Book · January 013 citation reads 419 1


Ekotizimlarga ta’sir etuvchi omillar tasnifi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə32/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekotizimlarga ta’sir etuvchi omillar tasnifi


Ekologik omillarni, odatda, ekotizimlarda yashovchi organizmlarga ta’sir etish nuqtayi nazaridan tasniflaydilar. Bu holda ekologiyaning biologiyadan farqi qolmaydi. Biz yuqorida aytib o‘tdikki, ekologiyaning obyekti organizm emas, balki ekotizimlardir. Shuning uchun omillarni tasniflashda ekotizimlar va ularning komponentlariga kompleks ta’sir etuvchi omillar nuqtayi nazaridan baholash mantiqan to‘g‘ridir.
Ekologik omillarning mazmuni va mohiyatiga qarab turli tadqiqotchilar turlicha tasniflaydilar. Ekologik omillarni tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalari nuqtayi nazaridan turli ko‘rinishda tasniflashi mumkin. Masalan tasniflash omillarining davriyligi, kelib chiqishi va uning ketma-ketligi, yuzaga kelishi, xarakteri, ta’sir doirasi, darajasi, obyekti va sharoiti, hududiyligi, tizimliligi va shu kabi ko‘rsatkichlariga qarab amalga oshiriladi (3.2.1-jalval).
Rossiyalik olimlar35 ekologik omillarni ikki qismga ajratib tasniflashni ma’qul deb biladilar (3.2.1-rasm). Lekin ushbu tasniflash juda mujmal ravishda tuzilgan. Chunki kishilar faoliyati natijasida yuzaga keladigan antropogen omillarga biotik va biogen, zoogen, fitogen va hattoki mikrobiogen omillar ham kirib ketgan.
Deyarli barcha ekologik tusdagi adabiyotlarda ekologik omillarni uch qismga ajratib ta’riflanadi va ularning ketma-ketligini aynan Yer planetasida paydo bo‘lganligiga qarab tizimlashtiriladi: abiotik, biotik va antropogen (3.2.2-jadval). Ular o‘z navbatida turlarga va ko‘rinishlarga ajratiladi.
3.2.1-jadval

Ekologik omillarning tadqiqot maqsadiga ko‘ra tasniflanishi


T/r

Tadqiqot maqsadi

Omillar

1.




Davriyligi bo‘yicha

Evolutsion

Tarixiy

Zamonaviy

Bashoratli va h.k.

2.




Kelib chiqishi bo‘yicha

Abiotik

Biotik

Antropogen

Aralash

Abiotik-biotik




35 Н.И. Николайкин, Н.Е. Николаенко, О.П. Мелехова. Экология.– М.: «Дрофа», 2004. C. 49.










Biotik-abiotik

Abiotik-antropogen

Biotik-antropogen

Antropogen-biotik va h.k.

3.




Hosil bo‘lish sferasi bo‘yicha

Ekolitosferaga tegishli

Ekoatmosferaga tegishli

Gidrosferaga tegishli

Pedosferaga tegishli

Gidrosfera-ekoatmosferaga tegishli

Ekolitosfera-pedosferaga tegishli

Kompleks sferalarga tegishli va h.k.

4.

Ta’sir obyekti bo‘yicha

Kompleks-majmuali

Dukomponentli

Triokomponentli

Biokomponentli

Antrokomponentli

Abiokomponentli

5.

Ta’sir darajasi bo‘yicha

Birlamchi

Ikkilamchi

6.




Ta’sir oqibati bo‘yicha

Letal

Ekstremal

Cheklangan










Xavotirli

Teratogen

Mutagen va h.k.

7.




Ta’sir doirasi bo‘yicha

Global

Mintaqaviy

Mahalliy va h.k.

8.




Ta’sir sharoiti bo‘yicha

Noqulay

Qulay

O‘ta qulay

Kuchli qulay va h.k.


3.2.1-rasm. Ekologik omillarning turkumlanishi
(N.I. Nikolaykin, N.Y. Nikolayenko, O.P. Melexova, 2004).


Ekologik omillarning tasniflanishi


3.2.2-jadval


Ekotizimlarga ta’sir
etuvchi omillar tipi



Turlari



Ko‘rinishlari

Abiotik

Fizik


Quyosh energiyasi

Yer tubidan chiqadigan energiya

Ichki energiya va h.k.

Kimyoviy


Tabiiy sho‘rlanish

Tabiiy kimyoviy ifloslanish

Moddalar tarkibining o‘zgarishi va h.k.

Geomorfologi k

Relyef tuzilishi

Yon bag‘ir ekspozitsiyasi










Absolut balandlik va h.k.

Gidrologik



Dengiz yuzasining davriy ko‘tarilishi va tushishi

Sel kelishi

O‘zan jarayonlari va h.k.

Meteorologik



Havo, suv va tuproq harorati

Havo, suv va tuproq namligi

Yog‘in miqdori, tezligi va h.k.

Geografik va h.k.

Geografik kenglik

Zonallik

Mintaqaviylik va h.k.



Biotik

Fitologik



Neytrallik darajasi

Parazitlilik darajasi

Mutualistik daraja va h.k.

Zoologik


Yirtqichlik

Raqobatlilik

Parazitlik va h.k.

Mikrobiologi k

Patogenlik

Parazitlililik

Viruslilik va h.k.



Kompleks va h.k.

Fito-zoologik

Mikro-zoo-fitologik

Mikro-zoologik va h.k.






Antropogen

Ijtimoiy- sotsial

Aholi zichligi

Iste’mol darajasi

Qashshoqlik ko‘rsatkichi

Ish bilan ta’minlanganlik va h.k

Siyosiy


Iqtisodiy prioritetlik

Ijtimoiy prioritetlik

Ekologik prioritetlik

Ekologik


Noekologik

Alarmistik

Ekologik va h.k.



Ma’naviy- ma’rifiy

Ekologik onglilik darajasi

Ekologik bilimlilik darajasi

Ekologik madaniyatlilik darajasi va h.k.

Huquqiy


Ekologiyalashtirilganlik

Ekologiyalashtirilmaganlik

Ekologik-huquqiy mexanizm borligi va h.k.

Institutsional va h.k.

Universal miqyosda barqaror birlashganlik

Regional miqyosda barqaror birlashganlik

Mahalliy miqyosda barqaror birlashganlik va h.k.

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Ekologik omillar nima?

  2. Ekologik omillarni tasniflab bering.

  3. Ekologik omillarni tasniflash qoidalari qanday?

  4. Birlamchi va ikkilamchi omillar qanday bo‘ladi?

  5. Tashqi va ichki omillarga misollar keltiring.




  1. Havo oqimlari omili qanday ekologik omil turiga kiradi?



Ekologik muammolar boshqa xavfsizlik muammolaridan yashirin tarzda kechishi bilan farqlanib turadi.
Islom Karimov


    1. bob. EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING GURUHLANISHI

      1. Ekologik muammolar


Har qanday tadqiqotlar zamrida muayyan bir mummolar va ularning yechimini topish zarurati yotadi. Muammo yechimi topilmagan masala, holat yoki hodisa. Ko‘pincha uni ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy kategoriya sifatida, ya’ni faqatgina insonlarga tegishli va ijtimiy munosabatlarda yuzaga keladigan holat, deb qaraladi. Hattoki O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida36 «Muammo» so‘zi faqat mumtoz adabiyotga tegishli so‘z nuqtayi nazaridan yoritilgan. Uni arab tilidan olingan ko‘r, ko‘r qilingan yoki yashirin ifoda etilgan so‘z yoki ism, deya ta’riflangan. Falsafiy-ilmiy nuqtayi nazardan esa bunga mutlaqo qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki mummo so‘zi nafaqat adabiyotda, balki inson faoliyatining barcha jabhalarida va ayniqsa, fanda juda ko‘p ishlatiladigan so‘zdir. 4 jildlik «Rus tilining izohli lug‘ati»da «Muammo – yechimini topish lozim bo‘lgan nazariy yoki ilmiy muammo»37, deya ta’riflangan. Bu jamiyat qonuni.
Lekin muammo nafaqat insoniyatga, balki organizmlarga ham tegishlidir. Ular oldida ham turli xil muammolar turadi va ularni yechishga organizmlar ham harakat qiladilar. Ushbu harakat ko‘pincha yashash uchun kurash yoki moslashishdan iboratdir. Uni biologiya fanida «Biogeotsenozlar evolutsiyasi», «Biotoplar evolutsiyasi», «Biosfera evolutsiyasi» deb ataladi38. Har uchala tabiiy sharoitda ham organizmlar yashash uchun kurashadilar va o‘zlariga tegishli bo‘lgan muammolarni hal etadilar. Bu tabiat qonuni.
Ekologik muammo ekotizimlarda organizmlar o‘zaro va ularni atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarda
yuzaga kelgan va yechimini kutayotgan masala.
Masalan, N.F. Reymers39, «Insonlar tabiatga nisbatan sezilarli ta’siri natijasidagi har qanday holat, qaysiki tabiatni insonlarning hayotiy va xo‘jalik faoliyatiga qayta ta’siri (tabiiy ofat, iqlim bo‘ronlari, yoppasiga tartibga solinmagan hayvonot dunyosi migratsiyasi va h.k.) deb aytib o‘tilgan. Bu tushunchada ham ekologik muammo bir tomonlama, ya’ni ijtimoiy kategoriya sifatida izohlangan. Hozirgi zamonda, xalqaro tajribada, ekologik qonunchilik nafaqat insonlarni muhofaza qilish, balki ekotizimlarning ajralmas komponenti bo‘lgan barcha organizmlarni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan yozilishini talab etilmoqda.
Agarda biz ekologik muammoni «Umumiy ekologiya» fan muammosi nuqtayi nazaridan emas, balki ekologiyaning bir tarmog‘i «Ijtimoiy ekologik» fanlar nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak N.F. Reymers (1990) aytib o‘tgan ta’rif mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi. Shuning uchun ham ekologik fanlarning nafaqat umumiy ekologiya, balki uning barcha tarmoqlarining nazariy asoslarini yaratish jihatidan qarash o‘ta muhim ilmiy- amaliy ahamiyat kasb etadi.

      1. Yüklə 4,14 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə