Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə6/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Shoxdor mo‘ylovlilar (Cladocera) ya'ni suv burgalari kenja turkumi vakillarining tanasi ikki yon tomondan yassilashgan bo‘lib, ikki tavaqali tiniq xitin chig‘anoq ichida joylashgan. Bir qancha turlari (masalan, dafniya)ning bosh qismi pastga qarab egilgan tumshuqsimon o‘simta-rostrumni hosil qiladi.
Peshona qismida bitta murakkab fasetkali ko'z, uning oldida esa oddiy nauplius ko'z joylashgan (113-rasm). Fasetkali ko'zning ommatidlar soni har xil bo'ladi. Dafniyaning fasetkali ko'zi 22, yirtqich vakillariniki 300 tagacha ommatidlardan iborat. Rostrum ostida cho'pga o'xshagan kalta antennulalar joylashgan. Antennalar esa kuchli rivojlangan uzun va ikki shoxli patsimon tuklar bilan qoplangan. Antennalar harakat qilish vazifasini bajaradi. Ular ikkala antennalarini orqa tomonga siltash bilan oldinga sakrab suzadi.





113-rasm. Dafniya (Daphnia pulex) ning tuzilishi: 1-antennula, 2-antenna, 3-oddiy ko'zcha, 4-fasetkali ko'z, 5-ayirish bezi, 6-yurak, 7-ko'krakoyoqlari, 8-qorin, 9-nasl kamerasi.


Ko'krak bo'limi 4-6 bo'g'imlardan hosil bo'lgan. Ko'krak oyoqlari bargsimon bo'lib, ular juda ko'p patsimon qillar bilan ta'minlangan. Bu qillar birgalikda suvdagi muallaq mayda oziq zarrachalarini ajratib olish (filtrlash) vazifasini bajaradi. Ko'krak oyoqlarida nafas olish vazifasini bajaruvchi xaltasimon o'simtalar ham bo'ladi. Qorin qismi oldingi tomonga egilgan; bo'g'imlarga bo'linmagan. Uning uchki qismi ikkita tirnoqsimon o'simta bilan tugaydi.
Shoxdor mo'ylovlilarning rangi qon plazmasi tarkibidagi gemoglobin rangiga bog'liq. Plazmadagi gemoglobin miqdoriga suv, suv tarkibidagi kislorod katta ta'sir ko'rsatadi. Suvda kislorod ko'p bo'lsa, qon och qizg'ish, kislorod kamayib ketganida esa to'q qizil rangga kiradi. Qon tomirlari bo'lmaydi. Ko'kragining orqa tomonida joylashgan pufakka o'xshash yuragi qisqarib, tana bo'shlig'idagi qonni aralashtirib turadi. Dafniyaning yuragi tashqi muhit haroratiga qarab minutiga 150-500 marta qisqaradi.
Shoxdor mo'ylovlilar dengiz va chuchuk suvlarda yashaydigan 400 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Chuchuk suvlarda dafniya (Daphnia pulex) va bosmina (Bosmina longirostris) ko'p uchraydi. Ko'pchilik shoxdor mo'ylovlilar bahor va yozda urug'lanmagan tuxum qo'yib, partenogenez usulda ko'payadi. Tuxumi tanasining orqa qalqoni ostidagi kameralarga qo'yiladi. Bunday tuxumlardan yana urg'ochilar rivojlanib chiqadi.
Kuzda havo sovishi bilan tuxumlarning bir qismidan erkaklari rivojlanadi. Urug'langan tuxum hujayralari umumiy qalin qobiqqa o'ralib, qishlaydigan stadiya efippiyni hosil qiladi. Shunday qilib, dafniyalar va boshqa bir qancha shoxdor mo'ylovlilarning rivojlanish sikli kolovratkalarnikiga o'xshash geterogoniya usulida boradi.
Ko'pchilik shoxdor mo'ylovlilar chig'anog'ining kattaligi va shakli yil davomida o'zgarib turadi. Masalan, yoz faslida dafniya chig'anog'ining bosh qismida qalpoqcha paydo bo'ladi, chig'anog'ining o'simtasi cho'ziladi. Siklomorfoz deb ataladigan bunday fasliy o'zgarishlarni bosmina (Bosmina logirostris) da ham ko'rish mumkin. Siklomorfoz harorat ta'sirida suv zichligini o'zgarishi bilan bog'liq. Chunki harorat ko'tarilganida suvning zichligi kamayadi. Bunday suvda suzish va muallaq turish uchun tana yuzasi kengroq bo'lishi lozim.
Shoxdor mo'ylovlilar chuchuk suv havzalarida har xil umurtqasiz hayvonlar va baliqlar, ayniqsa baliq chavoqlari uchun qimmatli oziq bo'ladi. Baliqchilik xo'jaliklaridagi maxsus hovuzlarda dafniya va ayrim boshqa qisqichbaqalar ko'paytiriladi.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə