Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə7/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Sefalokaridlar (Cephalocarida) kenja sinfi vakillari juda mayda (2,8 mm gacha) dengiz tubidagi balchiqqa ko‘milib hayot kechiradi. Uzun va ingichka tanasi yaxlit bosh, 10 bo‘g‘imli ko‘krak va 9 bo‘g‘imli qorindan iborat. Har bir ko‘krak bo‘g‘imida bir juftdan oyoqlari bo‘ladi. Qorin bo‘limining oyoqlari rivojlanmagan; uning uzun qilga o‘xshash ikkita o‘simtasi bor. Bosh o‘simtalari kichik va sodda tuzilgan. Pastki jag‘larning tuzilishi va funksiyasi boshqa ko‘krak oyoqlardan farq qilmaydi. Oyoqlari harakatlanish, nafas olish va ozig‘ini og‘iz teshigiga haydash funksiyasini bajaradi. Sefalokaridlar tuzilishining bir qator xususiyatlari, xususan antennalarning og‘izdan orqaroqda joylashganligi, oxirgi ikki bosh bo‘g‘im o‘simtalarining og‘iz organlariga aylanmaganligi bo‘g‘imoyoqlilar tuzilishining eng qadimiy belgilaridan hisoblanadi. Sefalokaridlar tuzilishini o‘rganish orqali qisqichbaqasimonlar oyoqlarining kelib chiqishini oson tushunib olish mumkin.


Ikkinchi sаvоl bаyоni:
Jag‘oyoqlilar (Maxillopoda) kenja sinfi vakillarining og‘iz organlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ozig‘ini suvdan ajratib olish uchun xizmat qiladi. Fasetkali ko‘zlari va jabralari bo‘lmaydi. Ko‘pchilik vakillarining qon aylanish sistemasi rivojlanmagan yoki juda soddalashgan. Ko‘kragi odatda 6 bo‘g‘imdan iborat. Ko‘krak oyoqlari suzish uchun xizmat qiladi. Maksillopodalar har xil muhitda yashashga moslashganligi tufayli ular juda keng tarqalgan. Ularni dengiz va ko‘llarning turli chuqurliklarida uchratish mumkin. Bir qancha vakillari boshqa suv hayvonlarida, jumladan qisqichbaqasimonlar tanasida parazitlik qilishga moslashgan. Ular orasida o‘troq yashovchi vakillari ham ko‘p uchraydi.
Maksillopodlar kenja sinfi mistakokaridlar, kurakoyoqlilar, karpxo‘rlar, mo‘ylovoyoqlilar va xaltako‘kraklilar turkumlariga bo‘linadi.
Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumi vakillarining bosh bo‘limi ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, unga birinchi ko‘krak bo‘g‘imi ham kiradi. Ko‘kragi beshta, qorin bo‘limi esa 4 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan. Boshining ustida nauplius ko‘zi, qorin tomonida og‘zi, uzun antennullasi, kalta antennalari va ikki juft jag‘oyoqlari joylashgan. Antennullalari odatda uzun (ba'zan tanasidan ham uzunroq) bo‘lib, suzgich vazifasini bajaradi. Ko‘krak oyoqlari ikki shoxli, sodda tuzilgan. Qorin bo‘limi oyoqsiz; uning uchki qismida ayri shoxchasi bo‘ladi. Urg‘ochi qisqichbaqasimonlar yetilgan tuxumlarini qorin qismidagi bitta yoki ko‘pincha ikkita xaltachasida yopishtirib olib yuradi. Tuxumdan chiqqan nauplius lichinkasi ko‘p marta tullash orqali voyaga yetadi.
Kurakoyoqlilarning 1800 ga yaqin turi ma'lum. Ular plankton hayot kechiradi; dengiz va chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim hollarda kurakoyoqlilar planktonning asosiy qismini tashkil etadi. Mayda suv o‘tlari, bakteriyalar, organik moddalarning qoldiqlari bilan oziqlanadi; parazitlik qiluvchi turlari ham bor. Chuchuk suv havzalarida (ko‘llar, hovuzlar) va sholipoyalarda Cyclops) va Diaptomus urug‘lariga mansub qisqichbaqasimonlar ko‘p uchraydi 114-rasm).

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə