Bolalarda intensiv



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

G ipcrterm ik sindrom
Gipcrtcrmik  sindrom  -  organizmning  har  xil  sabablar 
natijasida  rivojlanadigan,  nazorat  qilib  b o ‘lmaydigan  issiqlikni 
ishlab  chiqarilishi  va  uning  sarf b o ‘lishidagi  nuqsonlar  natijasida, 
tana  haroratining  38°S  dan  yuqori  ko‘tarilishi,  og ‘ir  holatlardagi 
talvasa  xuruji,  bosh  miya  shishi,  xushning  y o ‘qolishi,  gomeostaz 
va  qon  aylanishining  keskin  buzilishlari  bilan  kechadigan 
ckstremal  holat hisoblanadi.
Termoregulycitsiya.
 
Organizmdagi 
har 
bir 
hujayrada 
kechadigan  bioximik  jarayonlar  natijasida  issiqlik  paydo  bo‘ladi 
va  u  organizmdagi  um um iy  mctabolik  faollik,  ayniqsa,  skelct 
mushaklaridagi  m etabolik  jarayonlar  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘ladi. 
K attalarda  m ushaklar  titrashi  issiqlik  ishlab  chiqarishda  asosiy 
o ‘rin  tutib,  u  200-600%  gacha  ko‘tariladi.  Chaqaloq  bolalarda 
term ogenezning  titroqsiz  usuli  katta  ahamiyatga  ega va u  kuraklar 
orasi  va  b o ‘yin  sohalarida,  buyrak  usti  bezi  va  chuqur  venalar 
atrofidagi  qon  tom irlarga  va  mitoxondriyalarga  boy  bo‘lgan, 
term ogenczga  yuqori  ixtisoslashgan  qo‘n g ‘ir  yog‘  t o ‘qimalari 
hisobiga  ta ’minlanadi.  Issiqlik  yo‘qotish  asosan  ikki  yo‘l: 
perepiralsion  y o ‘l,  y a’ni  teri  qoplamlari,  tcrlash  va  nafas  orqali 
suvning  bu g ‘lanishi  ham da  teri  qoplamlaridagi  qon  tomirlar 
holatiga  bo g ‘liq  b o ‘lgan  radiatsiya,  konduksiya  va  konveksiya 
orqali amalga oshiriladi.
Teri  qoplam lar  va  ichki  a ’zolardagi  term oscnsorlardan  qabul 
qilingan  signallar  gipotalam usda  joylashgan  tcrmoregulyatsiya 
m arkazida  integratsiyalanadi  va  qator  tizimlar:  limbik:  sistema, 
retikulyar  formatsiya, 
orqa  miya  va  simpatik  gangliyalar 
vositasida  afferent  reaksiya  shakllanib,  tana  harorati  m o‘4adil 
saqlanadi.  Tana  harorati  k o ‘tarilganda  issiqlik  ishlab  chiqarilishi 
kam ayib,  uning  sarf b o ‘lishi  ortadi  yoki  tana  harorati  pasayganda 
issiqlik  ishlab  chiqarilishi  ortib,  uning  sarf  bo‘lishi  kamayadi.


Shunday  qilib,  tana  haroratining  «bcrilgan  optimal  darajasi» 
m o‘’ tadil saklanadi.
Etiologiyasi.
  Murakkab  termorcgulyatsiya  muvozanatining 
buzilishiga  qator  cndogcn  (cndotoksinlar,  biofaol  mediatorlar, 
pirogen  sitokinlar)  va  ekzogen  (ayrim  o ‘tkir  zaharlanishlar) 
omil laming  MNS  ga  bcvosita  ta ’siri  natijasida  yuzaga  keladi. 
G iperterm ik  sindrom  ko ‘p  hollarda  o ‘tkir  respirator  virusli 
infeksiyalar,  bakterial  yoki  zam burg‘li  pnevmoniya,  meningitlar, 
yiriagli-septik  kasalliklar:  ostcom ielit,  peritonit,  chaqaloqlar
flegrnonasi  va  xokazo,  o ‘tkir  infeksion  kasalliklar,  zaharlanishlar, 
narkoz  asorati:  aksari  holatlarda  ftorotan,  tiopental  narkozi 
m ushak relaksantlari  bilan qoMlanilganda kuzatiladi.
Patogenezi.
  M a’lumki,  organizmdagi  rektal  harorat  36- 
37,8°S,  oral  harorat  35,8-37,3°S  atrofida  saqlansa  normal 
m e’yordagi  holat  hisoblanadi.  Am m o  himoya m oslashuv jarayoni 
bo‘lgan  gipertermiya  m a’lum  darajadan  o ‘tgach  organizm da  qator 
funksional  va mctabolik o ‘zgarishlarga sabab b o ‘ladi.
Tana  haroratining  37  °S  dan  har  bir  darajaga  k o ‘tarilishi 
asosiy  moddalar  almashinuvi  tczligini  10-12%  ga  oshiradi  va 
shunga  mos  ravishda  suyuqlik,  encrgctik  va  Cbga  boMgan  ehtiyoj 
ortadi.  Tana  haroratining  4 0 -4 1HS  ga  ko ‘tarilishi  jigardagi 
fermentativ 
jarayonlar 
infaolatsiyasini, 
m itoxondriya 
va 
lizosom alar parchalanishini  yuzaga keltiradi.
Suv  va  elektrolitlar  y o ‘qotilishi  hisobiga  suv  elektrolit 
muvozanati  keskin  buziladi  va  degidratatsiya  belgilari  yuzaga 
keladi.  Nafas  tezligining  va  alvcolyar  vengtilyatsiyaning  keskin 
ortishi 
respirator 
alkaloz 
rivojlanishiga 
sabab 
b o ‘ladi. 
G iperterm iya turg‘un  saqlanib,  a l’veolyar ventilyatsiyaning  ortishi 
keyin  ventilyatsiyaning  keskin  pasayishiga,  0 2  tanqisligiga, 
to 'q h n alar  metabolizmi  buzilishlariga  olib  keladi.  Gipokapniya 
fonida  metabolizm  tezligining  va  kislorodga  boMgan  talabning 
ortishi  natijasida  bosh  miyada  qon  aylanishi  buzilishiga,  gipoksi- 
yaga  olib  kelishi,  va  nihoyat  bu  talvasa  xuruj ini  yuzaga  keltirishi 
m um kin.  Yurak  zarbining  ortishini  talab  etadigan  m etabolizm


tezligining  ko‘payishi  taxikardiya  va  vazodilyatatsiya,  qaytayot­
gan  vcnoz  qonning,  arterial  bosimning  kamayishiga  olib  keladi 
ham da  to ‘qimalar  perfuziyasining  keskin  buzilishlarini  yuzaga 
keltiradi.
Klinik  belgilari.
  Gipcrtcrmik  sindrom  tashxisi  deyarlik 
qiyinchilik  tug‘dirmaydi.  Bemoming  tana  harorati  38°S  dan 
yuqori, 
tashnalik, 
harakat 
va 
nutq 
qo ‘zg ‘oluvchanligi, 
gallyutsinatsiya,  kloniko-tonik  talvasa xuruji,  taxipnoe,  nafas  ritmi 
buzilishlari,  gipoksiya  belgilari,  arterial  gipotoniya,  taxikardiya, 
oq  rangpar  gipcrtcrmiyada:  mikrotsirkulyatsiya  buzilishlari  va 
periferik  vazospazm  (qizil  pushti  gipcrtcrmiyada  mikrotsir­
kulyatsiya  buzilishlari  kuzatilmaydi).  Ombrcdan  sindromida  esa 
giperpiretik gipertermiya kuzatiladi.
Gipcrtcrmik  sindrom  tashxisi  tana  haroratini 
aniqlash 
anam ncz  va  ning  klinik  k o ‘rinishi  va  qator  klinik-laboratoriya 
tckshiruvlari ko‘rsatkichlari  asosida aniqlanadi.
Intensiv  terapiyasi.
  Aksari  infeksion  kasallikl arda  tana 
haroratining  ko ‘tarilishi  organizm  immun  holatini  oshiruvchi 
adaptiv  javob  jarayon  hisoblanadi.  Shuning  uchun  premorbid 
holatda  sog‘lom  b o ‘lgan  bcmorlarga  (tana  harorati  39°S  dan  kam 
b o ‘lsa)  antipiretiklar  tavsiya  ctilmaydi. 
A nam nczida  febril 
gipertermiya  va  nevrologik  kasalliklar  kuzatilgan  b o ‘lsa,  tana 
harorati  38,0°S bo ‘lsa ham  antipiretiklar qo ‘llanishi  kcrak.
Har  qanday  gipcrtcrm ik  sindrom  rivojlanganda  etiopato- 
genctik  tcrapiya  organizm   vital  funksiyalarini  m o‘’tadil  saqlash, 
suv  elcktrolit  va  kislota  -   asos  muvozanatini  korreksiya  qilish 
intensiv  terapiyaning  asosiy  komponcntlari  b o ‘lishi  kcrak.  Bemor 
holatini  nazarda  tutgan  holda  tana  haroratini  m o ‘’tadillashtirish 
fizik va medikam cntoz usullar yordamida amalga oshiriladi.
1.  Fizik  usullar:  bosh, jigar,  chov  va  sohalariga  muz  xaltachalarini 
q o ‘yish,  teri  qoplam larini  70°  spirt  bilan  artish,  oshqozonni 
sovuq  suv  bilan  yuvish,  sovuq  suv  bilan  xuqna  qilish, 
ventilyator  bilan  sham ollatish  va  nihoyat  urgent  holatlarda


bem orni  muzdek  suvi  bo‘lgan  vannalarga  solish  kabi  usullar 
yaxshi natija beradi.
2.  M edikam entoz  usullar:  Sharbat,  tabletka  va  svecha  shaklidagi 
paratsetam ol  yaxshi  natija  bcradigan  antipirctiklar  hisoblanib,
10-15  mg\kg  miqdorda  beriladi.  Jigar  hujayralariga  nojo‘ya 
ta’ sir  ctasligi  uchun  uning  sutkalik  dozasi  60  mg/kgsh  dan 
oshm asigi kerak.
>   A n a l’gin  (metamizol)  tez  va kuchli  ta ’sir etadigan  antipcretik  3- 
5  m g/kg yoki  50%  critma -  0,1  ml/ yoshiga qarab  kiritiladi.
>   A spirin  tablctkasi  yoki  5%  atsetilsalitsil  kislotasi  10-15  mg/kg 
kiritilishi  tana  haroratini  pasaytirishi  bilan  birga  antitrom- 
botsitar,  og‘riqsizlantirish  va  yallig‘lanishni  bartaraf  etish 
xususiyatlariga cga.
^   Antigistaminlar:  dimedrol  (1%  0,1  ml/yoshiga),  pipolfen  (0,5- 
1,0 ml)  yaxshi  natija beradi.
>   A m inazin  2,5%  0,3-1,0  ml,  dropcridol  0,25%  0,1-0,15  mg/kg 
m iqdorda kiritiladi.
A ntipirctiklar  bemorning  klinik  holatini  nazarda  tutgan  holda
quyidagi  har xil  litik aralashmalar shaklida ham  kiritilishi  mumkin

A nal’gin  50% - 3-5  mg/kg 
Aminazik  2, 4%  -  0,1  ml/yoshiga qarab 
Dimedrol  l % - 0 , 1  m l/yoshiga qarab 
Novokain  0,5%  -  20ml

A nal’gin  50% -  3-5  mg/kg 
Dimedrol  l % - 0 , 1  m l/yoshiga qarab 
No-shpa -  0,5-1,0ml

A nal’gin  50%  -  0,1  m g/yoshiga qarab 
Dropiridol  0,25%  - 0,15  mg/kg 
Pipolfen  0,5 -   1,0 ml
Vitamin Bi  0,5 -   1,0  ml

A nal’gin  5 0 % - 2 , 0  ml  — .
Dibazol  - 2,0 ml 
'4
Pipolfen  0,5 -   1,0 ml 
,/0 ,2  -  0,3  ml/kg.
Novokain  0,5%  -  5,0 m l.__)



Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə