralganda respodentlarning 44 foizi «Bilaman, biroq mehnat birjalariga murojaat etmaganman», 46 foizi «M ehnat boiimlariorqali malaka, kasb-korlikni oshirish mumkinligidan bexabarman»,
122
10 foizi «Mehnat birjalari haqida mutlaqo tasawurga ega emasman», deb javob berishgan. Ko‘rinib turibdiki, respodentlarning 56 foizi mehnat birjalari faoliyati haqida tushunchaga ega emas. Boz ustiga, ko‘pchilik yoshlarimiz o‘z bilimlari, m a’lumotlarini oshirishga, kasbiy tayyorgarliklarini zamon talablariga moslashtirishga harakat qilishmayapti. Shuning uchun ham omma o‘rtasida mehnat biijalari va ularga qarashli o‘quv markazlarining faoliyatini keng targ’ib qilish zarur.

Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki, mardikor bozorlari orqali ish topayotgan shaxslar daromadlaridan soliq toiashmaydi. Demak, mardikor bozori pinhoniy iqtisodiy faoliyat yuritish uchun imkon beradi. Vaholanki, mehnat bo'limlari orqali ishga joylashish ishsizlarni rasmiy ish joylari bilan ta’minlaydi. Pinhoniy iqtisodiyotni cheklamoqchi bo‘lsak, mardikor bozorini cheklash, buning uchun mehnat bozorini yanada shakllantirish kerak.


Xullas, respublikamizda hozirgi paytda ham kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni sifat jihatidan takomillashtirish eng dolzarb muammo bo‘lib turibdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa malakali ishchi kadrlar
tayyorlash, mehnat salohiyatini, sifat ko'rsatkichlarini jahon talablariga ko‘tarish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, qishloq xo‘jaligida ham oxirgi
10 yil ichida ishchi kuchi ikki baravar o'sishiga qaramay, malakali ishchilar tanqis, shu davrda ularning soni bor-yo‘g’i 12 foizga ko'paydi, xolos. Vaholanki, kasb-hunar bilim yurtlarini bitiruvchilarning deyarli yarmi qishloq xo'jalik tarmoqlariga yuboriladi. Qishloq joylarda yashovchi tub millatga mansub yoshlarning umumta’lim va kasb-korlik tayyorgarligi sifati past bo'lishiga qaramay, ular ko'pincha yuksak professional maqomga da’vo qilishni ham istamaydilar. Bugungi kunda respublikamizda bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida mehnatkashlarning nafaqat umumiy ma’lumot, maxsus va kasbiy tayyorgarligini, balki texnika sohasidagi bilim doirasini kengaytirish, iqtisodiy bilimlarini oshirish zarur. Shuningdek, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni o'stirish uchun kadrlar malakasini ishlab chiqarish talablariga mos keltirish va
butun milliy iqtisodiyotda malakali ishchi kuchi tayyorlash lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi M akroiqtisodiyot va statistika vazirligi m a’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan asming 80-yillari oxirlarida sanoatda yuqori malakali ishchilar 22,1 foizni tashkil etgan, 23,6 foiz ishchi esa past malakali bo'lgan. 1989yilda yengil, ip gazlama, neft, kimyo, ko‘mir sanoatida qo‘Ida bajariladigan operatsiyalaming salmog’i 30-38 foizni, elektrotexnika sanoatida 45, oziq-ovqat sanoatida 55 foizgachani tashkil etdi.
Ma’lumki, turli yoshdagi kishilar turlicha malaka, mahorat va kasb-kor tayyorgarligiga, bilim va ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘ladi, shuningdek, ular o'zgarayotgan mehnat sharoitlariga moslashishlari bilan ham farqlanadi. Bularning barchasi esa mehnat unumdorligi darajasiga o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Katta yoshdagi ishchilarning hissasi ko'payib borishini bir tomondan, mehnat unumdorligini o‘stiruvchi omil, deb qarash mumkin boisa, boshqa tomondan,
bu ma’lum darajada iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishini ham unutmaslik kerak. Malakali kadrlar yetishmovchiligi — mehnat unumdorligi pastligining
20УмрзоцовБ., РахимовМ. Мехнатмуиосабатлвринаменталитет. —Т.: «Узбскпгтон», 2005.
123

muhim sabablaridan biridir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qurilishdagi kadrlarning 65 foizi, sanoatda — 45, qishloq xo'jaligida ham shunchasi sifat


jihatidan takomillashtirishni ta’minlovchi jiddiy kasbiy tayyorgarlikni talab etadi 1.
Sotsiologik tadqiqotlarimiz ham respublikada ishchilaming malakasi ishlab chiqarishning murakkablashishi, fan-texnika taraqqiyoti talablariga javob bermayotganligini ko‘rsatdi.
Xullas, fan-texnika taraqqiyoti mintaqa. ahlining kasb-hunarga moyilligi yuksalishini, ularni asosan industrial turlarga o‘tish uchun tayyorlashni taqozo etmoqda. Industrial kasb-korlik esa sihat-salomatlik, malaka va ijtimoiy-psixologik salohiyatning tegishli holatini talab qiladiki, ulami qudratli ijtimoiy infratuzilma barpo etilsagina ta’minlash mumkin. 0 ‘zbekiston mehnat salohiyatining sifat ko‘rsatkichi shunday darajadaki, mahalliy millat vakillarining yetakchi kasb egalari
orasidagi salmog’i juda past. Masalan, sanoatda band bolganlami olaylik. Qator yirik sanoat ishlab chiqarishida ularning 60-90 foizi yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalarida, yarmidan ortig’i esa malaka talab qilmaydigan ish joylarida bandlar2.
Fikrimizcha, kadrlar tayyorgarligining sifat jihatidan pastligiga bosh sabab
- umumta’lim maktablaridagi o'qish jarayonining sustligidir. Bu qishloq joylarida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham milliy kadrlar psixologiyasini maktabdan shakllantira borish kerak. Qishloq yoshlarining mutlaq ko'pchiligi qishloq xo‘jaligi bilan yaxshi tanish (bu tabiiydir), lekin ularning
yirik sanoat ishlab chiqarishi to‘g’risidagi tasawurlari ancha cheklangan.
Qishloq yoshlari shahardagilardan maxsus va kasb-korlik bilimi jihatidan sezilardi darajada orqada qolmoqda. Aholi ro'yxati ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qishni davom ettirganlar shahar maktablari bitimvchilarining 47-48, qishloq maktablari bitiruvchilarining atigi 32-33 foizini tashkil qiladi.
Qishloq maktablari hozir ham yoshlarning mavjud ijodiy imkoniyatlarini to'laligicha ochib bermayapti. Ularda bitiruvchilarga kasb tanlashlari uchun sharoit yaratilmagan. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davridagi ta’lim tizimi kuchsiz, ularning moddiy-texnika bazasi past.
Umumiy ma’lumot darajasi mehnat faoliyatini o'zgartirishga ancha ta’sir qiladi: u qanchalik yuqori boisa, yangi ish turlarini, yangi texnologiyalarni o'zlashtirishga, ishlab chiqarish malakasini oshirishga shuncha kam vaqt sarflanadi.
Kompyuterlar, zamonaviy mashinalar, mexanizmlar bilan jihozlangan maxsus sinflarga ega qishloq maktablari sanoqli. Ularga pul va moddiy resurslar bilan, yetakchi mutaxassislarning professional ishtiroki bilan yordam ko'rsatadigan homiylar unchalik ko‘p emas. Bularning barisi maktab o'quvchilarida mehnat ko'nikmalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini, mehnatga ishtiyoqni, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlarni shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi mumkinmas. Holbuki, ish sifati ana shularga bog’liq bo‘ladi.
Sotsiologik so‘rovlardan ko'rinib turibdiki, maktabdagi yoshlarning oz qismigina (9, 12%) bo‘sh vaqtlarini hunar egallashga sarf etayaptilar. Bu maktablarda yoshlami kasb-hunarga qiziqtirishning talab darajasida emasligidan dalolat beradi. Toshkent shahri misolida shuni ko‘rish mumkinki, yangi iqtisodiy sharoitlar hali yoshlarda ma’lumotni oshirishga turtki bermayapti.
124

Yangi iqtisodiy sohalar bitiruvchilarga qiziqarli ko'rinadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yoshlar hali o'zgarishlarning mohiyatini, ularning chuqur xarakterini va yangi iqtisodiyot qanday shaxsiy jihat talab qilishini tushunib yetishmagan. Axir busiz samarali bozor iqtisodiyotini yaratish mumkin emas-ku! So‘rovlardan ko'rindiki, yoshlarning juda oz qismigina kasb-hunar o‘quv muassasalarida o‘qishga xohish bildirishgan, zamonaviy kasblarga qiziqish o‘g’il bolalarda ham, qiz bolalarda ham deyarli bir xil. Ish haqi yoki daromadi yuqori bo‘lgan kasblarga yoshlarimiz ko‘proq qiziqishmoqda.


Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktabni bitiruvchi yoshlarning ko‘pchiligi tanlagan kasblari haqida hali yetarlicha tasawurga ega emas. Bu esa, kasbga yo‘naltirish bilan shug’ullanuvchi muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, pedagog va mutaxassislar oldiga kasbga yo‘naltirish ishlariga jiddiy e’tibor berish vazifasini qo‘ymoqda.
Bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti davrida ilmli, yangidan-yangi bilimlarni olishga qobiliyatli, doimo o'zgarib turuvchi ishlab chiqarish sharoitiga moslasha oladigan kasb egalarini ko‘paytirish zarur. Buning uchun yosh avlod o'rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini to‘g’ri va maqsadga muvofiq amalga oshirish kerak. Bu esa, respublikada mehnat resurslarining to‘g ii taqsimlanishiga olib keladi. Afsuski, keyingi yillardagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy, o ita va hunar o‘quv muassasalari talabalarining uchdan bir qismi o‘zlari tanlagan kasblarga qiziqishmaydi. Chunki yoshlar o‘zlari uchun mos kasblar topa olmayaptilar. Ular bilan kasbga yo'naltirish bo‘yicha ishlar yetarlicha olib borilmayapti.
Qanday qilib yoshlarda bilim va hunar egasi boiishga qiziqish uyg’otish mumkin? Bu borada bizning takliflarimiz quyidagicha:
» maktablarda o‘quvchilarning ilk bosqichlar (boshlang’ich sinflar)da kasbga qiziqishlarini chuqur tahlil qilish zarur;
® 5-6 yoshlardayoq yoshlarning gumanitar yoki texnik ma’lumotlarga qiziqishlarini aniqlash kerak;

  • yoshlami o‘qishga va kasbga qiziqtirish, yo'naltirish uchun 9-va 11-sinflarda «Maslahat beradigan sotsiaologik xizmat»ni yaratish, sotsiologlar, psixologlar faoliyatini kengaytirish kerak. Bitiruvchilarning nafaqat mavjud kasblarga qiziqishlarini, balki ulardan har birining imkoniyati, qobiliyati va bilimini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega;


  • ya’ni, muayyan fanlarga qiziqishi kuchli bo‘lgan qobiliyatli yoshlarga alohida e’tibor berish, ularni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish zarur.


Ma’lumki, jahon miqyosida kadrlar tayyorlash va ularni qaytadan o‘qitish xalqaro fan-texnika taraqqiyoti yangiliklari asosida olib boriladi. Kadrlar bozorini o‘rganuvchi chet el mutaxassislarining fikricha, hozirgi zamon sharoitiga mos ilmiy-amaliy tajribaga ega boiganlar jami kadrlar potensialining 20-30 foizini


tashkil etsagina, bozor iqtisodiyoti ijobiy samara berishi mumkin. Bizda esa mutaxassislar tayyorlashda zamon yangiliklaridan ancha orqada qolingan. Kadrlarning texnik, texnologik, iqtisodiy, huquqiy va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi bilimlari hozirgi sharoit talablariga javob bermaydi. Bozor iqtisodiyoti esa universal qobiliyatli kadrlarni talab etadi.
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari, 0 ‘zbekiston aholisi tarkibida

125

ham 14-21 yoshdagilar miqdori eng yuqori darajada. Viloyatlarda va tumanlarda


joylashgan hunar-texnika bilim yurtlarida 280 mingga yaqin yigit-qiz ta’lim olmoqdal. Afsuski, bu kasb-hunar muassasalari yetarlicha rivojlanmagan va mintaqalar bo‘yicha notekis joylashgan, ularning moddiy-texnika bazasi zaif,
tajribali pedagoglar yetishmaydi...
Hunar-o'quv muassasalariga qiziqish pastligining sababi ham shundadir. Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 1990 yilda bilim yurtlarining mehnat vositalari bilan ta’minlanishi 55 foizdan oshmagan, ularning ham 1/3 qismi
jismoniy va m a’naviy jihatdan eskirgan. Viloyatlardagi hunar o‘quv muassasalarida ahvol bundan ham ayanchliroqdir. Korxonalar bilim yurtlarini zamonaviy vositalar bilan ta’minlashga harakat qilishmayapti. Bu dalillami keltirishdan maqsad, hunar - o‘quv muassasalari ahvoli hozirgi vaqtda ham talab darajasida emasligini ta’kidlashdir (75).
Malakali ishchilarni rejalashtirish va ustun darajada yangi texnika va texnologiya uchun tayyorlash borasida Yaponiyadagidek axborot-prognostik yondashish tajribasi respublikada afsuski, hozircha keng yoyilgani yo‘q. Hunar- o'quv muassasalarimizda hali ham traktorchi-mashinistlar, g’isht teruvchi, bo‘yoqchi, slesar, sartarosh, tikuvchi, to'quvchi, bog’bon, chorvachilik fermalari mexanigi singari «barqaror» kasblarga o‘rgatilmoqda. Lekin XXI asr bo‘sag’asida hozirgi yoshlarning qiziqishlari bular bilan cheklanmaydi. Bilim yurtlarining o‘quv dargohi sifatidagi obro‘-e’tibori pastligiga shu narsalar sababdir. Mazkur tizim milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-zaruriy ehtiyojlaridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob bermasligi tufayli nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatlari, dastur asosida boshqariladigan stanoklar va manipulyatorlar avtomat liniyasi va agregat stanoklari sozlovchilari, avtomat va yarim avtomat liniyalari, stanok va qurilmalar, elektron-hisoblash mashinalari juda kam tayyorlanadi, holbuki ularga ehtiyoj juda katta. Bizningcha, murakkab va qo‘shilib ketgan bir necha kasblar bo‘yicha malakali ishchilarni tayyorlashga qodir, ixtisoslashtirilgan bilim yurtlari baipo etishni yanada rivojlantirish zarur,
shuningdek, ulami hududiy, tannoq va tarmoqlararo o‘quv yurtlariga aylantirish kerakki, bu istiqbolda yaxshi samara beradi.
Ta’kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-iyuldagi «Bozor islohotlari talablarini hisobga olgan holda qishloq yoshlari kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini o'zgartirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi qarori kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari faoliyatida biroz bo‘lsada, o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Kasb -hunar bilim yurtlarining 110 tasi hunar litseylariga, 53 tasi biznes maktablariga aylantirildi, 20 ta milliy hunarmandchilik litseyi tashkil etiidi.
(25)

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə