Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad


Parta va stol guruhlari va o’lchamlari



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə39/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Parta va stol guruhlari va o’lchamlari.



Bolaning bo’yi (sm)

Parta, stol va
stol guruhi

Rangli markirovka

Parta qopqog’i
balandligi

Parta o’tirg’ichi-
ning balandligi

130

A (1)

Sariq

54

32

130−145

B (2)

Qizil

60

36

145−160

V (3)

Och ko’k

66

40

160−175

G (4)

Yashil

72

44

175

D (5)

Oq

78

48

Sinf doskasi sinf sathiga bog’liq bo’lib, uzunligi 175 sm.dan 300-350 sm.gacha eni 110-120 sm bo’lishi lozim. Doskaning yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinflarda doska pol sathtdan 85 sm, yuqori sinflarda 90 sm balandlikda o’rnatiladi. Doska jigar rang yoki to’q yashil rangda bo’lib, bor va latta qo’yish uchun tarnovchasi bo’lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga yoritgich o’rnatiladi. O’qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o’rtadagi parta oldiga qo’yiladi.


Sinf jihozlarini gigienik baholash quyidagicha:
1. Sinfda qancha kerakli va ortiqcha jihozlar aniqlanadi.
2. Partalarning sifati va rangi aniqlanadi.
3. Doskaning sifati va rangi, poldan balandligi o’rganiladi.
4. Sinfdagi bolalar qaysi guruxdagi parta yoki stol, stullarda o’tirishini aniqlanadi.
5. Parta qatorlari orasidagi masofani, ichki devor bilan parta orasidagi masofani, oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofani va oxirgi parta bilan doska orasidagi masofani aniqlanadi. Normada qatorlar orasidagi masofa 70-75 sm., ichki devor bilan parta orasidagi masofa 60 sm., oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 70 sm. bo’lishi kerak.



Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə