Book · January 013 citation reads 419 1


Ekologik xavfsizlik va uni ta’minlash zarurati



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə13/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik xavfsizlik va uni ta’minlash zarurati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida, «Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo‘lida tahdid bo‘lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo‘ya olamiz?... Biz istiqomat qilayotgan min- taqada jo‘g‘rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo‘la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?»14 – degan savollar barcha o‘zbek xalqining dolzarb muammolari sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Ekologik xavfsizlik nima? Mintaqadagi jo‘g‘rofik, aniqrog‘i, geografik muvozanatni qanday tushunmoq lozim va xavfsizlikni qanday qilib ta’minlash kerak bo‘ladi?
Xavfsizlik L.Y. Xotunsevning fikricha15 alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo‘lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo‘luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan kelib chiquvchi qo‘rquv hissidir.
Bu tushunchaga T. Aroshidze16, xavfsizlik keng ma’noda hayot, salomatlik, insoniyatning asosiy huquqlari, hayotiy manfaatlarini ta’minlovchi manbalar, ijtimoiy tartibdagi resurslar bilan bog‘liq xavflarga chidamlilik darajasidir, deb ta’rif beradi. V.N. Burkov, A.V. Shepkinlarning fikricha17 xavfsizlik nazariyasi zamonaviy, o‘zaro tartibli fan yo‘nalishi bo‘lib, insoniyat, jamiyat, davlatni hayotiy zarur manfaatlarini texnogen va tabiiy favqulodda holatlardan himoyalanganlik darajasidir.
Bizning fikrimizcha,18 xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo‘lib, birinchidan, u nafaqat inson (shaxs emas, chunki u yuridik kategoriyaga tegishlidir), jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqtayi



14 И. Каримов. ¤збекистон XXI аср бґсаІасида: хавфсизликка таµдид, баріарорлик шартлари ва тараііиёт кафолатлари. – Т.:
«¤збекистон», 1997. 4-б.


15 Л.Ю. Хотунцев. Экология и экологическая безопасность. – М.: AKADEMIA, 2002. 13-b.


16 Т.Т. Арошидзе. Экологическая безопасность и международное сотрудничество. http://www.undp. kz.


17 В.Н. Бурков, А.В. Щепкин. Экологическая безопасность. – М.: ИПУ РАН, 2003. 144-b.


18 А. Нигматов, П. Саидов, М. Матчанов, М. Исоіова. Экологик хавфсизлик ва унинг табиий географик жиµатлари //
¤збекистон география жамиятининг ахборотномаси, 25-жилд, 2005. 129–133-б.
nazaridan ham qaralishi mumkin. Chunki, ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o‘rtasidagi va ularning atrof tabiiy muhiti bilan bo‘ladigan munosabatlarini o‘rganishini, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Vaholanki, xavfsizlik tushunchasi «bexatar yashash darajasi»ni ifoda etar ekan, u ma’lum ma’noda har qanday organizmlar, ya’ni tabiat unsurlarining ham bexatar yashashi nuqtayi nazaridan qaralishi lozim. Negaki hozirgi kunga kelib muayyan tabiat unsurlarining bexatar yashashi bevosita yoki bilvosita tarzda insoniyatga bog‘liq bo‘lib qoldi. Tabiat unsurlarining o‘zaro aloqasi natijasida yuzaga keluvchi har qanday jarayon yoki hodisa tabiiy jarayon hisoblanib, tabiatdagi muayyan tabiiy tanlanish bosqichida bo‘ladi. Ammo, tabiatdagi ayrim jarayonlar, masalan, chigirtkalarning son jihatdan ko‘payib ketishi va ularning o‘simlik dunyosi bilan bo‘ladigan munosabatlari, albatta, inson xavfsizligiga ta’sir etadi. Bu ilgari (insoniyatning tabiatga ta’siri kam yoki deyarli bo‘lmagan vaqtlarda) ham uchrab turgan tabiiy jarayon hisoblanib, ozuqa maydonining insoniyat tomonidan qisqarishi evaziga tezlashdi. Tabiatning esa insondan xavfliroq unsuri yo‘q. Umumiy ekologik nuqtayi nazardan qaraganda barcha tirik organizmlarning turli xavf-xatardan saqlanganlik darajasini ifoda etish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulodda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko‘zga ko‘rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisa va jarayonlar orqali yuzaga kelishi ham mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin-astalik bilan isib borishi va uning natijasida cho‘llanish jarayonining yuzaga kelishi. Oqibatda cho‘llangan yerlarda o‘simlik va hayvonot dunyosining tur va xil jihatdan kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikni degradatsiyalashuvi hamda insonlar uchun noqulay ekologik sharoitlarning yuzaga kelishi. Albatta, bunday xavfsizlik ekologik xarakterdagi xavfsizlikka kiradi. Lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va shu kabi xarakterlarga ega ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz «xavfsizlik» tushunchasini alohida ibora sifatida ma’lum bir fanda ishlatish o‘rinli emas, deb hisoblaymiz. Xavfsizlik xarakteriga qarab uni qo‘shimcha, to‘ldiruvchi va aniqlovchi so‘z yoki so‘z birikmalari bilan ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Ekologik xavfsizlik tushunchasi turli olimlar tomonidan turlicha izohlanadi. Ularning ayrimlarida tushuncha mohiyati to‘liq ochib berilsa, ayrimlarida munozaraga sabab bo‘luvchi fikrlar ham uchraydi. Masalan, N.F. Reymers19 ekologik xavfsizlikka ikki xil yondashgan:

  1. tabiat obyektlari, alohida inson va insoniyatning bevosita yoki bilvosita hayotiy muhim elementlarining zararlanishlariga (yoki bu zararlanishdan keladigan xavflarga) olib kelmaydigan faoliyat, vaziyat va jarayonlar uyg‘unligi; 2) Yer shari va uning turli mintaqalarida insoniyatning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy, texnogen va siyosiy tayyorgarligi (jiddiy bo‘lmagan talofatlarga moslashishi) darajasida ekologik muvozanatni ta’minlovchi vaziyat, jarayon va faoliyatlar majmuasi.

O‘zbek huquqshunosi T. Tillayev20 esa «Ekologik xavfsizlik shaxs, aholi, sanoat va tabiat obyektlarini tashqi ta’sirdan himoyalanganlik darajasidir», deb izohlaydi. Lekin muallif ekologiyaning obyekti nafaqat inson, balki barcha tirik organizmlar bo‘lishi mumkinligini inobatga olmagan. U ekologik xavfsizlikning mahalliy, milliy, regional va kurraviy miqyosda, ya’ni hududiylik xususiyatiga ham o‘z e’tiborini qaratmagan. Bulardan tashqari, ekologik xavfsizlik turg‘un holatdagi, o‘zgarmaydigan daraja emas. U doimo harakatda va o‘zgaruvchandir.
Bizning fikrimizcha ekologik xavfsizlik – organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosda va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur tushunchada ham ekologiyaga (organizmlar va ularning yashash muhiti), ham xavfsizlikka (salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi) tegishli bo‘lgan iboralar ifoda etilgan.

    1. Yüklə 4,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə