Book · January 013 citation reads 419 1


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə29/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Biologiya, geografiya va ekologiya fanlarining obyektlarini umumiy va xususiy tomonlarini ochib bering.

  2. Ekotizimlarga misol keltiring va uni mahalliy miqyosda aks ettiring.

  3. Ekologiyaning tadqiqot predmetini aytib bering.

  4. Ikkilamchi suksessiya nima?

  5. Ekotizimlar barqarorligini tushuntirib bering.

  6. Ekotizimlar klimaksasi qanday ta’riflanadi?

  7. Y. Odum bo‘yicha ekotizimlarni modellashtirishda qanday komponentlar inobatga olinadi?

  8. Ekotizimlarda modda va energiya oqimini ta’riflab bering.

  9. Ekotizimlarni maydon va makonga qarab tasniflang.

  10. Ekosfera bilan biosferaning farqi bormi?

  11. Ekosferaning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi roli qanday?

  12. Organizmlarning ekologik funksiyalarini ochib bering.

Fanda muhimi jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning asosiylarini to‘g‘ri aniqlash va ularning ta’sir kuchini optimallashtirish.


    1. bob. EKOTIZIMLARGA TA’SIR ETUVCHI


OMILLAR
      1. Ekologik omillar


Ekotizimlarda kechadigan jarayon va hodisalar uning ichki va tashqi kuchlar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Mazkur kuchlar fanda faktor (lotinchada factor – yaratuvchi, ishlab beruvchi) yoki o‘zbek tilida
«omillar» deb yuritiladi. Ekologik omillar ekologiyaning tadqiqot obyekti bo‘lgani uchun uni ekotizimlarga ta’sir etuvchi omillar deb ham ataydilar.
Aksariyat adabiyotlarda, jumladan Sh.O. Muradov va boshqalarning (2005) Umumiy ekologiya32 elektron mini darsligida ekologik omil – muhitning har qanday elementi (yoki sharoiti) bo‘lib, tirik organizmlarning hech bo‘lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosta ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishga harakat qiladilar.
N.I. Nikolaykin, N.Y. Nikolayenko va O.P. Melexovalar33 ekologik omillarni ajratishda tirik organizmlarga
ta’sir etuvchi kuchlar nuqtayi nazaridan qaraganlar.
Ekologik omil – bu organizmlarning individual rivojlanish davridagi bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi har qanday element. Lekin ekotizimlar organizmlarning o‘zidangina iborat emasligiga biz yuqorida iqror bo‘ldik. Bunday yondashuv ekologik emas, balki biologik yondashuvdir.
Taxminan shu yo‘sinda ekologik omillarni V.D. Valova (2004), M. Bigon, D. Xarper, K. Taunsend (1989) ham ajratadilar. Lekin, ular tashqi va ichki omillarga alohida tadqiqot obyekti sifatida qaraydilar. Bu mantiqan to‘g‘ri. Zero tashqi omillarga nisbatan ekotizimlardagi o‘zgarishlar aks ta’sirga ega emas.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə