Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘gatish. Turli yosh guruhlarida she’r yodlatish metodikasi. Rasmlarga qarab hikoyalar tuzish


«Ajoyib xaltacha» didaktik o‘yini



Yüklə 37 Kb.
səhifə3/12
tarix24.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#159055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu

«Ajoyib xaltacha» didaktik o‘yini

  • „Ajoyib xaltacha“ didaktik o‘yini o‘ynalib, mashg‘ulot oxirida „Ayiqcha“ she’rini takrorlatish mumkin. Kichik guruhlarda yiliga 1—2 marta tanish she’rlarni, ovutmachoqlarni, ashulalarni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun mashg‘ulot o ‘tkazish mumkin. Masalan: „Ajoyib xaltacha“ didaktik (ta'limiy) o‘yini o'ynaladi. Xaltachaga bolalarga ilgari yod olgan she’r va ashulalaridan ma’lum bo’lgan o‘yinchoqlar: ayiqcha, toychoq, mushuk, xo’roz, koptok, qo‘g‘irchoq va h.k.lar solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o ‘tiradilar. Tarbiyachi o‘yinchoqlar solingan xaltachani bolalarga ko'rsatib: Bolalar, bu nima? Uni silkitib, ichida nimalar borligini ayta olasizmi? — deb so'raydi. So‘ng bolalar javobi tinglanadi.
  • Tarbiyachi: To‘g‘ri, kimki xaltachaning ichidan bitta o‘yinchoqni olsa, shu o'yinchoqning nomini aytib, u haqda she’r aytib beradi, deb aytadi va o‘zi xalta ichidan bitta o‘yinchoqni olib, u haqda yod olingan she’rni aytib beradi. So‘ngra bolalarni yoniga bitta-bittadan chaqirib, xaltacha ichidan o‘yinchoq olishni va u haqda she’r aytib berishni taklif etadi.

O‘rta guruhda she’r yodlatish

  • O‘rta guruhda she’r yodlatishda yilning boshida kichik guruhdagi usullar: o‘yinchoqni, buyumni, harakatlarni ko‘rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘yin usullari yoddan aytib berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi.

Katta guruhda she’r yodlatish

  • Katta guruhda mavzusi jihatdan turli xildagi: ona -Vatan, tabiat, bayramlar, kishilarning mehnatlari, bolalar hayoti, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar haqídagi she’rlar yod oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she’rni yod olishlariga yordam bcrishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir.
  • Bolalarni she’rni ifodali aytib berishga o‘rgatishga alohida ahamiyat berish lozim. Tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarga bayramlar haqidagi shc'rlarni sevinch ifodasi bilan , kuz haqidagi she'rlarni esa biroz g ‘amgin ohangda aytilish sabablarini tushuntiradi. She’rni nutq o‘stirishga doir bir necha mashg'ulotlarning ikkinchi qismida, ertalabki va kechki soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida misol tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz.

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə