Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə37/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Mustaqil ish uchun vazifa:

  1. Ertalabki nonushta ratsionini tuzish.

  2. Tushki ovqatlanish ratsionini tuzish.



13- Amaliy mashg’ulot.
Arterial bosim va pulsni aniqlash
Yurak-qon tomiri tizimining muhim ko’rsatkichlaridan biri qon bosimi hisoblanadi. Uning kattaligi ikki omil: aortadagi qon bosimining va tomirlar devori qarshiligining kattaligi bilan o’lchanadi.
Sog’lom odamda 110-140 mm s.u. ga teng bo’lgan sistolik qon bosimi va diastolik – 65-80 mm s.u. qon bosimi farqlanadi.
Ishning maqsadi: Pulsni aniqlash va Korotkov metodi bo’yicha odamda qon (arterial) bosimini o’lchash usuli bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: tonometr, fonendoskop.
Ishning bajarilishi.
Puls (yurak qisqarishi chastotasi) tekshiriluvchining chap qo’lida o’lchanadi:

  • tekshiriluvchining qo’l kafti yuqoriga qaragan holda yoyib stolga qo’yiladi;

  • tekshiriluvchining bilak bo’g’imi shunday ushlanadiki, bunda bosh barmoq kaftning tashqi tomonida, ko’rsatkich, o’rta va nomsiz barmoq esa ichki tomonda, ya’ni bevosita bilak arteriyasiga turadi;

  • bir daqiqa davomida necha marta tomir urishi sanaladi.

Arterial bosimni o’lchash

  • tekshiriluvchining stulga qulay o’tirib oladi, qo’l kafti yuqoriga qaragan holda yoyib stolga qo’yiladi, mushaklar bo’sh qo’yiladi;

  • tonometr manjeti tirsak bukilgan joydan 2-3 sm yuqoriga qilib yelkaga o’raladi, va bir barmoq sig’adigan qilib mahkamlanadi;

  • tonometr strelkasi nolinchi shkalada turganligi tekshirib olinadi;

  • tirsak chuqurligidagi puls topib olinadi va shu yerda fonendoskop qo’yiladi;

  • Grushadagi ventil mahkamlanadi va tonometrdagi ko’rsatkich taxminan 200 mm s.u. ga yetgunicha, ya’ni mazkur arteriyadagi puls urmay qolgunicha, manjetkaga havo yuboriladi;

  • Ventilni ochib manjetkadan havo asta-sekin chiqariladi. Bu paytda tonga quloq solib turiladi va tonometr ko’rsatkichiga qarab turiladi. Tovushni eshitila boshlashi maksimal, ya’ni sistolik, bosimga, eshitilmay qolishi esa diastolik bosimga to’g’ri keladi.


  • Yüklə 4,71 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə