Bolalarni ifodali she’r yodlashga o‘gatish. Turli yosh guruhlarida she’r yodlatish metodikasi. Rasmlarga qarab hikoyalar tuzish



Yüklə 37 Kb.
səhifə10/12
tarix24.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#159055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-mavzu

Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda“ ) hikoya tuzish.

  • Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda“ ) hikoya tuzish.
  • Rasmlar to'plami bo‘yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo’lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi.

Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.

  • I qism. Bog’lanishli nutq. “Tipratikanlar” rasmi bo‘yicha hikoya qilish. Dastur mazmuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar ( tipratikanlar) to‘g‘risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o‘rgatish.
  • II qism. Lug‘at ishi. Topishmoqlarni topish. Dastur mazmuni. Bolalarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o‘rgatish.
  • III qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. “r-l” tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini mustahkamlash. Dastur mazmuni “r-l” tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini aniqlash,mustahkamlash, fonetik idrokni o‘stirish. “r-l” tovushlari bo’lgan so‘zlarni aniq va cho’zib talaffuz etishga o’rgatish.

Mashg’ulot olib borish

  • Mashg'ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga tipratikan haqidagi she’rni aytib beradi. So‘ngra tarbiyachi so‘raydi: “Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?” (ignalar bilan .) “Tipratikan qanday?” (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:
  • Tikuvchimas, bichuvchimas, Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan. So‘ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan “ deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yovvoyi hayvon uni yemoqchi bo’lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo'lsak, ignalarini qo'limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo’lmaydi, tikanli.) Yana bitta topishmoq aytadi: „ Ignalarini o’z¡ bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaydi“. Tarbiyachi so’raydi: Nima uchun „Tikishni bilmavdi“ deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.)

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə