Bolalarda intensiv



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

Talvasa  sindromi
Talvasa  sindromi-skelet  m ushaklarining  qisqa  vaqtli  idora 
qilinmaydigan  kloniko-tonik  qisqarishi  xuruji  b o ‘lib,  hushning 
yo‘qolishi  vital  funksiyalarning  buzilishi  bilan  kechadi.  Bolalarda 
3-5%   uchraydigan  bunday  skelet  m ushaklarining  qisqarish  xuruji 
tonik,  klonik,  kloniko-tonik  ham da  lokal  yoki  generallashgan 
bo‘lishi mumkin.
Klonik  talvasa
 -  bu  m ushaklarining  qisqa  vaqtda  tczlik  bilan 
ketma-ket 
qisqarishi 
bo ‘lib, 
bosh 
miya 
p o ‘stloq 
qavati 
qo‘z g ‘alishidan  dalolat  beradi.  Klonik  xuruj  ritm ik  noritm ik 
ham da qisqa yoki  uzoq vaqt davom etishi mumkin.


Tonik  talvasa  -
  bu  m ushaklaming  uzoq  davom  etadigan 
qisqarishi  b o ‘lib,  bosh  m iya  p o ‘stloq  osti  tizimi  qo‘z g ‘alishidan 
dalolat beradi.  Asia  sekinlik bilan boshlangan  bu xuruj  uzoq  vaqt 
davom  etishi  hamda  birlamchi,  yoki  ikkilamchi  holda yuz  berishi 
mumkin.
Bolalarda  nerv  to ‘qim asining  gidrofilligi,  to ‘liq  takomillash- 
maganligi,  palidar  sistema  tonusining  balandligi,  gipokampning 
yuqori  faolligi,  m ielinizatsiyaning  tugallanmaganligi  tufayli,  bosh 
m iyaga  ta ’sir  etuvchi  omillarga  (gipoksiya,  sirkulyartor  va 
gidroion  buzilishlar,  .gipertermiya,  neyroinfeksiya  va  xokazo.) 
noadckvat,  aksari  hollarda 
generallashgan  javob  reaksiyasi 
kuzatiladi.
K ichik  yoshdagi  bolalarda  febril  talvasa  xuruji  40%  dan 
ortadi.  Talvasa  sindrom ida  gipoksiya  darajasi  alohida  o ‘rin  tutadi. 
Chunki  gipoksiya  fonida  talvasa  xurujming  rivojlansa,  nafasining 
buzilishi  gipoksiyani  yana  ham  kuchaytiradi.  Gipoksiya  qanchalik 
chuqur  b o ‘Isa,  talvasa  xuruj ini  tonik  komponenti  ortib,  hush 
y o ‘qolishi  chuqurlashadi.  Etiologiyasidan  q at’iy  nazar,  xolatning 
to ‘satdan  boshlanishi,  lokal  yoki  um umiy  skelet  mushaklari 
qisqarish  xuruji  va  hushning  y o ‘qolishi  talvasa  sindromi  uchun 
xos  hisoblanadi.  Talvasa  xuruji  klinik  belgilari  amaliyotda 
qiyinchilik  tu g ‘dirmaydi,  ammo  uning  sababini  aniqlash  ancha 
murakkab kcchadi.
Xuruj  aksari  tonik  fazadan  boshlanadi,  bola  to‘satdan  atrof 
m uhit 
bilan 
aloqani 
y o ‘qotadi. 
K o‘z 
soqqalari 
beqaror 
harakatlanib,  yuqoriga  va  yonga  qaragan  holda  to ‘xtaydi.  Bosh 
orqaga  ketib,  kaft  va  tirsak  bo ‘g ‘imlar  bukiladi,  oyoqlar  esa 
c h o ‘ziladi.  Trizm,  bradikardiya,  qisqa  muddatli  apnoedan  so ‘ng 
xirilllab,  shovqinli nafas  oladi.  Shundan keyin xuruj  klonik fazaga 
o ‘tadi.  Yuz  mushaklari  qisqaradi,  bu  tezlikda  qo‘l  va  oyoq 
m ushaklariga  ham  q o ‘chib,  generallashadi.  Taxikardiya,  sianoz, 
rangparlik kuzatiladi.
Talvasa xuruji,  sabablariga ko ‘ra,  to ‘rt guruxga bo‘iinadi:


1.  M etabolitik,  gipoksik,  gipo-  yoki  giperglikemik,  gipo- 
kal’siem ik va piridoksin yetishmovchiligi.
2.  Infeksion,  infeksion  toksikozlar,  meningit,  enscfalit  (febril 
talvasa xuruji).
3.  Tashkiliy y a’ni  MNSdagi  organik  o ‘zgarishlar tufayli  ro ‘y 
bcradigan xuruj.
4.  Epilepik -  idiopatik cpilepsiya.
Talvasa  xurujining  klinik  bclgilarini  davolash  am aliyotda 
qiyinchilik  tug‘dirmaydi,  ammo  uning  sabablarini  aniqlash  ancha 
murakkab 
kechadi. 
Shuning 
uchun 
fizikal 
tekshiruvda 
quyidagilarni  inobatga olish kerak:
•nafas va sirkulyator buzilishlar darajasini;
•ta n a  harorati, teri  qoplamlaridagi  m arm arsim on rang,  sianoz va 
toshmalarni;
•sepsis yoki jarohat bclgilarini;
• k o ‘z ncrvi diski,  to ‘r parda holati  (shish,  qon quyilish)ni; 
•m ushaklar tonusi va rcflckslarni;
Talvasa  sindromi  genczini  aniqlashda  qonning  va  orqa  miya 
suyuqligi  bosimining  130  mm .sim .ust.dan  ortib  ketishi,  likvor 
gipertenziyasini  k o ‘rsatadi.  Likvorda  hujayralam ing  1  m m 3  -   20 
dan  oshishi,  oqsil  0,05-0,45  g/1,  glyukozaning  1,65-5,0  m m ol’/l 
ko‘rsatkichi  va  limfotsitar plcotsitoz scroz  meningitga xos.  Yringli 
meningitda  loyqa  likvor,  ncytrofil  yoki  aralash  plcotsitoz  va 
oqsilning  ko ‘payishi  esa  kuzatiladi.  Likvorda  sitoz  norm ada 
bo‘lib,  oqsil  ko ‘payishi  bosh  m iyada  hajm lik  jarayondan  belgi 
beradi.
Qayta  qayta  takrorlanavcradigan  talvasa  sindromi  xavfli 
bo‘lib, ko ‘pincha kelajakda yuzaga keladigan psixik,  psixosom atik 
kasalliklar  va  epilcpsiya  boshlanishidan  darak  berishi  ham 
mumkin.
A gar  talvasa  xuruji  genezi  aniq  b o ‘Isa  albatta  etiologik 
tcrapiya 
yaxshi 
natija 
beradi. 
G ipokal’sicm iyada 
k a l’siy 
prcparatlari.  Gipertermiyada  antipirctiklar,  bosh  miya  shishi  yoki 
gipertenziyada  degidratatsiya,  gipoglikem iyada  glyukoza  eritm asi


q o ‘llanadi.  Etiologiyasi  nom a’lum  yoki  ctiotrop  tcrapiya  natija 
bermagan holatlarda talvasa xurujiga qarshi  dorilar ishlatiladi.
Davo  tadbirlari.
 
Talvasa  sindromida  davo  tadbirlari  bir 
nccha y o ‘nalishda o ‘tkaziladi.
1.  Organizmning  asosiy  hayotiy  zarur  funksiyalari  faoliyatini 
yaxshilash  va  saqlash:  nafas  yo ‘llari  crkin  o ‘tkazuvchanligini 
ta ’minlash,  oksigcnoterapiya, 
100%  kislorod  ingalyatsiyasi. 
Yuqoridagilar  natija  bcrm asa  traxcya  intubatsiyasi  v a  o ‘pkalar 
sun’iy  ventilyatsiyasi  qilinadi,  qon  aylanishni  m o‘’tadil  saqlash, 
kislotaning  asos va gidroion buzilishlarni  korrcksiya qilish kcrak.
2.  Talvasa  xurujini  bartaraf  ctish  uchun:  diazepam  0,1-0,23 
m g/kg,  GOMK  75-100mg/kg  vena  ichiga,  yoki  lorazcpam  0,1 
mg/kg,  yoki  fcnitoin  fiziologik  critma  bilan  15-20  m g/kg  keyin 
q o ‘llovchi  dozada  5  m g/kg  sutkada  vena  ichiga  sekin  yuboriladi, 
fcnobarbital  10  m g/kg  vena  ichiga,  barbituratlar  1%  critm a  vena 
ichiga  (natija  berguncha,  lckin  15  mg\kg  dan  k o ‘p  cmas) 
yuboriladi.  Talavsa  xurujiga  qarshi  bcrilgan  dorilar  arterial 
giportenziya,  gipoksiya  fonida  nafasni  susaytirishi  mumkin. 
Bunday  og‘ir  nafas  yctishmovchilig  ro ‘y  bcrganda  traxcya 
intubatsiyasi  va  o ‘pkalam i  sun’iy  vcntilyatsiya  qilish  muolajalari 
bajariladi.
3.  Dcgidratatsion  tcrapiya:  furoscmid  3-5  m g/kg/sut  (vena 
ichiga),  diakarb  0,06-0,25 
rcr  os,  30%  glitserin  0,5-1,0  osh 
qoshiqdan  rcr  os,  diuretiklar,  al’bumin,  plazma  (vena  ichiga 
yuborilishi)  bilan  bir  qatorda,  asosiy  kasalliklarni  davolash  chora 
tadbirlari  q o ‘llanishi  kcrak.

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə