Book · January 013 citation reads 419 1


Ekologik muammolarning tasniflanishi



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə33/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekologik muammolarning tasniflanishi


Biz yuqorida tasniflash yoki klassifikatsiyalash tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tdik. Ekologik muammolarni tasniflashga ham aynan shunday yondashish kerakligini yana uqtirib o‘tmoqchimiz. Ekologiya sohasida chop etilayotgan minglab adabiyotlarda, internet saytlarida va axborot vositalarida antroekologik muammolarga juda ko‘p e’tibor qaratilayotganligi, ularga oid misollar keng yoritilayotganligi uchun ham biz ushbu qo‘llanmada uning nazariy jihatlariga o‘z e’tiborimizni qaratamiz.



36 Муаммо. ¤збекистон Миллий энциклопедияси. 6-жилд. – Т.: «¤зМЭДИН», 2003. 105-б


37 Проблема. Словарь русского языка. 3-том. – М.: Гос. Изд.иностранных и нац. словарей., 1959. С. 628.


38 Н.Ф. Реймерс. Природопользование. – М.: 1990. C.587–588.


39 Экологические проблемы. Н.Ф. Реймерс. Природопользование. – М.: 1990. C. 406.
Odatda, ommaviy axborot vositalarida ekologik muammolarni global (kurraviy), regional (mintaqaviy), milliy (davlat) va lokal (mahalliy) muammolarga ajratiladi. Mazkur amaliy yo‘naltirilgan tasniflash to‘g‘ri, lekin bu masalaning nazariy tomonini ochib bermaydi. Undan tashqari ekologik muammolarning hududiy tasniflanishi doimiy o‘zgaruvchandir (4.2.1-jadval). Nazariya esa nisbatan konstantalik ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Ekologik muammolarni tasniflashda nafaqat tabiatjamiyat o‘rtasidagi, balki tabiatdagi organizmlar
bilan organizmlar o‘rtasidagi muammolarni ham ko‘rib chiqish lozim ekan. Agarda biz ushbu masalaga ijtimoiy ekologik nuqtayi nazardan yondashadigan bo‘lsak, unda jamiyatning tabiatga munosabat shakllariga o‘z e’tiborimizni qaratishimizga to‘g‘ri keladi. 1 bobning 2-bo‘limida ushbu munosabatlarning 5 ta shaklini ko‘rib chiqdik va har bir shaklda o‘ziga xos ekologik tusdagi muammolarni aniqladik. Inson faoliyati bor ekan, muammolar to‘xtamaydi. Lekin, ekologik muammolarning eng ijobiy yechimi jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shaklida hal etilar ekan.
4.2.1-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə