Book · January 013 citation reads 419 1


Ekologiya fanining yuzaga kelish sabablari va rivojlanishi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə10/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologiya fanining yuzaga kelish sabablari va rivojlanishi


Ekologiya nima o‘zi va nima uchun biz XXI asrda uning ham nazariy, ham amaliy yechimini topishga harakat qilayapmiz? Nima uchun ushbu muammo ko‘pgina ta’lim bosqichlari, madaniy hordiq chiqarish tadbirlari, xalqaro uchrashuvlar va hattoki, biznes-shoularda ham qizg‘in muhrokama mavzusiga aylanib qoldi. Dunyoning barcha mintaqalarida ekologik yo‘nalishdagi turli ko‘rinish, shakl va hajmga ega bo‘lgan kitoblar, jurnallar, risola-yu maqolalar, o‘quv adabiyotlari millionlab nusxada chop etilmoqda. Unga oid yangiliklar va ma’lumotlarni aholiga yetkazish uchun barcha turdagi zamonaviy informatsion texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Bunday ijobiy harakatlarga qaramay hanuzgacha «ekologiya nima o‘zi» degan savolga bir xilda javob topish qiyin. Bu esa ilmda va, ayniqsa, ta’lim-tarbiyada aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Majburiy ta’lim jarayonida, maktablar, akademik litsey va kollejlarda hanuzgacha ekologiya mustaqil majburiy ta’lim o‘quv kursi sifatida e’tirof etilmagan. Axir hammamiz birdek go‘zal tabiat qo‘ynida orom olish, hordiq chiqarish va salomatligimizni tiklashni xohlaymiz. Lekin go‘zal tabiat go‘shalari kundan kunga
kamayib, aholi esa aksincha ko‘payib bormoqda. Mazkur holat barchamizni endilikda ekologiya mavzusiga nazariy jihatdan yondashishga majbur etmoqda.
Zamonamizda kompyuter, informatika, huquq, qonun, davlat kabi eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri ekologiyadir. Xo‘sh, ekologiya nima o‘zi, degan savol tug‘ilishi muqarrar. Chunki antik davrda «Falsafa», o‘rta asrlarda «Teologiya», ya’ni din haqidagi fan kishilik jamiyatida qanday ommalashgan bo‘lsa, shu kunlarda
«Ekologiya» ham shunday keng tarqalgandir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, har bir olim, mutaxassis yoki ijodkor o‘zini «ekologman» deb hisoblaydi. Mayli, nima bo‘lganda ham ekologiyaning tarafdorlari ko‘payaversin. Lekin fanda va, ayniqsa, ta’limda bitta so‘z, atama, termin yoki so‘zlar birligining turlicha ifoda etilishi, uning mazmun va mohiyatiga turlicha yondashishga sabab bo‘ladi. «Ekologlar»ning esa fan yoki ta’limga bergan yordamlaridan ko‘ra zararlari ko‘proq bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin.
An’anaga ko‘ra, ekologiya tirik organizmlarning o‘zaro va yashash muhiti o‘rtasidagi munosabati haqidagi
fan, deb yuritiladi. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan tarzda ifoda etilgan. Chunki grekchada
«oikos» – uy, yashash joyi, yashash muhiti, «logos» – ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ushbu atamani birinchi bo‘lib fanga nemis tabiatshunos olimi Ernst Gekkel 1866-yilda chop etilgan o‘zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» nomli kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, «Ekologiya – tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir.
E. Gekkel buyuk ingliz olimi Charlz Darvinning organizmlarning evolutsion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik organizm atrof tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirib borishi, moslashmagani esa tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini asoslab berdi.
E. Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish» degan iborasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson faoliyati iqtisodiyotiga nechog‘liq bog‘liqligini olim ifoda etmoqchi edi. E. Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi.
Yuqorida keltirilgan ekologiya tushunchasida E. Gekkel tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar yoki iboralarning ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki unga qo‘shimchalar kiritilgan. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropa uchun «iqtisodiyot tabiatini anglash» degan ibora o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirga kelib ham u birlamchi ahamiyat kasb etayapti deyish qiyin. Chunki «qadimgi qit’a» vakillari ekologik talafot va inqiroz nima ekanligini allaqachonlar tushinib yetganlar.
Nima uchun ekologiya fani aynan Yevropada, XIX asrning ikkinchi yarmida biologlar tomonidan kashf etildi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Chunki XIX asr o‘rtalarida Markaziy Yevropada «ilmiy-texnikaviy inqilob» kishilarning tabiatga nisbatan bosimini Germaniyaning Sileziya va Rur sanoati rivojlangan havzalarida, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning keskin buzilishi noevolutsion7 tarzdagi buzilgan tabiat tizimlarini yuzaga keltirdi va tegishli iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni shakllantirdi. Bu, o‘z navbatida, organizmlar yashash muhitiga, u esa o‘z navbatida organizmlar turi, populatsiyasi va jamoasiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrdagi Reyn daryosining holatiga nazar tashlagan fransuz jurnalisti «Reyn daryosining suvini XIX asrning ikkinchi yarmidagi tabiat manzarasini aks ettirish bo‘yog‘i o‘rnida ishlatsa bo‘ladi», deb bejiz aytmagan edi. Bunday holat aynan Yevropada ilk bor ekologik dunyoqarashlarni shakllantirishga olib keldi. Ekologiya ushbu davrda biologiya fanlari tizimiga kirgan va tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida ilk bor biologlar tomonidan taklif etilgan. Zamonlar o‘tib, XX asrning 70-yillariga kelib (1972-yil «Atrof-muhit muhofazasi»ga bag‘ishlangan Stokgolm konferensiyasidan so‘ng), ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi balki fanlar tizimiga aylanib ketmoqda. Hozirgi kunda, biz bilgan 100 dan ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib, ular deyarli barcha fan tarmoqlariga kirib borgan (1.3.1-rasm).
E. Gekkeldan so‘ng ekologiya atamasi ta’rifiga tatqiqotchilar tomonidan ko‘plab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Lekin, hanuzgacha, uning birlamchi mazmuni va mohiyati umumiy tarzda saqlanib qoldi. Turli fikrlarni umumlashtirgan holda biz ekologiyani muayyan



7 Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение (дарвинизм). – М.: Высшая школа, 1997.

EKOLOGIK FANLAR TIZIMI








Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə