Book · January 013 citation reads 419 1


O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə17/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144
Ekologiyanazariyasi

O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatining asosiy maqsadi — fuqarolarning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash, ya’ni jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy- ekologik munosabat shaklini qo‘llashdir.
Ma’lumki, mustaqillik davrigacha Turkiston, keyinchalik O‘zbekiston chor Rossiyasiga va so‘ngra, sobiq Ittifoqga xomashyo yetkazib beruvchi chekka o‘lka hisoblangan. Shuning uchun ham ular tabiiy va mineral xomashyo zaxiralaridan maksimal holda ekstensiv ravishda foydalanganlar, ya’ni jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shaklini qo‘llaganlar. Totalitar tuzumdagi iqtisodiy munosabat shaklidan birdaniga (sakrab) ekologik munosabat shakliga o‘tishning na nazariy va na amaliy iloji bor. O‘zbekiston Respublikasining tanlagan yo‘li – tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatni iqtisodiy-ekologik shaklidan bosqichma-bosqich ekologik munosabat shakliga o‘tkazishdan iborat.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi qonunida mamlakatimizning ekologik dunyoqarashida quyidagilarga e’tibor berilgan:
– shaxsning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan kishilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish va insonlarning
turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib berish;

    • jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mo‘tadil ekologik vaziyatni tashkil etish, aholining sog‘lig‘ini ta’minlash, jismoniy baquvvat avlodni shakllantirish;

    • davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo‘lgan barqaror rivojlanishni ta’minlash, mintaqaviy-iqtisodiy holatni mo‘tadillashtirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish.




21 Tabiat. Jamiyat. Ma’naviyat / Prezident Islom Karimov asarlarida ekologiya masalalarining yoritilishi. To‘ldirilgan ikkinchi nashr
// Ekologik ta’lim va tarbiya uchun qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston, 2009. 152-b.
Shunday qilib, O‘zbekiston uchun yagona shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy zarur ehtiyojlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit milliy xavfsizlikning ajralmas bir bo‘lagidir. Respublikamiz ekologik siyosatining maqsadini amalga oshrish uchun davlatimiz barqaror rivojlanish bilan bir qatorda, muhofaza qilish va rivojlanish konsepsiyasini amalda qo‘llashni ma’qul deb topdi. Bu degan so‘z — shaxs, jamiyat va davlatning ekologik talablarini mintaqalar bo‘yicha iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish talablariga moslashtirish kerak. Davlatimizning ekologiya borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari 1.7.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Tabiatni muhofaza qilishning Milliy dasturida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va yuqorida aytib o‘tilgan
tadbirlarni quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirish tavsiya etilgan:

  • davlat ekologik islohotlarning yo‘lboshlovchisi;

  • ekologik xarajatlarni moliyalash va ularning yangi sxemalarini jalb qilish;

  • makroiqtisodiy va sohaviy ekologik siyosatni takomillashtirish;

  • qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ekologiyalashtirish;

  • atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash maqsadini qo‘yish va standartlashtirish;

  • ishlab chiqarishning ekologik talablarini chuqurlashtirish va h.k.

1.7.1-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə