Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə5/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

2. Bargoyoqlilar (Phyllopoda) turkumi. Bargoyoqlilar ko‘proq chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Boshqa jabraoyoqlilardan bosh-ko‘krak qalqoni (karapaks)ning kuchli rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Bir qancha turlarida karapaks tananing orqa tomonidan yopib tursa, boshqalarida bu qalqon ikki tavaqali chig‘anoqni hosil qiladi. Hamma turlarining ko‘krak oyoqlari bargsimon bo‘ladi. Bargoyoqlilar qalqondorlar, chig'anoqlilar va shoxdor mo‘ylovlilar kenja turkumlariga bo‘linadi.
Qalqondorlar (Notostraca) kenja turkumi vakillarining bosh-ko‘krak va qisman qorin bo‘limini yopib turuvchi ko‘krak qalqoni yaxshi rivojlangan (112-rasm). Ko‘krak bo‘g‘inlaridagi oyoqlar soni har xil bo‘ladi. Oldingi l-10 ko‘kr'ak bo‘g‘imlarida bir juftdan, keyingilarida esa 4-6 juftdan oyoqlar bor. Shuning uchun ham hamma ko‘krak bo‘g‘imlarining soni 40 ga yaqin bo‘lgani holda ko‘krak oyoqlari 70 juftni tashqil etadi. Birinchi va ikkinchi juft ko‘krak oyoqlarida uzun sezgir tuklar bo‘ladi.
Qalqondorlar hovuz va ko‘lmak suvlar tubidagi balchiqdan har xil organik qoldiqlar va mayda jonivorlarni topib yeydi.





112-rasm. Qalqondor (Triops concriformis):
A-orqa tomondan va B-qorin tomondan ko'rinishi: 1-ko'zi, 2-juft ko'krak oyog'ining ipsimon o'simtasi, 3-qorni, 4-ayrisi, 5-ko'krak oyoqlari.


Ozig‘ini ko‘krak oyoqlari o‘simtalari yordamida ushlab turadi va oyoqlar o‘rtasidagi tarnovchasi orqali og‘izga haydaydi. Oziqlanishning bunday usuli eng qadimiy, ya'ni birlamchi hisoblanadi.
Ular partenogenez orqali ko‘payadi. Tuxumlari turli noqulay sharoitlar (issiq, sovuq va qurg‘oqchilik)ga chidamli bo‘ladi. Bu kenja turkum hammasi bo‘lib 9 ta turni o‘z ichiga oladi. Quyosh nuri tushib turadigan suv havzalarida, ba'zan yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘ladigan halqob suvlarda Triops concriformis va Lepidurus apus turlarini uchratish mumkin.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə