Book · January 013 citation reads 419 1


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə36/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Muammo so‘ziga ta’rif bering.

  2. Nima uchun ekologik muammolarni yashirin tarzda kechadigan muammolar toifasiga kiritiladi?

  3. Ekologik muammolarning hududiy tasniflang va uning davriy o‘zgarishini ochib bering.

  4. XX asrning qaysi davridan boshlab ekologik muammolarga birlamchi masala sifatida qaraladigan

bo‘ldi?

  1. Ekologik muammolarni tasniflang.

  2. Ekologik muammolarni tasniflashda qanday ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratilishi lozim?

  3. Antroekologik muammoni tushuntirib bering.

  4. Ekoterrorizm qanday muammolar turiga kiradi?



Ekologiya keng ma’noda insonlarning yashab ketishi haqidagi ta’limotdir.
N.F. Reymers


    1. bob. EKOLOGIYA METODOLOGIYASI VA METODLARI

    1. Ekologiya metodologiyasi va uning milliy xususiyatlari


Barcha fanlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri u qanday tadqiqot metodologiyasiga ega ekanligi. Zero fanlar nazariyasining bosh masalasi uning metodologiyasidadir. Shuning uchun bo‘lsa kerak faylasuflarning munozara markazida aynan mazkur masala ko‘ndalang bo‘lib turadi va, afsuski, hamma fanlarda ham bu haqda yagona bir fikrga yetib kelinganicha yo‘q.
Metodologiya yunoncha «metodos» – bilish yoki tadqiq qilish, «logos» – ta’limot degan so‘zlar yig‘indisidan iborat. Uni umumlashgan tarzda fanda ilmiy bilish metodlariga oid ta’limotlar yig‘indisi, to‘g‘rirog‘i bu yerda ham tizimi, deyish mumkin. Chunki metodologiyaning quyida sanab o‘tiladigan qismlari, ya’ni tadqiqot metodlari aynan muayyan bir ketma-ketlikda va ierarxik pog‘onada tizimlashtiriladi.
Metodologiya metod emas va undan farqli ravishda sharoit va zamonga qarab, yo evolutsion yoki noevolutsion tarzda o‘zgarishi mumkin. Metod o‘zgarmaydi, yangilari yaratiladi va ular eskilarining o‘rniga ilmiy bilishda qo‘llaniladi, xolos. Metodlarni tizimlash esa muayyan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ma’naviy-ma’rifiy holatdan kelib chiqadi. Masalan, sobiq Ittifoq davrida deyarli barcha fanlar, jumladan tabiiy fanlar metodologiyasi marksizm-leninizmning utopik kommunizm qurish g‘oyasiga asoslangan siyosiy tizimga moslashtirilgan edi40. Bundan ekologik fanlar ham chetda turmagan. Rejalashtirilgan iqtisod, barcha kishilarni bir xilda ijtimoiy ta’minlashga erishish utopiyasi, tabiiy resurs hisobiga AQSHni orqasidan qolmaslikka yo‘naltirilgan ekologik munosabat, yagona millat g‘oyasini aks ettiruvchi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot metodologiyasi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Sobiq Ittifoq parchalanib, mustaqil davlatlar paydo bo‘lganidan so‘ng ekologik fanlar qanday metodologik asos bilan qurollangan edi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Har biri o‘z rivojlanish yo‘liga kirgan mustaqil davlatlarda, xususan O‘zbekistonda ham ko‘pgina fanlarda bo‘lgani kabi ekologik fanlarda ham «metodologik vakuum» yuzaga keldi va u hanuzgacha bo‘shligicha turibdi. Chunki, Ittifoq tazyiqidan qutulgan O‘zbekiston ekologlari chuqur nazariy fanlarning metodologik masalalariga oid izlanishlar olib borishdi, deb aytolmaymiz. Prezidentimiz Islom Karimov o‘z vaqtida bu borada shunday fikr bildirgan edi: «Siyosatda ham, ijtimoiy hayotda ham, fanda ham vakuum – bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ya’ni, agar o‘z g‘oyang bo‘lmasa, sening yurtingda chetdan g‘oya kelib hukmronlik qiladi. Shu ma’noda mustaqil fikrlaydigan odamlarimiz bo‘lmasa, o‘z davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixini o‘zimiz tiklamasak, o‘zimiz xolisona
40 Человек, общество и окружающая среда. Географические аспекты использования естественных ресурсов и сохранения окружающей среды. – ПМ.: «Мысль», 1973. C. 10–11.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə