Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə4/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfining sistematikasi, ularning yashash muhiti, tarqalishi va ahamiyati
Birinchi sаvоl bаyоni:
Qisqichbaqasimonlar sinfiga 30 mingtadan 40 mingtagacha tur kiradi. Qisqichbaqasimonlar sinfi jabraoyoqlilar, sefalokaridlar, maksillopodlar, chig‘anoqli qisqichbaqalar va yuksak qisqichbaqasimonlar kenja sinflariga bo‘linadi.
Jabraoyoqli qisqichbaqasimonlar (Branchiapoda) kenja sinfi vakillari eng tuban tuzilgan qisqichbaqasimonlardan hisoblanadi. Ularning bo‘g‘imlari deyarli bir xil (gomonom) tuzilgan; boshi ko‘kragi bilan qo‘shilmagan; tanasidagi bo‘g‘imlar soni doimiy emas. Bargga o‘xshash ko‘krak oyoqlari harakatlanish, nafas olish va oziqni og‘izga haydash vazifasini bajaradi. Qon aylanish va jinsiy sistemalari boshqa qisqichbaqasimonlarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan. Asosiy ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim turlari esa dengizlarda erkin hayot kechiradi. Kenja sinf jabraoyoqlilar va bargoyoqlilar turkumlariga bo‘linadi.
1. Jabraoyoqlilar (Anostraca) turkumi. Jabraoyoqlilar gomonom tana bo‘g‘imlariga ega bo‘lgan eng tuban tuzilgan hayvonlar. Ularning tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan tashkil topgan. Choklar yordamida boshning o 'zi ham oldingi protosefalon va keyingi jag'lar qismiga bo‘linadi. Boshining oldingi qismida antennulalar, antennalar, yagona nauplius ko‘zi va bir juft fasetkali ko‘zlari, keyingi qismida ikki juft erkin joylashgan jag‘lari bo‘ladi. Bosh qalqoni-karapaks rivojlanmagan. Jabraoyoqlilarning ko‘kragi 11-19 bo‘g‘imdan iborat. Har bir bo‘g‘imida bir juftdan ikki shoxli bargsimon oyoqlar joylashgan. Ko‘krak oyoqlari bir xil tuzilgan. Har bir oyoqning tashqi tomonida 2-3 ta nafas olish, bitta suzish va ichki tomonida suvni og‘iz tomonga yo‘naltirish uchun xizmat qiladigan 6 ta o‘simtalari bo‘ladi. Ko‘krak oyoqlari navbat bilan oldindan orqa tomonga silkinishi tufayli qisqichbaqasimonlar oldingi tomonga suzib ketadi; oyoqlar qorin tomonga egilganida esa suv oqimi keyingi tomondan og‘izga qarab yo‘naladi; suvdagi mayda organizmlar va chirindi moddalar og‘izda tutib qolinib, ichakka o‘tkaziladi. Jabraoyoqlilar urug‘langan tuxumlarini suvga qo‘yadi. Tuxumlari tashqi muhit ta'siriga juda chidamli bo‘lganidan qurib qolgan suv havzalarida ham 3-4 yilgacha o‘z hayotchanligini yo‘qotmaydi.
Jabraoyoqlilarning 180 ga yaqin turlari bor. Ko‘pchilik turlari chuchuk suv havzalari va ko‘lmak suvlarda yashaydi. Tanasining uzunligi 2 sm dan oshmaydi. Yomg‘irdan yoki erigan qordan keyin hosil bo‘ladigan ko‘lmak suvlarda chalqanchasiga suzib yurgan branxipus (Branchipus) ni uchratish mumkin.
Sho‘r suvli ko‘llarda artemiya (Artemia salina) keng tarqalgan. Artemiyaning ko‘payishi va hayot faoliyati boshqa jabraoyoqlilardan keskin farq qiladi. Chunki artemiyalar ko‘pincha urug‘lanmasdan partenogenetik yoki tirik nauplius lichinka tug‘ib ko‘payishi mumkin. Artemiyalar turli darajada sho‘rlangan ko‘llar va sokin dengiz suvlarida yashashga moslashgan. Suvning sho‘rlanish darajasi artemiyaning tashqi tuzilishiga ta'sir qilishi amalda aniqlangan. Nisbatan kam sho‘rlangan suvlarda artemiya qorin bo‘limining uchki qismida furka (ayri)si va uni qoplab turuvchi qillar juda yaxshi rivojlangan. O‘ta sho‘rlangan suvlarda esa furka va uning qillari rivojlanmaydi.
Artemiya qulay sharoit bo‘lganida juda tez ko‘paya boshlaganidan har m3 suvda 13,6 g gacha biomassa hosil qilishi mumkin. Ular osyotrsimon baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Baliq urchitiladigan xo‘jaliklarda artemiyalar maxsus hovuzlarda ko‘paytiriladi. Tuxumlari suv tanqisligiga juda chidamli; ularni qopchiqlarga joylab pochta orqali ham jo‘natish mumkin.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə