Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘gatish. Turli yosh guruhlarida she’r yodlatish metodikasi. Rasmlarga qarab hikoyalar tuzish



Yüklə 37 Kb.
səhifə8/12
tarix24.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#159055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-mavzu

Tarbiyachi o‘z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan bolalarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so’zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvoniari, bolalar hayotidan olingan murakkab bo’lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg'ulotdan so’ng rasm guruh xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. Tarbiyachi bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya’ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo'llab-quvvatlaydi, rag'batlantiradi.

  • Tarbiyachi o‘z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan bolalarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so’zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik guruhlarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvoniari, bolalar hayotidan olingan murakkab bo’lmagan voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg'ulotdan so’ng rasm guruh xonasida bir necha kunga qoldiriladi. Bolalar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. Tarbiyachi bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya’ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo'llab-quvvatlaydi, rag'batlantiradi.

O’rta guruh.

  • Bu guruh bolalarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo’lmagan hikoya tuza oladilar. Dastlab bolalar tarbiyachining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu bolalarning jamoa bo’lib tuzgan yoki tarbiyachi va bitta bolaning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o’zi to‘liq hikoya qilib beradi. So’ngra bolalar tarbiyachining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu guruhda tarbiyachining namuna hikoyasi bolalarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Xuddi mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan“, - deb tarbiyachi bolalarni rag‘batlantiradi, ya'ni ushbu guruhda bolalardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna híkoya ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. O‘rta guruh bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga o'rgatish mumkin. Tarbiyachi bolalarni o‘z hikoyasida lug‘atidagi so’zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. Bolalar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa-buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, harakterlari to‘g’risidagi hikoya) o'rganib olganlaridan so'ng voqeaband suratlar bo‘yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o’rgatiladi. Bolalar tarbiyachi yordamida tasviriy harakterga ega bo‘lgan bog’langan hikoya tuzadilar. Bu sckin-astalik bilan bolalarni mustaqil ravishda voqeaband hikoyalar tuzishlariga yordam boradi.

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə