Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə35/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Bioekologik muammo muayyan ekotizimlarda organizmlar (o‘simlik va hayvonot dunyosi, mikro-, nanoorganizmlar) o‘rtasida yuzaga kelayotgan va yechimini kutayotgan masala. Yuqorida biz ta’kidlab o‘tdikki, inson bu dunyoda tabiat bilan uyg‘unlikda yashashi uchun ijtimoiy munosabat qoidalarini, albatta, tabiat qonuniyatlari bilan muvofiqlashtirishga majburdir. Qudratli kuchga ega bo‘lgan kishilik jamiyati ekosferani bir kunda yo‘q qilib tashlash imkoniyatiga ega. Lekin, insonlarning yashash muhiti aynan ekosfera ekanligi, uni yo‘q qilish esa o‘zining halokati bilan tugashi muqarrarligini tushungan insonlar, hozircha ushbu falokatning oldini olish choralarini ko‘rishmoqda. Ammo, XXI asrga xos bo‘lgan regional urushlar, ayrim rivojlangan davlatlarning gegemonlik siyosati, diniy ekstrimizm, yuzaga kelayotgan «millat oligarxlari»ning iste’molchilik psixologiyasi, tabiiy energiya ta’minoti masalalari ekologik xavfsizlikni juda qaltis darajada ushlab turishga olib kelmoqda. Shuning uchun bo‘lsa kerak muqaddas diniy kitoblar – Qur’oni Karim, Tavrot, Injil kabilarda insoniyatning qiyomat kuni aynan tabiatda sodir etilajak voqea va hodisalar orqali yoritib berilgan.
Ekologik xavfsizlikni barcha ekotizimlar darajasida ta’minlash uchun ekologik muammolarni faqatgina antroekologik nuqtayi nazardan emas, balki boshqa organizmlar muammosi tomonidan turib o‘rganish va ularni optimal ravishda hal etish uchun organizmlarga yordam berish kerakligi ayon bo‘lmoqda. Ya’ni bioekologik muammolarga:

  • milliy va xalqaro huquq normalarini ekotizim biotalarida yuzaga kelayotgan muammolar nuqtayi nazaridan qarab chiqish va ularni amalga tatbiq etish;

  • ichki va tashqi biotik omillarni barcha ekotizimlar doirasida tadqiq qilish;

  • ekotizimlarni ulardagi biologik komponentlar o‘rtasidagi muvozanatni optimallashtirish nuqtayi nazaridan baholash, kadastrlash, monitoringlash, nazoratlash va prognozlashtirish tadqiqotlarini olib borish, turli miqyosda umumlashtirish va tegishli ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni nanoorganizmlar doirasida hal etish texnologiyalarini yaratish;

  • yer sig‘imi va ekologik izni «ekotizim biotalariga bosim» nuqtayi nazaridan ishlab chiqish;

  • alohida muhofaza etiladigan hududlarni tashkil etish va kengaytirish orqali ekologik xavfsizlikni

ta’minlash siyosatini olib borish kabi mummolarga insoniyatning e’tiborini qaratish.



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə