Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati reja: 1



Yüklə 101,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü101,83 Kb.
#182323
1   2   3   4   5   6   7
BOGCHA YOSHIDAGI BOLALARNING KATTALAR MEHNATIGA MUNOSABATI

 
 


BOLALARDA DIQQATNING RIVOJLANISHI 
Diqqat inson faoliyatini barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va 
ularning samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik 
murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, 
u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez 
payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida 
muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, 
insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har hil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar 
turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan 
bir obyektga aktiv (faol) qaratilishiga aytiladi.
P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur 
qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning 
obyekti bo‘la oladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, 
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda 
qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi.
Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda
diqqatning xech qanday alomati ko‘pinmasa ham, oradan sal o‘tmay, ya’ni bolaning bir 
oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko‘pina boshlaydi. Demak, 
bolaning bir oylik davrida uning diqqatini hap turli kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush,
ortiqcha yorug‘lik kabi) beixtiyor ravishda o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki - uch oylik 
bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoklarning tovushiga ovunadigan) 
bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar 
ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko‘z o‘ngidagi narsa qanchalik rang-barang 
bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p e’tibor beradi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o‘yinchoq bersangiz u o‘yinchoqni juda 
qizikib ko‘pa boshlaydi, Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o‘yinchoqni
ko‘rsatsangiz, birinchi o‘yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar 
diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish 
protsesslarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish


jarayonining keng yoyilib ketishini to‘xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik 
bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga osongina chalg‘ib ketaveradi.
Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bo‘lishi turmush 
tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo‘lib 
tuyulaverganidan ularning diqqatlari bir yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim 
xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib, yuksala boshlaydi. 
Buni biz bolalarning (xususan o‘pta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt 
davomida) o‘tira olishlaridan, ba’zi o‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, 
ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan ko‘rishimiz mumkin, bir 
narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg‘ib ketaveradi. Ana shy nuqtai nazardan bola ko‘z 
o‘ngidagi narsaning o‘zi bolaga juda qiziq tuyulgani uchun ham diqqati chalg‘ib ketadi. 
Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha, Sasha (1 yosh 8 oylik) echki va uning 
bolalari haqidagi ertakni zo‘p qiziqish bilan tinglaydi. Bo‘pi kelib eshikni taqqillatgani
hikoya qilganda, Sasha bo‘pining qanday taqqillatganini ko‘rmokchi bo‘lib, devorga tap-
tap etib uradi, lekin ba’zan taqillatishga shy qadap maxliyo bo‘lib ketganidan ertakni 
tamomila unutib qo‘yadi. Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanligi juda 
zaif, ko‘lami esa tor bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko‘zlariga yaqqol
ko‘pinib turgan bir narsaga qapata oladilar, ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining 
rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, 
katta kishilar bilan muomalada bo‘lishdan tashqari, ularning ko‘rsatmalarini bajarish 
imkoniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga 
qarashishni imkoniyatlari boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. 
Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajonu-dil ado etadilar. O‘z o‘ziga xizmat 
ko‘rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, ota-onalarining uy-xo‘jalik 
ishlarida qarashishga harakat qiladi. Mana shylarning hammasi diqqatni ma’lum darajada 
to‘plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriy
diqqatning rivojlanishiga asos yaratadi. Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy 
diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat 
ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-
yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni 
asta-sekin takomillashtirib boradi.



Yüklə 101,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə