Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə38/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Mustaqil ish uchun vazifa:



              1. Sherigi.ngizning pulsini o’lchang.

              2. Sherigingizning arterial qon bosimini o’lchang.



14– amaliy mashg’ulot


Mavzu: Sinf xonasiga gigienik baholash.


Ishdan maqsad: o’quv xonalari, ustaxonalar va sport zallari jihozlarini, jihoz o’lchamlari haqida ma’lumot to’plash hamda norma asosida gigienik baholash.
O’quv jihozlari: metr, santimetrli lenta, normani aks ettiruvchi jadvallar.
Nazariy qism:
Parta o’quvchining bo’yiga moslashgan bo’lsa yozuv, o’quv, chizmachilik mashg’ulotlarini bajarish qulay bo’ladi, o’quvchining gavdasi, ko’krak qafasi, umurtqa pog’onasi normal taraqqiy qiladi. Aksincha, o’quvchining bo’yiga moslashmagan partada mashg’ulot bajarganida noqulaylik sezadi, tez charchaydi, xusnixat buziladi va nixoyat bunday partada bir necha oy, yil davomida o’tirishi natijasida umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi egrilanib qoladi va o’quvchi qomatining shakllanishi buziladi.
O’quvchi bo’yiga mos parta yoki stolda gavdasini tik va boshini biroz oldinga bukkan xolda o’tirishi, uning ko’zi bilan daftar yoki kitob o’rtasidagi masofa 35-40 sm bo’lishi, bel parta yoki stulning orqasiga tegib (suyanib) turishi, ko’krak bilan parta qopqog’ining qirrasi orasida qo’lni kafti sig’adigan oraliq bo’lishi, o’quvchining oyoq kafti bemalol polga tegib turishi talab qilinadi.
Maktab jihozlariga: parta, stol, stul, doska kiradi. Ko’z va stol orasidagi masofa 35-40 sm bo’lish kerak. Partaning nishablik holati 12-150 teng bo’lishi zarur. Oldingi partalar devor va doskadan kamida 2,5 uzoqlikda qo’yiladi. Parta, stollar och kulrang, malla rang bo’lishi kerak, oq va qora ranglar tavsiya etilmaydi. 1971 yilgacha davlat standarti (Gost) bo’yicha 7 nomerda partalar chiqarilar edi. Bularni chiqarishda bolalar bo’yini xar 10 sm farq qildirilar edi, ya’ni 110 sm dan to 179 sm gacha, partalar 6-nomerdan va 12-nomergacha bo’lar edi.
Hozirgi vaqtda besh guruhdagi (A, B, V, G, D) parta va stol, stullar chiqariladi. Bu guruh quyidagi formula orqali aniqlanadi:


[7.1]
Bunda


bo’y - bolaning bo’yi;
№ - parta raqami;
15 - partaning nishablik holati.
II.7.1-jadval

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə