Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi


-rasm. Krab qornining ostki qismiga yopishib olgan ildizbosh sakkulina paraziti



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə9/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

115-rasm. Krab qornining ostki qismiga yopishib olgan ildizbosh sakkulina paraziti: 1-sakkulina tanasi; 2-parazitning krab tanasida murakkab tarmoqlangan so‘rish poyachasi.


Poyacha xitin qoplag‘ichdan krab tanasiga o‘tib, juda ko‘p marta shoxlanadi; bu shoxlar oyoqlarining uchki qismigacha yetib boradi. Bunday tarmoqlangan shoxchalar yordamida sakkulina o‘z xo‘jayini tana suyuqligini so‘rib oladi. Parazit tanasida faqat bitta nerv gangliysi va germafrodit jinsiy organi bo‘ladi, boshqa ichki organlari yo‘qolib ketadi.
Sakkulina qo‘ygan tuxumdan nauplius lichinka chiqadi. U boshqa mo‘ylovoyoqlilar singari siprissimon lichinkaga aylanadi. Bu lichinka krab tanasiga yopishib olgandan so‘ng ko‘krak va qorin qismini yo‘qotgach, hujayralar to‘plami holida xo‘jayini tanasiga o‘tib oladi. Parazit ancha yiriklashgandan so‘ng xo‘jayini xitin qoplag‘ichini qorin tomondan yorib kirib, tanasining xaltaga o‘xshash bir qismini chiqarib oladi.
Mo‘ylovoyoqlilar, ayniqsa dengiz yong‘oqchalari kemalarning suvosti qismiga yopishib, ularning og‘irligini oshiradi va tezligini kamaytiradi. Kemaning 1 m2 yuzasida bir yil davomida 10-12 kg dengiz yong‘oqchalari to‘planishi mumkin. Yoqilg`i sarfining oshishi va kemani tozalash uchun ketgan xarajatlar hisoblab chiqilganda dengiz yong‘oqchalari har yili AQSH savdo flotiga 120 mln. dollardan ortiqroq zarar keltirishi aniqlangan. Bundan tashqari, qisqichbaqasimonlar suvosti inshootlariga yopishib olib, ularni ham ishdan chiqaradi. Shuning bilan birga dengiz o‘rdakchalari va dengiz yong'oqchalarining lichinkalari boshqa plankton organizmlar qatorida syomga, seld va boshqa planktonxo‘r baliqlar uchun oziq bo‘ladi.
Karp biti yoki karpxo‘rlar (Branchiura) turkumi vakillari asosan karpsimon baliqlar ektoparazitlari hisoblanadi. Gavda tuzilishi tubdan o‘zgargan. Boshko‘kragi yaxlit. Faqat qorin qismining uchi erkin holatda bo‘ladi. Gavda o‘simtalaridan so‘rg‘ichlar va boshqa yopishuvchi organlar hosil bo‘lgan.
Parazitiikda hayot kechirish sharoiti karp bitlarining ichki tuzilishini ham o‘zgarishiga olib kelgan. Jumladan, o‘rta ichak shoxlangan bo‘lib, unda faqat oziq moddalarni zaxira qilib oladi. Karp bitlarining 70 dan ortiq turi baliqlardan tashqari mollyuskalar va amfibiyalarda ham parazitlik qiladi.
Karpxo‘rlardan karp biti (Argulus foliaceus) ning yassi tanasi ikki qismga bo‘linadi (116-rasm).

Boshko‘krak bo‘limi boshko‘krak qalqoni-karapaks bilan o‘ralgan, yelka tomonida bir juft fasetkali va 3 ta nauplus ko‘zlari joylashgan.


Qorin suzgichi (dum suzgichi) kichkina, keyingi uchida 2 ta qayrilgan kurakchasi va uning chuqur kesmasida joylash-gan uropodasi bor.



Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə