Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati reja: 1


Bolada bilish qobiliyatini rivojlanishi



Yüklə 101,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü101,83 Kb.
#182323
1   2   3   4   5   6   7
BOGCHA YOSHIDAGI BOLALARNING KATTALAR MEHNATIGA MUNOSABATI

 
Bolada bilish qobiliyatini rivojlanishi 
Bizga ma`lumki, odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining 
ta`siri ostida o`tadi, qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika 
vositalarining tovushi – bularning barchasi odamning eshitish organiga ta`sir qiladi 
va tovush sifatida qabul qilinadi. 
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir, chunki bola nutqining 
rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo`lishi kerak, ya`ni 
u eshitgan so`zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola 
tug`ilishdanoq eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo`lsa, u tovushni 
eshitmaydi, natijada aytilgan so`zlarni takrorlay olmaydi, ya`ni uning nutqi 
rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug`ma karlar gung ham bo`ladi. Shuningdek, 
eshitish qobiliyati past bo`lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi. 
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba`zi 
voqealarni ko`rgandagiga nisbatan ularning mazmunini eshitganida to`laroq 
tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektakl mazmunini radioda eshitganida 
to`laroq tushunchaga ega bo`ladi. 
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo`lishi avvalo har bir odamda 
bolaligidan boshlab nutq paydo bo`lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning 
keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning 
tarbiyanishida, musiqa san`atini tushunishida va barcha ruhiy faoliyatning 
shakllanishida muhim rol o`ynaydi. 
Qulog`i turli darajada og`ir bolalar uchun ham ta`lim berishning alohida 
metodlari zarurdir. Ularni qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan 


maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus 
maktablarda o`qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo`lgan bolalar ta`lim 
olishni ko`pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt 
muvaffaqiyatli o`qiy olmaganlaridan keyingina qulog`i yaxshi eshitmaydigan bollar 
uchun mo`ljallangan maxsus maktablarga o`tkazadilar. 
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr 
masofada, pichirlab gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo`tadil 
darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab 
aytilgan gapni 1-3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – ovoz chiqarib 
aytilgan gapni quloq suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, 
garanglikning og`ir darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 
metrgacha va pichirlashni 0,5 metrgacha masofadan eshitadi. Qulog`I og`ir 
bolalarning eshitishdagi nuqson darajasinigina bilib qolmay, balki yaxshi eshitmay 
qolish qachondan boshlanganini ham hisobga olish juda ham muhimdir. 
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) 
va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq 
qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyutsion dinamik 
yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish 
qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi 
sharoitni alohida o`rganish talab qilinadi. 
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy 
jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, 
muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta`sirini aniqlash imkonini 
beradi. eshitishi normal bo`lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo`lida tarbiyalanishi, 
surunkali kasal bo`lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning 
rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki 
tillilik – bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi, nuqtiy muhitning 
nutq rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga misol bo`ladi. 

Yüklə 101,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə