Book · January 013 citation reads 419 1


O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə18/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144
Ekologiyanazariyasi

O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar


T/r

Chora-tadbirlar

1.

Ekologik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amalga joriy etish.

2.


Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan
barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish.

3.


Atmosfera havosi va suvlarni insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to‘xtatish.

4.


Qishloq xo‘jalik ekinlarini, eng avvalo, g‘o‘zani sug‘orishda suvni tejaydigan
texnologiyalarni keng joriy etish.

5.


Kollektor-zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni tartibga solish va
oqova suvlarni chiqarib yuborishni batamom to‘xtatish.

6.

Sanoat korxonalarida atmosfera havosiga, suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalanilgan holda mas’uliyatni oshirish, ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalar tizimini joriy etish.

7.


Boshlang‘ich xomashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o‘rnatish.

8.


Qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqishning tabiiy ravishda kengayishini ta’minlaydigan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilingan holda hamma turlaridan oqilona foydalanish.

9.

Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish.

10.

Boshlang‘ich xomashyodan to‘liq foydalanishni ta’minlash va buning uchun eskirgan
uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar, uchastkalar




va korxonalarni rekonstruksiya qilish asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida
yanada to‘liq va oqilona qazib olish.

11.


Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun tog‘-kon sanoatining chiqindilarini o‘zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish (rekultivatsiya qilish).

12.

Keng maydonlardagi tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan darajada aniq, maqsadli, ilmiy asoslangan tarzda o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning fizik xususiyatlarini yaxshilash, suv chiqarish va shunga o‘xshash tadbirlarni amalga oshirish).

13.


Jonli tabiatning xilma-xilligini saqlash, tabiiy genofondni madaniy ekinlar va hayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish.

14.


Qurilish va obodonlashtirish rejalarining ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbani - zatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va aholi punktlarida ekologik xavfsiz muhitni tarkib toptirish.

15.

Jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko‘lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo‘lib qolganligini, uning ta’siri hozirning o‘zidayoq biologik muvozanatni, bepoyon hududlarda aholining genofondlarga halokatli ta’sir ko‘rsatayotganligini nazarda tutish.

16.


Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini yuqorida zikr etilgan muammolarni hal qilishga jalb etish.

O‘zbekiston Respublikasining yuqorida aytib o‘tilgan ekologik siyosatini amalga oshirish tabiat va jamiyat qonunlarini uyg‘unlashtirish, ekologik chora-tadbirlar va asosiy tanlangan tamoyillarning hayotga tatbiq qilish mexanizmini ishlab chiqish va amalda qo‘llash mamlakatimizda jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakliga o‘tib olish imkonini beradi. Bunday ekologik siyosat shaxs–jamiyat–davlatimizning milliy xavfsizligini ta’minlashda katta xizmat qilishiga hech shubha yo‘q.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə