Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi


-rasm. Karp biti (Argulus foliaceus)



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə10/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

116-rasm. Karp biti (Argulus foliaceus): ilmoqsimon antennula; 2-rudimentar antennalar; 3-sanchuvchi stilet; 4-so‘rg‘ich-ga aylangan ikkinchi maksillalar; 5-jag‘-oyoqlar; 6-ichak; 7-suzgich oyoqchalar.

Mandibulalari xartumcha hosil qiladi va uning yordamida karp biti terini teshib, qon so‘radi. Qolgan boshidagi bo‘g‘inli o‘simtalari xo‘jayinga yopishish organini tashkil etadi.


Maksilla 1 kuchli so‘rg‘ichga aylangan. Qon so‘rib to‘ygan yetuk karp biti uzoq muddat davomida o‘z xo‘jayinini tashlab ketishi mumkin. Bu paytda ular yelka tomoni bilan tepaga qarab 4 juft ko‘krak oyoqlari yordamida bemalol suzib yuradi.
Urg‘ochilari tuxum qo‘yishdan oldin xo‘jayinini tashlab ketadi. Tuxumini suvosti predmetlariga o‘zidan chiqaradigan maxsus modda yordamida yopishtirib qo‘yadi. Tuxumidan chiqqan lichinkalari ko‘rinishi jihatidan yetuk individni eslatadi va erkin suzib xo‘jayinini qidiradi. Agarda 2-3 kun orasida xo‘jayinini topaolmasa, nobud bo‘ladi. Baliq jabralariga yopishib olganlari esa murakkab metamorfozga uchrab rivojlanadi.
Yetuk individlari anchagina yirik bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda ko‘pchilik baliqlarda parazitlik qilib yashovchi karpxo‘r (Argulus foliaceusning uzunligi 6-7 mm bo‘lishi mumkin. Argulus foliaceus iliq, yaxshi yoritilgan va kuchsiz aeratsiyali suv havzalarida yaxshi rivojlanadi. Qulay sharoitda urg‘ochisi yoz davomida 2 mln tagacha qisqichbaqachalarni yuzaga keltirishi mumkin. Baliqlarning kasallangan joylarida yallig‘lanish yuzaga keladi va ko‘p miqdorda shilimshiqlar ajralib chiqadi. Ularning xartumchasidan chiqadigan shiralar baliqlar uchun juda zaharli hisoblanadi. Undan tashqari, qon so‘rish bilan birga qon parazitlari bo‘lgan mikroorganizmlarni ham yuqtirishi mumkin. Xitoy, Yaponiya va Isroilda bunday kasalliklar ko‘pinchalik baliqlarning yoppasiga qirilib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar (Ostracoda) kenja sinfiga dengiz va chuchuk suv havzalarida tarqalgan juda mayda qisqichbaqasimonlar kiradi. Ular juda ixtisoslashgan bo‘lib, ikki tavaqali chig‘anoq bilan qoplangan, tana bo‘g‘imlari yo‘qolib ketgan. Oyoqlari soniga qarab ularning ko‘krak bo‘limi 2-3 bo‘g‘imdan tuzilganligini aniqlash muinkin. Nauplius lichinkasining bosh qismida yagona ko‘zchasi va 5 juft o‘simtalari (antennulla, antenna, mandibula va 2 juft maksillalar) joylashgan. 2-3 juft ko‘krak oyoqlari o‘rmalab yurish uchun xizmat qiladi. Ayrim chuchuk suvda yashovchi turlarida esa antennulalar ham harakatlanish uchun xizmat qiladi. Yuragi va jabrasi rivojlanmagan.
Chig‘anoqli qisqichbaqalarning 2000 ga yaqin turi bor. Ko‘pchilik turlari dengizlar, bir qancha turlari chuchuk suv planktoni va bentosi tarkibiga kiradi. Turli xil mayda mikroorganizmlar bilan oziqlanadi; ayrim vakillari yirtqich. Dengizlarda hayot kechiradigan turlarining kattaligi 0,2-23 mm, chuchuk suvlardagi turlari 7 mm gacha yetadi. Kichik suv havzalari va ko‘lmak suvlarda Cypris pubira keng tarqalgan. Chig‘anoqli qisqichbaqalarning qazilma qoldiqlari proterozoy erasi kembriy davri yotqiziqlarida uchraydi. Ular foraminiferalar singari neft zaxiralarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə