Bibliografiya lat p65


Òurli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161
bibliografiya

Òurli xil so‘roqlarni bajarish xususiyatlari
Mavzuli so‘roqlarni bajarish
— „mavzu“ tushunchasi juda
keng, u ma’lum bir masalani, savolni, muammoni, biror
kishining hayoti va ijodini, o‘lka va mamlakat haqidagi ma’lumotni
anglatishi mumkin. Mavzuli so‘roqlar, asosan, sistemali katalog,
kartotekalar va ma’lumotlar bazasi va banki, bibliografik
qo‘llanmalar yordamida bajariladi. Bularga qo‘shimcha ravishda
kitob ichi va jurnal ichi ro‘yxatlari, nashrning o‘zi — kitob,
gazeta, jurnal, davomli nashrlar, to‘plamlar va boshqa hujjatlar
ham ko‘rib chiqiladi. Masalaning hal etilgani shunda ko‘rinadiki,
ro‘yxatlardan, albatta, 2 — 3 ta hujjat tavsiya etilishi kerak.
Masalan, maktab o‘qituvchisiga Oybek ijodi haqida ma’lumot
kerak bo‘lsa, notanish bo‘lgan yangi ilmiy maqolalar tavsiya
etiladi, o‘quvchiga yozma ish yozish uchun esa uning yoshiga
moslab yozuvchi ijodiga oid ommabop nashrlar, talabaning ilmiy
referat bajarishi uchun esa ilmiy xarakterdagi asarlar tavsiya
etiladi. Bu so‘roqlarni bajarishda alifbo katalogidan tashqari sistemali
va elektron katalogdan foydalanish zarur, ularda kalitli so‘zlar
yordamida turli mavzular bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini olish
mumkin. Mavzuli so‘roqni bajarishda so‘roq bilan bajariladigan
ma’lumotning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini belgilab olish kerak.
Agar kitobxon so‘rog‘i juda keng qamrovli bo‘lsa, uni suhbat
davomida aniqlashtirib, ixchamlashtirib olish mumkin. O‘lkashu-
noslikka oid so‘roqlarni bajarishda, albatta, o‘lkashunoslik karto-
tekasidan, o‘lkaga oid qo‘llanmalardan, nashrlarning o‘zidan
foydalanish zarur. Aniqlovchi bibliografik ma’lumotlarni baja-
rishning metodikasi va yutug‘i kitobxonning tayyorgarlik darajasiga,
bibliografik tavsifning qay darajada kitobxonga tushunarli va tanish
ekanligiga bog‘liq. Bunday so‘roqlar ko‘proq kitobxon tomonidan
asar muallifining ism-sharifi, asar nomi, muallif asarining boshqa
muallif nomi bilan atalgandagi holatida, muharrir, tarjimon
yoki tuzuvchining muallif o‘rnida berilishida, asar nomining
noto‘g‘ri aytilishida, hali nashr qilinmagan asarni so‘raganda,
jurnal yoki gazeta maqolasini alohida nashr sifatida so‘raganda
yuz beradi. Bunday so‘roqlarni bajarish uchun, avvalo, so‘roqning
mazmuni, maqsadi aniqlanadi, bibliografik elementlari to‘ldiriladi.
Keyin axborotni qidirish dasturi ishlab chiqiladi, katalog va
kartotekadan to qo‘llanmagacha bo‘lgan axborot manbalari
tanlanadi, vaqtli matbuot va ma’lumotnoma nashrlar tanlanadi.
Agar qidirilayotgan hujjat kitoblar orasida bo‘lmasa, uni jurnallar


187
orasidan, so‘nggi sonida chiqadigan adabiyotlar ro‘yxatidan
qidirish kerak.
Manzilli bibliografik so‘roqni bajarish juda tez va murakkab
qidirishsiz amalga oshadi. Hujjat haqidagi to‘la va aniq bibliografik
ma’lumotga ega bo‘lgan bibliograf katalog va kartotekalarga,
elektron katalogga murojaat qiladi yoki kitobxonning o‘zini
qidirish jarayoniga jalb qiladi. Elektron katalog orqali buni
qidirish juda tez va oson amalga oshadi. Òegishli hujjatni muallif
familiyasi, sarlavhasi, nashr yili, nashriyot nomi, kalitli so‘z
yordamida qidirish va kutubxonaning qaysi bo‘limida joylashgan-
ligini bilish mumkin. Faktografik so‘roqni bajarishda, albatta,
ma’lumotnoma nashrlardan foydalaniladi. Buning uchun
kutubxona xodimi ma’lumotnoma nashrning xususiyatlarini,
mazmunini, ahamiyatini, yordamchi apparatlarini yaxshi bilishi
zarur.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə