Book · January 013 citation reads 419 1


Ekologik fanlar guruhi va ulardagi asosiy qonun va qonuniyatlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə15/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik fanlar guruhi va ulardagi asosiy qonun va qonuniyatlar


Guruh

Qonun va qonuniyatlar



Umumiy ekologiya

Uning nazariy jihatlari matematik, eksperimental ekologiyalarga doir qonuniyatlar: atomlarning biogen ko‘chish qonuni; geo- kimyoviy asos – V.M. Goldshmit qonuni; energiya oqimining bir tomonga yo‘naltirganligi qonuni; modda va energiyaning saqlanish qonuni; radioaktiv parchalanish qonuni; tirik organizmlarning (moddalarning) fizik va kimyoviy birligi – V.I. Vernadskiy qonuni; ekologik korrelatsiya qonuni va h.k.

Bioekologiya

Organizmlarning sistematik guruhlari, tabiiy biotizim, evolutsion va biosfera ekologiyasiga doir qonuniyatlar: biogenetik qonun; genetik xilma-xillik qonuni; irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori – V.I. Vernadskiy va E.S.Bauer qonuni; evolutsion takrorlanmaslik – L. Dollo qoidasi; xilma-xillik zaruriyati qonuni va h.k.



Geoekologiya

Geografik, geologik, klimotologik, regional, biogeografik soha ekologiyalariga doir qonuniyatlar: tabiiy tarixiylik qonuni; konstantalik – V.I. Vernadskiy qonuni; daryo o‘zanining ko‘chib yurishi qonuni; tizimlarning tarkibiy to‘liqligi qonuni; atrof-muhit hisobiga tabiiy tizimlarning rivojlanishi qonuni; tabiiy omillarning birgalikdagi ta’siri – E. Mitcherxil, A. Tineman va B. Baule qonuni; evolutsiyani tezlatish qonuni va h.k.

Amaliy ekologiya

Injenerlik, sanoat, harbiy, agrar, bioresurslar, kommunal, meditsina ekologiyalariga doir qonun va qoidalar: tabiiy resurslarning cheklanganligi aksiomasi; hamma yashash muhitining bir xil qiymatga ega ekanligi qonuni; tayyor mahsulotlarni tabiiy sarfini kamaytirish qonuni va h.k.



Ijtimoiy ekologiya

Shaxs, jamiyat, davlat huquqi, oila, sotsial guruhlar, demografik ekologiyalarga doir qonuniyatlar: rivojlanishning cheksizligi qonuniyati; tizimlarning bir me’yorda rivojlana olmasligi yoki tizimlar tarkibidagi tizimchalarning turli vaqtlarda rivojlanish qonuniyatlari; ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va tabiiy resurs imkoniyatlarining o‘zaro bog‘liqligi qonuni va h.k.

Tabiat qonuniyatlarini o‘zlashtirib olish va ularni jamiyat qonuniyatlari bilan uyg‘unlashtirish ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy, balki yagona talablaridandir.

1.6.1- rasm. Kishilik jamiyatida qonuniyatlarning ekologik jihatlari.


Suveren O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yorqin ifodasi, uning ichki va tashqi munosabatlarini mustaqil tartibga solish huquqining yaratilishidadir. Bunday imkoniyatlarning yuzaga kelishi, bir tomondan, o‘zligimizni anglash va erkin munosabatlar tizimini yaratishga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqimiz hamda dunyo hamjamiyati oldida har bir fuqaro, jamoa va davlatga ulkan mas’uliyatlar yuklaydi. Chunki sobiq Ittifoq davrida respublikamizda yuzaga kelgan salbiy ekologik oqibatlarning barchasini Markazga yuklagan bo‘lsak, endilikda, har bir harakatlarimiz uchun o‘zimiz javob berishimizga to‘g‘ri keladi.
Biz inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat oldidagi burchimizni anglagan holda jamiyat qonunlari, ya’ni huquq me’yorlarini xalqaro andazalarga mos ravishda ishlab chiqmoqdamiz. Unga yaqqol misol qilib mustaqillik davrida qabul qilingan O‘zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi, yuzlab milliy qonunlar va minglab normativ hujjatlarni olish mumkin. Milliy qonun hujjatlarining barchasi inson huquqlari, erkinliklari va burchlari kafolatlaydigan umumbashariy standartlarga to‘g‘ri keladi. Lekin, hamma xalqaro huquq

standartlari milliy qadriyatlarimizga va, ayniqsa, mahalliy tabiiy sharoitlarga mos kelmaydi. Shuning uchun ham milliy qonunlarni, ya’ni huquqiy xulq-atvor normalarini belgilashda, albatta, o‘zimizning mahalliy sharoit va imkoniyatlarimizni inobatga olish darkor.


Tabiat qonunlarini jamiyat qonunlari bilan uyg‘unlashtirish prinsipi birinchi bor 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida aks ettirilgan. Jinoyat kodeksida jazo tayinlash ikki omilga: aybdorning va qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilanadi. Vaholanki, ijtimoiy xavflilik darajasi tabiat qonuniyatlaridan kelib chiqmagan holda tayinlanadi. Jazoning og‘irligini, bizning fikrimizcha, tabaqalashgan tarzda, ya’ni mahalliy tabiiy sharoitlarni inobatga olgan holda belgilash kerak. Chunki Orol-bo‘yi hududidagi bir daraxtning ekologik funksiyasini tog‘ oldi, tog‘li yoki sug‘oriladigan hududlardagi bir daraxtning funksiyasi bilan aslo tenglashtirib bo‘lmaydi. Xullas, tabiiy obyektlarga nisbatan yuzaga keladigan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tabiatga mos ravishda uyg‘unlashtirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish talab etiladi (1.6.2-jadval).
Jadvaldagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tabiat va jamiyat qonuniyatlarini uyg‘unlashtirish va oxir oqibatda tabiiy tizimlarni saqlab qolish, atrof tabiiy muhit holatini sog‘lomlashtirish, lokal, regional va yalpi ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.
1.6.2-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə