Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


Ko’z soqqasining tuzilishini o’rganish



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə28/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Ko’z soqqasining tuzilishini o’rganish


Ishning maqsadi: Ko’z soqqasining tuzilishini o’rganish
Ishning rejasi:
1.Ko’zning tuzilishi tasvirlangan rasmlardan foydalanib rasmni chizish;
2. Qoramol yoki qo’y ko’zini kesib, uning tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar:
Rasmlar, skalpel, uchli qaychi, pinset, preparoval vanna, tarelka, mol yoki qo’yning ko’zi.
Ishning bajarilishi:
Ko’z soqqasining ichki tuzilishini o’rganish uchun, ko’z soqqasini chap qo’lning bosh va ko’rsatkich barmoqlari orasiga olib, oldingi va orqa tomonidan bir oz qisiladi va o’ng qo’ldagi qaychining ostki uchini uning qobig’ qatlamiga sanchab, uni doira bo’ylab kesib chiqiladi. Bunda ko’z soqqasi ikkita yarim sharga: 1) shox pardali oldingi va 2) ko’rish asabi bo’lgan ketingi bo’laklarga bo’linadi. Ko’z soqqasi ichidagi shishasimon tanani skalpel yordamida kesish bilan ikkala bo’lak bir-biridan ajratiladi.
Pinset dastasi yordamida ko’z soqqasining oldingi yarmidan shishasimon tana extiyotkorlik bilan ajratilib, ko’z qorachig’i, kamalak parda, ko’z soqqasining oldingi kamerasi, kiprikli mushaklar bilan o’ralgan ko’z gavhari o’rganiladi.
Shishasimon tana ajratilganda uning bilan birga kamalak pardaning ichki yuzasiga qirg’ok bo’ylab tutashgan ko’z gavhari ajralib chiqadi. Uni ehtiyotkorlik bilan skalpel dastasi yordamida shishasimon tanadan ajratib olinadi va o’rganiladi. Bunda ko’z gavharining ikki tomonlama qavarig’i linzasimon shakliga e’tibor beriladi. Keyin gavhar qirrasi bilan preparoval ninaga sanchilib, u orqali kitob harflari ko’riladi, oq qog’ozga esa derazada aksi tushiriladi.
Undan keyin, ko’z soqqasining keyingi yarmi o’rganiladi. Shishasimon tana extiyotkorlik bilan olib tashlangandan keyin, ko’z soqqasining ichki yuzasi: to’r parda, undagi sariq va ko’r dog’lar (ko’rish asablari to’planib chiqib ketadigan joyi) aniq ko’rinadi. To’r parda oqish pushti rangli juda yupqa bo’ladi. Uning ostida qoramtir rangdagi tomirli parda joylashgan. Uni ko’rish uchun to’r parda pinset bilan ko’tarilib, ko’r dog’ atrofidan kesib olinadi.
Ko’z soqqasining tuzilishini o’rganish uning sxematik rasmini chizib olish bilan tugallanadi.

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə