Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


Diqqat-e’tibor barqarorligini baholash



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə27/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Diqqat-e’tibor barqarorligini baholash


Ishdan maqsad: diqqat e’tiborni baholash metodikasini egallash.
Kerakli jihozlar: sonlar yozilgan kartalar.
Ishning borishi: Ishni amalga oshirish uchun 1 dan 90 gacha turli xil tartibda joylashtirib yozilgan kartalardan foydalaniladi (33-rasm). Sinaluvchi eksperimentatorning “Boshla!” komandasi bilan ( o’sha payti sekundomer ishga tushiriladi) faqat bitta ko’rsatgich barmog’i yoki qalam (yoki ruchka) ning uchi bilan sonlarni tartib bilan topishi zarur. Qog’ozga chizish mumkin emas. Bunda 1 dan 90 gacha bo’lgan sonlarni topishga ketgan vaqt hisobga olinadi. Vaqtga qarab ixtiyoriy diqqat-e’tibor darajasi aniqlanadi.



33-rasm. Diqqat-e’tibor barqarorligini baholash bo’yicha rasm-karta.


Natijalarni baholash:
10 daqiqagacha – o’ta yuqori diqqat-e’tibor;
11-15 daq. – yuqori diqqat-e’tibor;
16-22 daq. – yaxshi diqqat-e’tibor;
23-30 daq. – qoniqarli diqqat-e’tibor;
30 dan ko’p – past diqqat-e’tibor.


Ishni rasmiylashtirish. Taklif etilgan metodika bo’yicha o’z diqqat-e’tiboringiz kuchini aniqlang.


Mustaqil ish uchun vazifa

1. Nima uchun ba’zi keksalarda xotirani pasayib borish xolati kuzatilyapti?


2. Nima uchun ikkinchi toifali insonlarda xotirasi pasaymagan?
7- Amaliy mashg’ulot

Analizatorlarning tuzilishi (ko’z, quloq). Ko’zning ko’rish o’tkirligini aniqlash. Ko’zning ko’r dog’ini aniqlash (Mariott tajribasi).


Dastlab rasmlarda tasvirlangan ko’zning tashqi va ichki tuzilishi, asab tolalari, mushaklari, qon tomirlari, kolbacha va tayoqchalarning tuzilishi bilan tanishiladi.
Undan keyin qoramol yoki qo’y ko’zi soqqasining shakliga, sirtqi yuzasiga (oqsil qavatiga) va uning yuzasiga tutashgan mushak qoldiqlariga, ko’z soqqasining orqa tomonida joylashgan ko’rish asabiga, shox pardaga, ko’z soqqasining oldingi tomonidagi shox pardaga, shox parda orqasidagi teshik, ya’ni ko’z qorachig’iga e’tibor beriladi.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə