Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘gatish. Turli yosh guruhlarida she’r yodlatish metodikasi. Rasmlarga qarab hikoyalar tuzish


Turli tosh guruhlarida bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatish



Yüklə 37 Kb.
səhifə2/12
tarix24.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#159055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu

Turli tosh guruhlarida bolalarni ifodali she’r yodlatishga o‘rgatish

  • Kichik guruhda she’r yod oldirishda ko‘rsatmalilik, o‘yin harakatlari orqali ko‘rsatish, ovozga taqlid qilish usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, “Ayiqcham” she’rini yodlatish.
  • Dastur mazmuni. Bolalarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, uning ma'nosini tushunishga va yod olishga yordam berish. Bolalarni o‘z o‘rtoqlari oldida she'r aytishga o‘rgatish.
  • Mashg‘ulot uchun material. Katta ayiqcha o'yinchog'i.
  • M ashg‘ulotning borishi. Bolalar yarim doira hosil qilib o‘tiradilar.
  • Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, bizga kim mehmon bo’lib kelibdi? Bu nima? Bolalarning javoblari tinglanadi.
  • Tarbiyachi: Biz sizlar bilan bu ayiqchani ko‘rganmiz. Ayiqchaning bosh qismida ikkita qulog'i, dum -dumaloq, munchoqdek ko‘zlari, tumshug‘i va tana qismida to’rtta oyog‘i borligini bilamiz. Ayiqcha o ‘rmonda, hayvonot bog‘ida yashaydi, u asalni juda yaxshi ko‘radi. Qaranglar, u qanday chiroyli, biz bu ayiqchani juda yaxshi ko'ramiz, u bilan o‘ynaymiz. O‘yinchoq ayiqcha haqida chiroyli she’r yozilgan (she’rni yoddan aytib beradi):
  • Ayiqchamning oyog’i tushdi uzilib,

    Qarab turar ayiqcham ko‘zi suzilib .

    Ayiqchamni men juda yaxshi ko‘raman,

    Uzilgan oyog'ini o‘zim tikib qo‘yaman .

Tarbiyachi bu she’rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog‘i, ko’zini ko'rsatadi, bag‘riga bosadi, tikish harakatini bajaradi. So‘ngra bir bolani yoniga chaqirib, she’rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni bajaradi. Shu tariqa 2—3 bolani yoniga chaqirib, she’r matniga mos harakatlarni bajarishni taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko’rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi csa bolalarga ayrim so‘zlarni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg‘ulotning oxirida bolalar ayiqcha bilan o‘ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik o‘yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli ravishda mashg‘ulotning ikkinchi qismi sifatida rejalashtirilib, takrorlanadi.

  • Tarbiyachi bu she’rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog‘i, ko’zini ko'rsatadi, bag‘riga bosadi, tikish harakatini bajaradi. So‘ngra bir bolani yoniga chaqirib, she’rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni bajaradi. Shu tariqa 2—3 bolani yoniga chaqirib, she’r matniga mos harakatlarni bajarishni taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko’rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi csa bolalarga ayrim so‘zlarni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg‘ulotning oxirida bolalar ayiqcha bilan o‘ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik o‘yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli ravishda mashg‘ulotning ikkinchi qismi sifatida rejalashtirilib, takrorlanadi.

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə