Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə31/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Tashqi omillar ekotizimlarga bir tomonlama ta’sir etuvchi, lekin qayta ta’sir kuchiga ega bo‘lmagan omillar. Ularga quyosh radiatsiyasi, havo massalari, havo bosimi, shamollar, dengiz oqimlari, tektonik harakatlar, zilzila, vulqon otilishi kabilar kiradi.
Quyosh radiatsiyasi omili. Undan Yer planetasi ekotizimlariga keladigan radiatsiyaning 46 % yorug‘lik, 47% infraqizil va 7% ultrabinafsha nurlarni tashkil etadi. Atmosferaning yuqori qismiga har daqiqada 1 sm2 yuzaga 2 kkal energiya keladi. Uning o‘zgarishi 0,07 sm2/kkal/min tashkil etadi. Har yili yer yuzasi ekotizimlarining 12 km maydoniga 2,6x1015 kkal energiya to‘g‘ri keladi. Bu esa 400 ming tonna ko‘mir energiyasiga teng. Yer yuzidan qaytgan quyosh radiatsiyasi – albedo qorli ekotizimlarda 70–90%, qumlarda 30–35%, qora tuproqli haydalgan dashtlarda 5–14%, o‘rmon va o‘tloqli dashtlarda 10–25%, suv ekotizimlarida quyosh nurining tushish burchagiga bog‘liq ravishda 2–78% gacha boradi.
Havo massalari – biror hudud ustida tarkib topgan va boshqa joylardagi atmosfera havosidan fizik xossalariga (namligi, harorati, bosimi, tiniqligi) va xususiatlari (harakati)ga ko‘ra farq qiluvchi atmosfera havosi. Troposferada arktik, mo‘tadil, tropik, ekvatorial va antarktika havo massalari mavjud. Ikki xil havo massasi tutashib turgan chegarada havo frontida sovuq va iliq frontlar, ya’ni siklon va antitsiklonlar vujudga keladi va ular ekotizimlar holatiga keskin ta’sir etadi.
Dunyo okeani gidrosferadagi 96% suvni qamrab olgan. U global darajada quyosh energiyasi to‘plovchi, tashuvchi va qaytaruvchisi hisoblanadi. Uning ushbu xususiyati butun Yer planetasi ekotizimlariga o‘z tashqi ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Albatta, okean ta’siri bevosita yoki bilvosita darajada namoyon bo‘ladi.
Tektonik omil yer po‘stidagi (yuqori mantiyadagi) harakatlar natijasida yer po‘stida (4–80 km chuqurlikda) ro‘y beradigan bukilish, burmalanish, sinish, siljish, ko‘tarilish, cho‘kish natijasida sodir bo‘ladi. Tebranma (epeyrogenik) harakatlar, ya’ni yer po‘sti ko‘tarilishi va pasayishi orqali sinekliza va antiklizalar hosil bo‘ladi. Tektonik harakatlar yangi quruqlik yuzasi yoki okean ekotizimlarini yuzaga keltiradi.
Turli darajada yer silkinishlari va vulqon otilishlari natijasida yer yuzasi ekotizimlarida sunami, tog‘ qulashi, yer yorilishi, lava otilishi kabi salbiy oqibatlar yuzaga keladi. Ekotizimlarda suksessiya jarayonlari yuzaga keladi. Yer qimirlashiga sarf bo‘lgan energiyaning 80% Tinch okeani halqasiga, 15% Alp-Himolay tektonik zonasiga to‘g‘ri keladi, 5% Buyuk Afrika yorig‘iga va qolgan yerlarga to‘g‘ri keladi. Yer po‘stidagi gaz, tosh, lava, suv bug‘i otilib chiqadigan yoriq va teshiklar hamda otilib chiqqan jinslar hosil qilgan relyef shakli vulqon deyiladi. Yer yuzida 530 dan ortiq vulqon bor. Vulqon jinslari tarkibidagi kremniy miqdoriga qarab



34 A. To‘xtayev, A. Hamidov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish.
– T.: «O‘qituvchi», 1994. 50–51-b.
asosiy (50–55%) va nordon (65% va undan ko‘p) tog‘ jinslari hosil bo‘ladi. Vulqonlarning otilishi natijasida
vulqon ekotizimlari birlamchi suksessiya darajasida yuzaga keladi.
Ekologik tizimlarga ta’sir etuvchi omillarni birlamchi va ikkilamchi omillarga ham ajratiladi. Birlamchi omillar – ekotizimlardagi holat, jarayon va hodisalarga keskin yoki hal qiluvchi ko‘rsatkich (indikator) sifatida ta’sir etuvchi kuchlar. Ikkilamchi omillar esa ekotizimlardagi holat, jarayon va hodisalarga keskin yoki hal qiluvchi ko‘rsatkich (indikator) sifatida ta’sir etmaydigan kuchlardir.

      1. Yüklə 4,14 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə