Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə32/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Mustaqil ish uchun vazifa

              1. O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash

              2. Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi



9- Amaliy mashg’ulot

Asosiy moddalar almashinuvini jadval va Rid formulasi yordamida aniqlash.


Organizmga tushadigan ozuqa moddalar (aminokislotalar, yog’ kislotalari, uglevodlar) organizmda 2 ta: plastik va energetik funksiyani bajaradi. Bir tomondan ular yangi strukturalarni tuzish uchun ishlatiladi, ikkinchi tomondan ular ATF resintezi bilan bog’langan biologik oksidlanadi. ATF resintezida hosil bo’lgan energiya turli ishlarni amalga oshirishga ishlatiladi.
Organizmni jismoniy faollik vaqtida energiya sarflash darajasi umumiy energiya almashinish deyiladi. U asosiy almashinuv kattaligi va organizmni harakatlarni bajarishga sarflaydigan energiyasi – ishga qo’shimcha bilan aniqlanadi. Asosiy almashinuv – organizmni fiziologik tinch holatdaligida, ya’ni odam yotgan holatida, komfort haroratda (+20 °C), emotsional tinch va organizmni ovqat hazm qilishga energiya sarflamasligi uchun och qoringa (ovqatlanganidan so’ng 12-18 soat o’tgach energiya sarflashidir) energiya sarflashidi. Ishga qo’shimcha – asosan bajarilayotgan tashqi ishga bog’liq holda energiya sarflanishining o’sishidir.
Asosiy moddalar almashinuvini jadval yordamida aniqlash
Kerakli jihozlar: bo’y o’lchagich, meditsina tarozisi, asosiy almashinuvni o’lchash uchun jadvallar.
Ishni bajarilishi: tekshiriluvchining bo’yi va vaznini o’lchang.
Asosiy moddalar almashinuvini aniqlash uchun jadvaldan foydalaning. Jadvallar erkak va ayollar uchun bir xil bo’lmaydi, chunki asosiy almashinuv erkaklarda ayollarda qaraganada taxminan 10% baland bo’ladi. Masalan, tekshiriluvchi 23 yoshli, bo’yi 172 sm, vazni 75 kg li erkak. Normogramma ikkita jadal - A va B jadvaldan iborat. Jadval A dan tekshiriluvchining vazni va uni qarshisidagi 1098 sonini topamiz. Jadval B dan gorizontal bo’yicha yosh (23 yosh)ni va vertikal bo’yicha bo’y (172 sm)ni topamiz, yosh va bo’y grafasining kesishmasida 705 soni ko’rsatilgan. Topilgan ikkala sonni qo’shamiz: 1098 + 705 = 1803. Demak, mazkur tekshiriluvchi uchun asosiy almashinuv 1803 kkal ni tashkil qiladi.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə