Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə23/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Suksessiya evolutsiyasi natijasida yangi ekotizimlarga moslashgan yangi turdagi organizmlar paydo bo‘ladi, eskilari unga moslashadi, moslasha olmagani ko‘chadi yo nobud bo‘ladi. Buni Charlz Darvinning evolutsion rivojlanish ta’limotida keng yoritib berilgan.


      1. Ekotizimlarning tasniflanishi


«Klassifikatsiya» (yoki o‘zbekchada «tasniflash») terminining o‘zagi lotinchadagi «klass» – bo‘g‘inlash, razryadlash degan so‘zning ma’nosiga to‘g‘ri kelib, u narsa yoki hodisalarning umumiy ko‘rsatkichlariga qa- rab bo‘lish degan ma’noni anglatadi29. Ekotizimlarni tasniflashga, ya’ni guruh yoki klasslarga ajratishga oid o‘nlab taklif va mulohazalar kiritilgan. Ammo, hanuzgacha fanda ekologiyaning obyekti bo‘lmish ekotizimlarning yagona, umume’tirof etilgan tasniflash jadvali yoki sxemasi yo‘q. Bu o‘rinda namuna sifatida kimyo fanidagi D. Mendeleyev davriy tizimidagi kimyoviy moddalarning, geografiyada esa geotizimlarning ierarxik tasniflagichini (Nigmatov, 2010) olish mumkin. Biz Y. Odumning ikki jildlik «Ekologiya» kitobida, ekotizimlarni tasniflash turli ko‘rinishda bo‘lgani ham ma’qul, degan fikriga qo‘shila olmaymiz. Rossiyalik buyuk «klassifikator olim» D.L. Armandning (1975) fikriga qo‘shilgan tarzda biz har bir narsa, hodisa yoki jarayonlarni tasniflashda:



  • falsafaning fanlar metodologiyasiga qo‘yiladigan talablarga javob bera olishi;

  • muayyan bir maqsadga yo‘naltirilganligi;

  • ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;

  • ajratilgan guruhlarning takrorlanmasligi;

  • guruhlarning nomlanishi oddiy va ravon ko‘rinishda ifoda etilishi;

  • metodik jihatdan uni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlik va hokazo kabi talablardan kelib

chiqilishi zarur.
Hanuzgacha ekologiyada ekotizimlarning tasniflanish qoidalari va natijalari ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak turli fan yo‘nalishida faoliyat yuritgan ekolog olimlar ekotizimlarni turlicha, ya’ni o‘zining ixtisosligiga mos ravishda guruhlashtirish va tahlil qilishga urinadilar. Masalan, Y. Odum (1986) ekotizimlarni tasniflashda ularning funksional va tuzilish belgilariga qarab tasniflaydi. Funksional tizimlashda u «harakat kuchi» energiyaning son va sifat ko‘rsatkichlarini inobatga oladi. Ushbu tasniflash va nomlashda Y. Odum energiya bilan bir qatorda quruqlik ekotizimlarini o‘simlik dunyosi bilan qoplanganlik darajasini ham inobatga oladi (2.2.1-jadval). Suv ekotizimlarida esa uning geologik va fizik xususiyatlarini ajratadi. Umuman Yer kurrasida 16 ta asosiy global ekotizimlarni ajratadi, xolos. Lekin ekotizimlarni



29 Класс. Классификация. Краткий словарь иностранных слов. – М.: Гос.изд иностранных и национальных словарей, 1952. С.
179.

tasniflashda Y. Odum mikroorganizm va nanoorganizmlarning yashash muhitini inobatga olmaydi. Chunki u


davrda ekologiya o‘simlik va hayvonot dunyosining «yashash muhiti» nuqtayi nazaridan qaralgan edi.
Rossiyalik tadqiqotchilar N.I. Nikolaykin, N.Y. Nikolayenko va O.P. Melexovalar30 ham Y. Odum singari, yirik ekotizimlarni global miqyosda biomlar darajasidagi geotizimlar doirasida tasniflaganlar. Masalan, quruqlik ekotizimlariga – sahro (tropik, mo‘tadil, sovuq iqlim mintaqalaridagi), o‘tli ekotizimlar (savanna, mo‘tadil poyas, qutb yoki arktik), o‘rmon ekotizimlari (nam tropik, bargini tashlovchi mo‘tadil poyas, shimoliy igna bargli). Suv ekotizimlariga – suv biotsenozi ekotizimlari, Dunyo okeani ekotizimlari, oqmaydigan suv havzalari ekotizimlari, evtrofik suv havzalari, oqar suv havzalari ekotizimlari. Garchand ushbu tasniflash Y. Odumnikiga nisbatan keng qamrovli bo‘lsada, lekin u falsafaning tasniflash qoidalariga mos tushmaydi. Unda yagona tasniflash prinsiplari va qoidalariga amal qilinmagan.
Angliyalik ekolog olimlar M. Bigon, J. Xarper va K. Taunsendlar31 ekotizimlarni tasniflashda har bir fizik ko‘rsatkichni alohida-alohida tasniflashni yoqlab chiqqanlar. Lekin, ular ekologiyani majmualilik, ya’ni barcha ekotizim komponentlarining yagona bir kompleks bo‘lib harakat qilishini inobatga olmaganlar.
Fransiyalik ekolog olim R. Dajo (1975) o‘zining «Ekologiya asoslari» kitobida ekotizimlarni emas, balki ekologik omillarni tasniflash bilan cheklanib qolgan. U iqlim omillaridan temperatura va namlik asosida organizmlarni guruhlashtirishni taklif qilgan.
N.F. Reymers (1990) ekotizimlarni ularning o‘lcham birligiga qarab mikro-, mezo-, makro- darajasida tasniflashni olg‘a suradi. Bu bizningcha ham mantiqan to‘g‘ridir. Zero, ekotizimlar turi aynan organizmlarning katta-kichikligiga qarab ham tasniflanadi. XXI asrning boshiga kelib nanotexnologiyalar rivojlanayotgan bir paytda ekotizimlar mikroorganizmlardan tashqari nanoorganizmlar nuqtayi nazaridan ham tasniflashni talab etmoqda. Shuning uchun ham biz ekotizim egallagan maydon va makonga qarab quyidagicha tasniflashni yoqlab chiqamiz (2.2.1-rasm).

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə