Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


Ko’zning ko’rish o’tkirligini aniqlash



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə29/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Ko’zning ko’rish o’tkirligini aniqlash.


Ishning maqsadi:
Ko’zning ko’rish o’tkirligini aniqlash.
Kerakli jihozlar:
Yorug’lik manbai (stol lampasi yoki cho’ntak fonari), oq qog’oz varag’i, qora tush yoki qora siyoh.
Ko’zning ko’rish o’tkirligi hammada bir xil bo’lmaydi. Buni tekshirish uchun oq qog’oz varag’iga qora tush yoki siyoh bilan uzunligi 15 sm li ikkita parallel chiziq chiziladi. Chiziqlarni orasidagi masofa 1 mm bo’lishi kerak. Oq qog’oz tekshiriluvchining ro’parasiga o’rnatiladi. Ikkita parallel chiziq bitta bo’lib ko’ringuncha tekshiriluvchi qog’oz varaqlaridan uzoqlashtiriladi va oraliqdagi masofa o’lchanadi. Ko’pincha qog’oz varag’idagi ikki yonma-yon chiziq o’rtacha 3-4 m masofada bitta chiziq bo’lib ko’riladi.
Shu usul bilan talabalar bir-birlarining ko’rish o’tkirligini tekshirib ko’radilar va olingan natijalarni daftarlariga yozib qo’yadilar.

Ko’z qorachig’i reflekslarini kuzatish


Ishning maqsadi:
Ko’z qorachig’i reflekslarini har hil yorug’lik sharoitida tekshirish.
Kerakli jihozlar:
Yorug’lik manbai (stol lampasi yoki cho’ntak fonari), oq qog’oz varag’i.
Buning uchun eng avval tekshiriluvchining ikkala ko’z qorachig’i tinch holatda, normal yorug’likda kuzatiladi va ularning kattaligi belgilab olinadi. So’ngra tekshiriluvchining chap ko’zi 1-2 daqiqa davomida qo’l bilan yoki birorta material bilan berkitilib turiladi. Qo’l yoki material ko’zdan olingandan keyin ko’z qorachig’ining kengayganligini payqash mumkin. Keyin yorug’lik ta’sirida torayganini ko’rish mumkin.
Yorug’lik manbai ko’zga yaqinlashtirib, keyin undan uzoqlashtirilganida ko’z qorachig’ining diametrini o’zgarishi kuzatiladi.

Ko’zning to’r qavatida ko’r dog’ borligini aniqlash

(Mariott tajribasi)


Analizatorlar faoliyatining asosiy qonuniyatlariga: 1) ma’lum guruh retseptorlar ta’sirlanganda yuzaga keladigan sezgining o’ziga xos bo’lishi; 2) sezgilarning nisbiy pog’onalari qonuni; 3) moslanish (adaptattsiya) qobiliyati kiradi.


Ko’zning to’r qavati murakkab tuzilgan. Unda yorug’likni sezuvchi elementlar-tayoqcha va kolbacha hujayralar joylashgan. Tayoqcha va kolbachalar to’r qavatda bir tekisda tarqalmagan.
Ko’rish asabi ko’z soqqasiga kiradigan joydagi to’r qavatda bir tekisda tarqalmagan.
Ko’rish asabi ko’z soqqasiga kiradigan joydagi to’r qavatda fotoretseptorlar bo’lmaydi. Bu yerga tushgan nurlar ko’zda ko’rinmaydi, shu sababdan uni ko’r dog’ deb ataladi. Ko’r dog’ni borligini Mariott tajribasi orqali ko’rsatish mumkin.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə