Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə13/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Uzun qorinlilar (Natantia) kenja turkumi vakillari eng tuban tuzilgan o‘noyoqlilardir. Ularning yaxshi rivojlangan va uzun qorin bo‘limidagi oyoqlari suzish uchun xizmat qiladi. Kenja turkumga vakil sifatida har xil krevetkalarni ko‘rsatish mumkin. Ayrim krevetkalar chuchuk suvlarda ham yashaydi. O‘rtayer dengizi havzasi, Kavkaz, Qrim, O‘rta Osiyo hududlarida Potamon potamios krevetka turi keng tarqalgan.
Chala qorinlilar (Reptantia) kenja turkumi xilma-xil tuzilgan va ko‘p sonli turlarni o‘z ichiga oladi. Chala qorinlilarning qorinoyoqlari birmuncha kuchsiz rivojlangan bo‘lib, suzishda ishtirok etmaydi. Bu kenja turkum langustlar, daryo qisqichbaqalari va chaladumlar bo‘limlariga ajratiladi. Langustlar (Palinura) bo‘limiga mansub qisqichbaqalar ancha yirik; qorin bo‘limi yaxshi rivojlangan, lekin qisqichlari bo‘lmaydi.

117-rasm. Onoyoqli qisqichbaqasimonlar: A-krevetka, B-zohid qisqichbaqa (chig‘anoqdan chiqarib olingan), D-tosh krab.


Daryo qisqichbaqalari (Astacidae) bo‘limiga kiruvchi o‘noyoqlilar ham langustlarga o‘xshash; qisqichlari yaxshi rivojlanganligi bilan ulardan farq qiladi. Bu bo‘limga omarlar (Homarus) va daryo qisqichbaqalarining bir necha oilalari kiradi. Chuchuk suv havzalarida daryo qisqichbaqalaridan keng barmoqli astakus (Potamobius astacus) va ingichka barmoqli astacus (Astacus leptodactylus) keng tarqalgan. Birinchi tur Sharqiy Yevropaning Boltiq dengizi havzasi daryolarida, ikkinchi tur esa Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizlari havzalari hamda Farbiy Sibirning daryo va ko‘llarida tarqalgan.
Chala dumlilar (Anomura) kenja turkumiga o‘z tanasini qorinoyoqli mollyuskalarning chig‘anog‘iga solib olib yuradigan zohid qisqichbaqalari kiradi.
Ulardan ayrim turlari, masalan, zohid qisqichbaqasi, arvoh krab va qaroqchi krab quruqlikda yashashga moslashgan. Qaroqchi krab Tinch va Hind okeanlaridagi ayrim orollarda, tuproqdagi uncha chuqur bo‘lmagan inlarida hayot kechiradi. Kechasi inidan chiqib, mevalar bilan oziqlanadi.
Urg‘ochilari ko‘payishdan oldin dengizga tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar bir necha oy planktonda yashaydi. So‘ngra dengiz tubiga cho‘kib, mollyuskalarning bo‘shagan chig‘anog‘i ichiga kirib oladi. Lekin quruqlikka chiqqandan so‘ng chig‘anog‘ini tashlab, voyaga yetgan qaroqchi qisqichbaqaga aylanadi. Kamchatka krabi (Paralithodes camtshatica) ham tashqi tomondan krablarga o‘xshasa-da, chala dumlilar bo‘limiga kiradi. U hech qachon mollyuskalar chig‘anog‘idan foydalanmaydi, qorin qismi asimmetrik tuzilgan.

Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə