Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/199
tarix31.12.2021
ölçüsü2,11 Mb.
#81119
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   199
biotex

Interferonlar -
hujayraning immun tizimini faollashtiruvchi, oqsil tabiatli biostimulyatorlardir. 
Bundan tashqari, ular virusga qarshi faollikka  ega bo’lib, rak hujayralarini  ko’payishdan  
to’xtatish xususiyatiga ega. Odam interferonlarining uch sinfi  ma’lum : 
α

β
 va 
γ
. O’tgan 
asrning 70- yillaridayoq, inson 
β
-interferonini sintez qiluvchi gibrid DNK ni bakterial 
hujayraga  o’tkazishga  muvofiq bo’lingan edi. Oradan ko’p o’tmay  bunga o’xshash 
konstruksiyalar  
α
- va 
γ
- interferonlar uchun ham  tuzildi. 
E.coli
  bakteriyasi  hujayrasiga, 
bakterial  triptofan  yoki  laktoza  operoni  va interferon  geni saqlovchi, gibrid DNK 
o’tkazilishi  bilan  u yoki bu xususiyatga  ega bo’lgan  interferon sintez qiluvchi bakteriya  
shtammlari yaratilgan edi. Keyinroq esa, shtammlarni  hosildorligini oshirish hamda  virusga 
qarshi  xususiyatlarini  ko’paytirish  maqsadida  rekombinant DNK da modifikasiya (xususan 
ba’zi-bir aminokislotalarni  almashtirish) qilindi va xo’jayin hujayraning genotipi hamda 
ularni  o’stirish sharoitlari  tanlandi. Har uch sinfga  mansub interferonlar  sintez qiluvchi  
bakteriyalar shtammlari  Rossiyaning ko’pgina olimlari tomonidan ham yaratilgan edi. 
Xususan, 
α
- va 
γ
- interferonlar  shtammlari  biorganik kimyo institutida 
β
 - interferon 
shtammi esa Rossiya FA Genetika va sanoat mikroorganizmlari seleksiyasi institutida 
yaratilgan edi. Interferonlar ishlab chiqarish uchun E.coli dan tashqari Methylomonas, 
Salmonella, Pseudomonas  kabi grammanfiy bakteriyalardan ham foydalanish mumkin.  
Masalan, Pseudomonas sp. shtammi asosida 
β
- interferon ishlab chiqarish birinchilardan 
bo’lib Rossiyada yo’lga qo’yilgan edi. Interferon sintez qiluvchi achitqi zamburug’larini 
transmutantlari ham yaratilgan bo’lib, ularning bakterial shtammlardan ancha afzallik 
tomonlari ham bor. Xususan, achitqi zamburug’lari arzon oziqa talab qiladi, faglar ta’siriga va 
lizisga chidamli, oson cho’kadi, eng muhimi preinterferonlar hosil bo’lishini to’g’ri tashkil 
qiladi.   

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə