Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə37/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144
Ekologiyanazariyasi

yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Yozish bilan cheklansa mayliku-ya, bizni, o‘sib kelayotgan avlodni, hatto olimlarimizni ham o‘z yo‘rig‘iga solishga harakat qiladi»41. Shundan kelib chiqqan holda tabiatshunoslik fanlarining, xususan ekologik fanlarning mavjud metodologik asoslariga munosabat bildirish zarurdir.
Falsafada tabiat deb obyektiv borliqni, ya’ni bizning ongimizga, hatti-harakatimizga bog‘liq bo‘lmagan moddiy dunyoning xilma-xil shakllari va turlariga aytiladi. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda unga kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan obyekt sifatida qaraladi. Tabiatga nisbatan falsafiy qarash to‘g‘riroqdir. Chunki, kosmik obyektlar – quyosh, yulduzlar, planetalar, osmon va uning cheksiz kengliklari inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Doimo ham inson ongi va tafakkuri unga ilmiy bilish obyekti sifatida yeta olmaydi. Lekin, insonlar o‘zlarining kundalik hayotiy faoliyatlarida tabiatdan bevosita yoki bilvosita tarzda foydalanadilar. Foydalanish ko‘paygan sari yangi-yangi fan qirralari yuzaga keladi.
Tabiatshunoslik – tabiatni ilmiy bilishga qaratilgan fanlar tizimi.42 Uning maqsadi tabiatda mavjud bo‘lgan, o‘zgarayotgan va inson hayotiga ta’sir etayotgan hodisa, voqea va jarayonlarni tadqiq qilish. O‘zbek faylasuf olimi O. Fayzullayevning «Tabiatshunoslik»ka bergan ta’rifiga, ya’ni
«Tabiatshunoslik, – asosan, fundamental fanlar bo‘lgan mexanika, fizika, kimyo va biologiyadan tashkil topgan. Astronomiya, geologiya, tibbiyot fanlari, qishloq xo‘jalik fanlari, texnika va texnologiya fanlari, ekologiya kabi ko‘plab bilim tarmoqlari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan»43 degan tushunchasiga aslo qo‘shila olmaymiz. Chunki birinchidan, fundamental fanlarga nimagadir «Biologiya» kirgan-u, «Geologiya» yoki
«Geografiya» kabi tabiiy fanlar kiritilmagan. Qaysi mezon bo‘yicha ushbu muallif tomonidan sanab o‘tilgan fanlar fundamental tabiatshunoslik fanlariga ajratilgan. Muallifning o‘zi «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ning 9-jild, 182–183-betlarida fanlarni tabiiy, gumanitar, texnika, ijtimoiy guruhlarga ajratib, tadqiqotlarni esa 2 ta – fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratganlar. Aynan fan emas, tadqiqotlarga
«fundamental» maqomni berish mumkinligini e’tirof etganlar-ku.
Ikkinchidan, «Ekologiya», «Mexanika», «Kimyo», «Fizika» fanlari nafaqat tabiatni, balki jamiyat, texnika va
texnologiyalarni (kishilar uchun xos bo‘lgan ijtimoiy jarayonlarni) ham tadqiq qilmoqda-ku.
Uchinchidan, nima uchun «Geologiya», «Biologiya» kabi fanlar bilan «Qishloq xo‘jalik fanlari» bir toifaga kiritilgan? Agarda muallif yer bilimlari bilan qishloq xo‘jalik fanlarini solishtirsalar maqsadga muvofiq emasmidi? Qishloq xo‘jalik fanlari tizimiga – agrobuxgalteriya, agroiqtisod, agrotexnika kabi sof ijtimoiy yoki texnologik fanlar ham kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan 3 ta asos bizni «Tabiatshunoslik»ka nisbatan falsafiy nuqtayi nazardan mustaqil fikrlashga olib keldi. Tabiatshunoslik tabiatda sodir bo‘lgan, kechayotgan va kechishi mumkin bo‘lgan holat, jarayon va hodisalarni mustaqil hamda ularni inson hayoti bilan bog‘liq ravishdagi qonunlari va qonuniyatlarini ilmiy bilishga qaratilgan fanlar majmuasi. Fanlar tizimi emas, chunki tabiatshunoslikka oid tizimlashgan fanlar ajratilmaydi. «Tabiatshunoslik» mustaqil fan emas, balki u o‘quv kursi sifatida ta’lim jarayonida ishtirok etadi. Tabiatni ilmiy bilishga taalluqli fanlar esa – tabiiy fanlar guruhiga ajratiladi.44
Avvalambor, fanlarni falsafiy jihatdan guruhlashtirishda «Ekologiya» (yana bir bor ta’kidlaymiz, ekologiya) tabiiy fanlar qatoriga kiritiladi. Savol tug‘iladi ijtimoiy yoki inson ekologiyasichi? Ular ham tabiiy fanlar tizimida turadi-mi? Ijtimoiy fanlardan farqli, ijtimoiy ekologik fanlar («Shahar ekologiyasi» «Amaliy ekologiya», «Inson ekologiyasi», «Demoekologiya», «Agroekologiya», «Sotsial ekologiya» va h.k.) – tabiat va kishilik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarni ijtimoiy hodisa va jarayonlar prizmasida (rakursida) talqin qiladi-ku. Agarda ijtimoiy ekologik fanlar atrof tabiiy muhitdagi holat, jarayon va hodisalarni o‘z tadqiqotlarida

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə