B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»


Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

3.2 Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar
rivojlanishidagi jahon tendensiyalari
Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar rivojlanishidagi jahon 
tendensiyalari va omillari tahlili ko‘rsatishicha, ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari va ustunliklari quyidagilardan iborat:
— fundamental va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlari- 
ning muddatlarini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish, moliya 
resurslarini va ilmiy-tadqiqot salohiyatini jamlash, ishlab chiqarishni 
texnologik jihatdan tayyorlash va raqobatbardosh mahsulotning yangi 
turlarini jadal o'zlashtirish;
— o‘z tarkibiga kiruvchi sanoat кофога181уа1ай, moliya-kredit, 
sotish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moliyaviy barqarorligini 
ta’minlash maqsadida faoliyatni tarmoq ichida, tarmoqlararo diversifi- 
katsiyalash;
— boshqaruvning turli darajalari o'rtasidagi ishlab chiqarish jarayon- 
larini muvofiqlashtirish, kooperatsiyalash va nazorat qilish funksiyalarini 
samarali amalga oshirish;
— o‘zaro bog‘liq ravishda ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar va 
tarmoqlarning oqilona kooperatsiyalashuvini ta’minlash, «ilmiy-tadqi­
qot ishlari — tajriba-konstruktorlik ishlanmalari — investitsiyalar — 
ishlab chiqarishga tayyorlash — seriyali ishlab chiqarish sotish, sotuvdan 
keyin xizmat ko‘rsatish» hayotiy siklini qisqartirish va samarali amalga 
oigarish;
— investitsiya resurslarini ustuvor tarmoklar va ishlab chiqarishlarda 
jamlash hamda mahalliy va jahrn bozorlarida mahsulotning raqobat- 
bardoshligini oshirish;
26


— 
«ikki tomonlama moliyalash», bu amortizatsiya, taqsimlanmagan 
foyda va banklar kreditlari hisobidan, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni 
chiqarish va sotish orqali amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni tashkil etish jarayoni 
xo‘jalik yuritishning rejali tizimidan bozor tizimiga o‘tish natijasida 
o‘z iqtisodiyotini isloh qilayotgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakat- 
larida keng tarqaldi.
Ushbu mamlakatlarda davlat mulkining xususiylashtirilishi yangi 
iqtisodiy tuzilmalar shakllanishiga ko‘maklashdi, bu holat iqtisodiy 
tizim poydevori almashinuviga ta ’sir ko‘rsatdi: mulkchilik shakli 
o'zgardi, sarmoyani boshqarishning yangi tuzilmalarini shakllantirish 
jarayonlari faollashdi.
Sotsialistik tuzumdan voz kechgan mamlakatlarda mulkchilikning 
aksiyadorlik shakli paydo bo‘lishi iqtisodiyotda korporativ sektoming 
shakllanishiga olib keldi, yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar 
(konsemlar, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari) ushbu sektoming 
tarkibiy qismiga aylandi.
Mazkur mamlakatlarda bozor munosabatlari shakilanishi natijasida 
yuzaga kelgan kichik va o‘rta biznes korporatsiyalarining soni ko‘p 
bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, bazaviy tarmoqlarda yirik ishlab chiqarish­
ning roli hamon yetakchi bo‘lib qolmoqda. g‘arb iqtisodiy tizimlari 
singari mazkur mamlakatlar ham o‘z taraqqiyot yo'lida aksiyadorlik 
jamiyatlarining rivojlanishi davrini bosib o ‘tdi, so‘ngra sarmoyani 
boshqarish tuzilmasining murakkablashuvi va moliyaviy hamda sanoat 
sarmoyasining qo‘shilishi oqibatida ularda xolding kompaniyalarini
moliya-sanoat guruhlarini tashkil etish jarayoni boshlandi. Shunga 
qaramay, sobiq sosialistik mamlakatlarda integratsiyalashgan birlashmalar 
faoliyatining tarkibi va xususiyati g‘arb mamlakatlarinikidan ma’lum 
darajada farq qiladi.
Mazkur tafovutlar korporativ kompaniyalami shakllantirishning 
muayyan tarixiy holatlari, кофогайу munosabatlami tartibga solishning 
o‘ziga xos xususiyatlari, fond bozori rivojlanishi darajasi, korporativ 
mulk va boshqaruv masalalarida moliya tashkilotlari va davlat roli 
bilan shartlangan.
Mutaxassislaming fikricha, sobiq sosialistik mamlakatlar iqtisodiyo- 
tini isloh qilish jarayonida integratsiyalashgan korporativ tuzilmalaming 
shakilanishi ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga har tomonlama 
ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Xususan, ishlab chiqarishning barqarorlashuvi 
yuz beradi
27



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə