Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə40/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Dala sharoitida ekologik tajriba va tajriba-sinov ishlari statsionar yoki yarim statsionar tarzda muayyan ekotizimlar doirasida organizmlar turi, populatsiyasi, jamoasi o‘rtasidagi va ularni real tabiiy sharoit bilan o‘zaro aloqadorlik holati, dinamik o‘zgarishi, genezisi kabi masalalar tadqiq qilinadi, laboratoriya va kameral sharoitda ishlash uchun materiallar yig‘iladi. Buni odatda, fiziologik, biokimyoviy, anatomik, fiziologik, morfologik, sistematik usullar bilan bir qatorda iqlimiy, geomorfologik, tuproq-agrokimyoviy, meteorologik, geologik usullardan ham foydalanadi.
Ekologik tusdagi ekspeditsiyalarni tashkil etish uchun aniq bir yo‘nalishlar tanlanadi va tayanch nuqtalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Unda ekotizimlarni hududiy farqlanishi, davriy o‘zgarishi, real tabiiy sharoitga organizmlarning moslashishiga oid ma’lumotlar tegishli ekspeditsion metodlar asosida to‘planadi, ekotizim komponentlaridan namunalar olinadi, texnik va texnologik metodlardan foydalangan tarzda audio-foto-videoga tushiriladi.
Laboratoriya sharoitida dala va ekspeditsiya usullari bilan yig‘ilgan ekotizim komponentlaridan olingan namunalarni analiz qilinadi, video materiallar montaj qilinadi. Lekin ekologik laboratoriyalar nafaqat ilm dargohlarida (ekologik tadqiqotlarni olib boradigan) balki sohaviy (biron-bir iqtisodiyot sohasiga tegishli ekologik masalalarni hal etadigan), muammoli (biron-bir ekologik muammoni hal etish uchun vaqtinchalik yoki doimiy ravishda faoliyat olib boradigan), ishlab chiqarish nazorati (korxonalarda mahsulotlarni ekologik nuqtayi nazardan baholaydigan), o‘quv (ekologik bilim, malaka va ko‘nikmalarni beradigan) turlariga ajratiladi.
Ekologik tusdagi kameral xonalarda dala, ekspeditsiya, laboratoriya sharoitida olingan natijalar zamonaviy texnik va texnologik usullarni qo‘llash (masalan, Geografik Axborot Texnologiyalari – GAT) orqali sintez qilinadi, umumlashtiriladi, tegishli xulosalar qilinadi, tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki dala, ekspeditsiya va laboratoriya sharoitida olingan natijalar aksariyat
hollarda obyektiv, kameral usullar esa subyektiv ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Y. Odum (1986) ekotizimlarni tadqiq qilish usullarini tanlashda ikki xil yondashuvni e’tiborga olish zarur deb uqtiradi. Birinchisi – xolistik (grek. holos – butun), ya’ni ekotizimlarda modda va energiya oqimini kompleks ravishda tadqiq qilish. Ikkinchisi – merologik (grek. meros – qism), ya’ni ekotizim komponentlarini alohida o‘rganib turib, ekstropolatsiya metodini qo‘llash orqali ularni sintezlash.
Ekologiyaning metodik jihatdan takomillashtirishga ekologlar (Odum, 1973, 1983; Dajo, 1975; Reymers 1992; Tursunov, 1977; Ergashev, 2002, 2005, 2006, 2007; Nigmatov, 2005, 2012; Muratov, 2005), biologlar
(Pirs, 1926; Elton, 1934; Kashkarov, Shennikov, 1950; Laxner, 1978; Gorishina, 1978; Ioganzen, 1959), geograflar (Sveyn, Deyvis, 1983; Garbuk, Gershenzon, 1997; Safarov, 2006) birinchi navbatda dala, kameral, statsionar, matematik modellashtirish, GATdan foydalanish va kosmik usullarni qo‘llash hamda kompyuter texnologiyalaridan kengroq foydalanishni tadqiqotlarga tatbiq qilmoqdalar.
XX asrning ikkinchi yarmidagi ekologiya fanining rivojlanishini tadqiq qilishda yangicha yondashuvlar bilan «qurollanish» talab etiladi. Chunki matematik, geoinformatsion, masofadan ma’lumot yig‘ish va uni raqamli ma’lumotlar bazasiga jamlash kabi metodlar dala sharoitida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, tezlashtirish hamda ilmiy bashoratlashni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo, ushbu metodlarni ilmiy bilishga jalb etish, ekologiyaning an’anaviy metodlariga (kuzatish, laboratoriya, eksperiment kabilarga) qarshi qo‘yish degani emas.
Empirik ma’lumotlarning yig‘ilishi va ularni matematik tahlil qilish zamonaviy sharoitlarda modellarni, tadqiqot ishlaridan o‘rin olgan ekologik voqelikning «tabiiy portret»ini ishlab chiqishni talab qildi. Modellashtirishning turli ko‘rinishlari: matematik-ekologik yoki matematik-kartografik modellashtirish, tibbiyot, rekreatsiya, iqtisodiy va sotsial ekologiyada modellashtirish muammolarini hal etishda juda qo‘l kelmoqda.

  1. asr oxirida olib borilgan tadqiqotlarning aksariyati masofaviy tadqiqot usullarini rivojlantirish va qo‘llanilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etadi (Garbuk, Gershenzon, 1997, Hikmatov, 2002). Masofaviy tadqiqotlarning metodik darajasi – monitoring tizimida aerokosmik, masofaviy usullar va tasvirni o‘qish (interpreatatsiya), raqamli obrazlar tahlili ham mukammallashmoqda (Nigmatov, Reymov, Abdireymov, 2006).

Germaniya Federativ Respublikasida iqlim, qor qoplami, relyef, tuproq va biotani regional o‘rganish davomidagi aerokosmik tadqiqotlarning natijalari ilmiy to‘plamlarda tez-tez nashr qilinmoqda (Blaser et al, 2000; Dragicevic, Marceau, 2010). Tadqiqotlarning masofaviy metodlariga bag‘ishlangan maxsus jurnallar chop etilmoqda (Remote Sensing of Environment, International Journal of Remote Sensing).
Texnika yutuqlari va ekologik axborotga o‘sib borayotgan talab hajmi uni yig‘ish, qayta ishlash va yetkazish vositalaridagi inqilobiy o‘zgarishlarga sharoit yaratdi. Ekologiya ayrim tarmoqlarining oddiy ma’lumotlari bazasidan boshlab GATni yaratishgacha bo‘lgan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan geoinformatsion texnologiyalar tizimlari yaratilmoqda (ArcInfo, ENVI, Idrisi 32 dastur paketlari). Bular nafaqat amaliy (menejmentni ta’minlash), balki nazariy vazifalarni – retrospektiv modellashtirish, elektron kartalashtirish kabi o‘ta murakkab vazifalarning yechimini topishga imkon bermoqda. GAT nafaqat ha- yotning barcha jabhalariga kirib bormoqda, balki yangi axborot tovar xarakterini egallamoqda. Ishlab chiqaruvchilarning GAT xizmatlar professional birlashmalari va GATdan foydalanuvchilar konferensiyalarining yaratilishi shu bilan bog‘liqdir.
Zamonaviy usullardan biri ekologik modellashtirishdir. Model – organizmlar va atrof tabiiy muhit o‘zgarishlarini matematik tarzda ifoda etish (G‘ulomov, Barbakadze, 1994). Ushbu imitatsion usul juda katta jarayonlarni kichik muddatda kompyuter-informatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Ekotizimlar harakatini son jihatidan baholashda yaratilgan o‘nlab metodlar (neyron shoxobchalari yoki ko‘p omilli nazariy apparat dasturlari) ekologik monitoringni olib borish va istiqbolli ekologik dasturlarni yaratishga xizmat qilmoqda (GAMS49, OpenEV50 va h.k.).



Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə