Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə16/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Tabiiy obyektlarga nisbatan yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarga doir chora-tadbirlar

Ijtimoiy sohalar

Chora-tadbirlar



Kadrlar tayyorlash

Tabiat va jamiyat qonunlarini uyg‘unlashtira oladigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta ixtisoslashtirish.



Ta’lim

Ikki bosqichli, ya’ni maxsus tabiiy va yuridik ta’lim tizimini tashkillashtirish.



Ma’rifat

Tabiat va jamiyat qonuniyatlariga oid lug‘at va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish.



Qonunchilik

Jamiyat qonunlarini tabiat qonunlariga muvofiq ravishda
qayta ko‘rib chiqish.



Fan

Huquqbuzarliklar geografiyasi borasida ilmiy izlanishlar olib borish.



Yurisprudensiya

O‘zbekiston Respublikasini ekologik-huquqiy jihatdan rayonlashtirish.

Va shu kabi

Tegishli ijtimoiy munosabatlarga yo‘naltirgan ravishda.



    1. O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati


Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop muhitning chuqurlashuvida ozmi-ko‘pmi O‘zbekistonning ham ishtiroki bor. Mamlakatimizda yashayotgan 30 milliondan ziyod aholining yarmidan ko‘pi ekologik xavfli bo‘lgan muhitda istiqomat qilmoqda. Orol dengizi va uning atrofida ro‘y berayotgan ekologik inqiroz holati sovet davrining noekologik agrar-iqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun
ham davlatimiz, shaxsan Prezidentimiz Islom Karimov ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
islohotlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqda21.
O‘zbekistonning ekologik siyosati davlatning ekotizimlarini muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash borasida olib borayotgan ichki va tashqi faoliyat majmui.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010-yil Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishida «atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish, ... insonni va mamlakat aholisini ekologiyaning xavfli va tajovuzkor o‘zgarishlaridan himoya qilish» bugungi kunda respublikamiz uchun eng dolzarb masalalardan biri ekanligi, shuning uchun ham ekologik harakat vakillariga Qonunchilik palatasidan 15 ta joy ajratilganligi haqida ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2008–2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi» to‘g‘risidagi 212-sonli qarori asosida uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini rivojlantirish belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish uchun ta’lim bo‘yicha Dekadasi hamda BMT Yevropa iqtisodiyot komissiyasining strategiyasini O‘zbekiston Respublikasida bajarilishiga ko‘maklashish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 2010-yil dekabrida qabul qilindi. Ushbu dasturga 2011–2012-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ekologiya, tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish sohasiga oid o‘quv uslubiy majmualarni takomillashtirish va joriy etish vazifalari kiritilgan.
Mustaqillik sharofati tufayli O‘zbekistonda quyidagi taktik va strategik ekologik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan:
«1999–2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi», «O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishni ekologik ta’minlashning milliy harakatlar rejasi», «O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigiyenasi bo‘yicha milliy harakatlar dasturi», «Biologik rang- baranglikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi». Ushbu ekologik dastur va rejalarda hozirgi kunda va kelajakda mamlakatimizda jamiyatning tabiatga nisbatan munosabat shakli qanday bo‘lishi, uning ekologik konsepsiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan. Ekologik maqsad va vazifalarni amalga oshirishning taktik va strategik harakatlar dasturi va yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə