Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə30/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ichki omillar ekotizimlar doirasida va o‘zaro ta’sir kuchiga ega bo‘lgan omillar. Ularga: organizmlarning son va sifat ko‘rsatkichlari, havo va suv tarkibi, mikroiqlim kabilar kiradi. Masalan, Angliya daryolarida uchraydigan yonga suzuvchi jonzotlarning uch turi (Gommarus = lacusta + zaddachi + pulex) dengizga quyilish joyidagi tuzning miqdorini o‘zgarishiga qarab tarqaladi. Gommarus lacusta suv tarkibidagi tuzlar 25% dan ko‘p bo‘lsa, Gommarus zaddachi 10–20 %, Gommarus pulex 10% dan kam bo‘lgan taqdirda ko‘payadi (3.1.1-rasm).



32 Umumiy ekoologiya // Elektron darslik. Sh.O. Muradov va boshq.– T.: TDYI, 2005. 30-b.


33 Н.И. Николайкин, Н.Е. Николаенко, О.П. Мелехова. Экология,. – М.: «Дрофа», 2004. С. 48.
3.1.1-rasm. Britaniya orollari daryo oqimlaridagi tuzning konsentratsiyasiga qarab yonga suzuvchi jonzotlarning tarqalishi.

XX asrning 60–70-yillarida Keniya va Tanzaniya mamlakatlarida milliy bog‘larning tashkil etilishi ulardagi fillarni alohida muhofaza etish chora-tadbirlar dasturining amalga tatbiq etilishi natijasida savanna ekotizimlari komponentlari o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. Chunki unda fillar soni me’yordagidan ko‘ra ikki barobarga oshib ketdi. Natijada savannaga xos bo‘lgan baland o‘tlar populatsiyasi –


«tuproq qalqoni» kamayib, yerlar suv va shamol eroziyasiga uchradi. Ekotizimlardagi ikkilamchi suksessiya jarayoni tezlashdi. Bu esa ekotizimlar ichki omilining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ldi. Komponentlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan ekologik choralarni bog‘ ma’muriyati hal qilishga majbur bo‘ldi. Umuman olganda, organizmlarning o‘zaro ta’siri aksariyat hollarda ichki omillarga kiradi. A. To‘xtayev va
A. Hamidovlar34 ichki biotik omillarni 6 guruhga ajratib ta’riflaydilar: o‘simlik  o‘simlik, o‘simlik  hayvon, hayvon  o‘simlik, mikroorganizm  hayvon  o‘simlik, hayvon  hayvon, o‘simlik  hayvon  mikroorganizm. Bulardagi ichki ta’sir kuchi ekotizimlarning qay darajada tasniflanishiga bog‘liq. Chunki kichik botqoqdagi ekotizimga yirik hayvon – filning kirib kelishi va undagi komponentlar o‘rtasidagi muvozanatni buzib yuborishi tashqi omil sifatida ko‘rib chiqilsa, botqoq ekotizimidagi suv o‘tlarining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladigan jarayonlar ichki omil ta’siridir. Ichki omil ta’sirida organizmlar o‘rtasidagi aloqalar parazitlik, simbiozlik (hamkorlik) yoki neytrallik ko‘rinishida kechadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə