Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə28/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Gidrosfera yerning suv qatlami bo‘lib, u o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga ega. Gidrosfera organizmlarning tuzilishi va tiriklik faoliyatiga ta’sir qiluvchi boshqa suyuqliklardan keskin farq qiladi. Masalan, suv yuqori universal erish; sirt tarangligi; muzning erishidagi mavhum issiqlik (336 Dj/g); issiqlik o‘tkazuvchanlik; dielektrik o‘tkazuvchanlik; molekular polyarlik; spektrning ko‘rish qismida to‘liq shaffoflik; suyuqlik uchun yuqori anomal issiqlikni bug‘lash (100°C da 2263,8 Dj/g); ixtiyoriy haroratda bug‘lanish; kichik siqilish; fotosintezda olinadigan kislorod manbai va unda kechadigan jarayonlarda vodorod ionlari donori; +4°C da maksimal zichlikda bo‘lish kabi o‘ta muhim modda va energiya aylantirish xususiyatlariga ega. Suvning ushbu muhim jihatlari gidrosferaning ekologik funksiyasi:

  • organizmlarning asosiy tarkibiy qismiga kirishni;

  • ekosferaning harorat rejimini barqarorlashtirishni;

  • ekotizimlarning rivojlanishida qatnashishni;

  • organo-mineral moddalarni tashish va to‘plashni;

  • organizmlarda tuz tarkibini;

  • suv havzalarining biologik unumdorligi kabilarni ta’minlab berishidadir.

Suvning o‘zini-o‘zi tozalash xususiyati uning katta va kichik davriy aylanishiga proporsional ravishda kechadi, ya’ni qancha tez davriy aylansa shuncha tez tozalanadi (2.4.1-jadval).
2.4.1-jadval

Gidrosferadagi suv massasi va uning davriy aylanishi





Gidrosfera- ning tarkibi



Suv massasi 103 mlrd t



Ulush, %

Qaytadan tuzilish vaqti, yil



Yer yuzasining shartli qatlami, m

Chuchuk suv zaxirasi

Umumiy massadan

Dunyo okeani

1 370 000




91,55

2600–3000

2750

Yer osti suvlari:

100 000
(4000–
200000)



6,68


-5000


200


Chuchuk suvlar

4000

30,1

0,27

























Muzlagan hosilalar



26 000
(24 000–
30000)

68,7


1,74




8000 –
10 000

60


Ko‘llar


280
(175–750)



0,26
(chuchuk suv)



<0,02

7
(chuchuk suv)






Tuproq namligi

100
(65-500)



0,02




<0,01

0,9–1,0





Botqoqlik

100

0,03

<0,01







Atmosfera namligi

14,0
(12,9–17,0)



0,04




<0,001

0,027





Daryolar

1,2 (2,1)

0,006

<0,0001

0,033–0,022




Biologik suv

1,1

0,003

<0,0001







Jami

1 500 496,3

100

100

2800

3000



Ekoatmosfera – Yerning organizmlar tarqalgan havo qatlami bo‘lib, u quyidagi ekologik funksiyalarni
bajaradi:

  • quyoshning ultrabinafsha nurlarining salbiy ta’sirini kamaytiradi;

  • yerning gazli himoya qatlamini yaratadi;

  • quyosh radiatsiyasini filtrlaydi;

  • organizmlarni gaz bilan ta’minlaydi;

  • yer iqlimini shakllantiradi;

  • ekosferaning issiqlik rejimini ushlab turadi;

  • atomlarni ionlashtiradi va h.k.

Masalan, atmosfera havosining ozon qatlami Yerdagi barcha tirik mavjudodlar uchun juda xavfli bo‘lgan quyoshning ultrabinafsha spektri (10qatlamida atomar kislorod vujudga kelishi bilan O2 ning dissotsiatsiyasi sodir bo‘ladi: O2 + hv = O + O. Bu reaksiya uchun juda katta energiya zarur, molekuladagi kislorodning energiyasi 498 kDj/mol ni tashkil qiladi. Yetarli energiyani olish ultrabinafsha nurlanishi yoki elektr razryadli yoy orqali amalga oshadi. Atmosferada mazkur reaksiya natijasida 100 km balandlikdan boshlab kislorod ham molekular, ham atomar ko‘rinishda bo‘ladi.
Koinotdan kelayotgan nurlanishlar atmosferaning yuqori qatlami orqali o‘tib, ularni mavjud gazlar qabul qiladi va eng qisqa to‘lqinli nurlar quyida keltirilgan tenglamalar orqali ionlashtiriladi:

Shunday qilib, qisqa to‘lqinli nurlanishning katta qismi yer qatlamidan 90 km uzoqlikka yetib kelganda yutilib ketadi, lekin O2 kislorodning molekular dissotsiatsiyani keltirib chiqishiga moyilligi bo‘ladi. 30–50 km balandlikda atomar kislorod bilan molekulalarni o‘zaro ta’siri ozonni hosil bo‘lishiga olib keladi:


2.4.1-rasm. Ultrabinafsha nurlarining yer yuzasiga yetib kelishi.


Past-balandliklarda O3 – ozonni hosil bo‘lish tezligi gazlarning konsentratsiyasiga proporsional ravishda ortadi. Uning kamayishi esa X<240 bilan yorug‘likni yutilishiga bog‘liq, bu esa 25 km balandlikda ozonni maksimum bo‘lishini ko‘rsatadi (2.4.2-rasm).

2.4.2-rasm. Atmosferada ozonning tarqalishi.


Bulutlilik. Biosferaga bulutlilikning ta’siri turlichadir. U yerning albedosiga ta’sir qiladi, okean va dengizlar yuzasidagi suvlarni yomg‘ir, qor, do‘l ko‘rinishida quruqlikka olib o‘tadi hamda kechqurun yerning ustini ko‘rpaga o‘xshab yopib, uni radiatsiyaviy sovishini kamaytiradi. Bulut, V. Dalning ifodasiga ko‘ra, – bu
«balanddagi tuman». Tuman disper tizimdagi qattiq zarra yoki suyuq tomchilardan tashkil topgan, holati gazsimon muhitda muallaq turuvchi (odatda havoda) aerozolning bir ko‘rinishidir. Shuningdek, aerozolga tutun, chang ham kiradi. Atmosferada tuman havoda erkin aylanib yuruvchi suv tomchilari yoki muz kristallarining yig‘indisi, muhitning keskin ravishda shaffofligini kamaytiruvchisidir.
Yerning aylanish o‘qining ekliptik tekislikka nisbatan 66,5° og‘gani uchun atmosferaning yuqori chegaralaridan o‘tuvchi quyosh radiatsiyasining miqdori mahalliy geografik kenglik va yil fasllarini belgilovchisidir. Zaiflashish bulut qoplamining xususiyati, atmosferadagi changning tarkibi hamda turli fizik kattaliklarning sutkali va mavsumiy o‘zgarishlariga bog‘liq. O‘rtacha yiliga 25—30% o‘tayotgan quyosh nurlanishini bulutlar aylantirib, fazoga qaytarib yuboradi. Yana 25% nurlanish yutilib, so‘ng bulut, chang, gazlar tomonidan, ya’ni diffuziyali tarqatilgan nurlanish ko‘rinishida qayta nurlantiriladi. Taxminan yana uning shunchasi yer qatlamiga to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi ko‘rinishida tushadi. Geografik kenglikka qarab to‘g‘ri va tarqalgan nurlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish qonuniyati o‘zgarib boradi. Qutb hududlarida nurning umumiy oqimining 70 foizi tarqalgan nurlar ko‘rinishida bo‘ladi, ekvator hududlarida esa bu ko‘rsatkich 30 foizdan oshmaydi. Bu to‘g‘ri nurlanish nurlarining atmosferadan gorizontga nisbatan kichik burchak ostida emas, balki vertikal pastga yaxshi o‘tishi bilan bog‘liq. Nurlanishning yuzaga yetib borgan bir qismi yana atmosferaga qaytadi.
Uning miqdori albedoga bog‘liq: qor taxminan 80–95%, o‘tli yuza — 20%, to‘q tuproq faqat 8—10% o‘tayotgan nurlanish oqimini akslantiradi. Yerning o‘rtacha albedosi — 35—45%.
Ekolitosfera – Yerning organizmlar tarqalgan qattiq qatlami bo‘lib, u ekosferani mineral ozuqa bilan ta’minlaydi. Ekolitosferaning ekologik funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • yer ekotizimlarining ustqurmasi;

  • tuproq ekotizimlarining mineral asosi;

  • geologik sikllarning o‘tish muhiti;

  • suv va moddalarning kichik va katta aylanish manbasi;

  • yer osti suvlarining yig‘uvchisi va saqlovchisi;

  • tabiiy boyliklarning mineral asosi;

  • geodinamik jarayonlarni kechish muhiti va h.k.

Ekosfera chegaralaridan tashqaridagi moddalar almashinuvi tizimning ichida sodir bo‘layotgan almashinuvga nisbatan qaralganda juda kamdir. Yiliga kosmosdan yerga taxminan 40 mln tonna meteor moddalari atmosferadan o‘tib keladi. Ekosferaning ichidagi modda almashinuvi sezilarli darajada katta o‘lchamlar bilan farqlanadi. Masalan, yiliga daryolar dunyo okeanlariga 20 mlrd tonna jinslarni oqizadi yoki bu meteorlarning kirishiga nisbatan ikki ming marta ko‘pdir. Shuning uchun geologlarning fikri bilan aytish mumkinki yer va uning ekosferasi bu yopiq tizimdir. Ushbu yopiq tizimda yerning litosferasidagi moddalar harakatining sirkulatsiyasi hosil bo‘ladi. Bular moddalarning aylanishi, akkumlatsiya va transformatsiyasi bilan tog‘ jinslarining buzilishi va yemirilishini umumlashtiruvchi katta geologik aylanishga olib keladi. Katta geologik aylanish zaxira (rezervuarlar) va oqimlardan iborat.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə