Book · January 013 citation reads 419 1


Ekosfera tushunchasi, tuzilishi va chegaralari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə26/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekosfera tushunchasi, tuzilishi va chegaralari


Organizmlar tarqalgan qatlamni odatda «Biosfera» deb ataladi. U grekcha «bios hayot, sphaira shar»
so‘zlari yig‘indisidan olingan. Organizmlar yashash muhiti nuqtayi nazaridan ayrim yirik ekolog olimlar uni
«Ekosfera» deb ham atashadi. Zero, Yer planetasi, uni o‘rab turuvchi sferalarda organizmlar «uyi», «yashash

joyi», «makoni» biosferadan ham kengroq bo‘lishi tabiiy holdir. Ekosfera ekologiyaning eng yirik tadqiqot


obyektidir. Chunki, ekosfera Yer planetasi organizmlarining umumiy yashash makonidir.
Agarda ilk bor biosfera atamasini fanga avstriyalik olim E. Zyuss 1875-yili olib kirgan bo‘lsa, u haqidagi batafsil ta’limot rus biolog olimi V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Ekosfera atamasini AQSH Jorjiya universiteti «Ekologiya» instituti direktori va «Ekologiya» kafedrasining professori Yugen Odum o‘zining 1983-yilda chop etilgan «Basic ecology» va 1986-yili rus tiliga «Ekologiya» nomi bilan Y.M. Frolova tomonidan tarjima qilingan kitobida ko‘rib chiqqan.
Ekosfera juda murakkab tabiiy tizim. Murakkab tizimlarni tahlil qilishda masalaga oydinlik kiritish uchun va o‘ziga xos tomonlarini aniqlash maqsadida turli jihatlarini inobatga olgan holda konseptual modellar qabul qilinadi. Masalan, ekosferaning fizik va kimyoviy xususiyatlariga qarab turib o‘zaro ta’sirini tasavvur qilish mumkin. Yerni bir butun, ya’ni planeta sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ekosfera ekologik tizim modeli, bir qator elementlar yig‘indisi, elementlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘ziga xos energetik rejim va modda almashishni xarakterlovchi sferadir. Ekosfera tabiiy-hududiy kompleks yig‘indisidir. Har bir model ekosferaga turlicha yondashuvga, o‘ziga xos kamchilik va ustuvorlik xususiyatlariga ega.
Yer planetasi sferalar ko‘rinishiga ega bo‘lgani uchun ham moddalarning zichlik bo‘yicha tarqalishi o‘zgarib boradi. Yer planetasining markaziga borgan sari ekosferalarning o‘rtacha zichligi oshib boradi. Ekosferaning yuqori va quyi chegaralarini yuqori aniqlikda o‘tkazish juda murakkabdir. Rus olimi G.N. Golubev (1999) aytganidek ekosfera «Geoekologiya»ning («Geografik ekologiya») obyekti emas, balki
«Umumiy ekologiya» yoki «Global ekologiya»ning obyekti, deb to‘g‘ri ta’kidlagan. Geoekologiyaning obyekti
esa ekosferaning organik faol qatlami yerning geografik qobig‘idir.
Umuman olganda, ekologik nuqtayi nazardan organizmlarning yer sferalarida tarqalishi va yashash makonini inobatga olgan holda ekosferani 4 ta qismga ajratish maqsadga muvofiqdir (2.3.1-rasm): ekoatmosfera, ekolitosfera, gidrosfera, pedosfera.
Odatda, jumladan ekologiya fanida ham atmosferani – troposfera (8–17 km gacha), stratosfera (50 km gacha), mezosfera (85 km gacha), ionosfera (400 km gacha), ekzosfera (2000 km gacha) qatlamlarga ajra- tadilar. Biosfera atmosferaning troposfera va quyi stratosfera qatlamini o‘z ichiga oladi. Ekoastmosfera esa biosferadan ham yuqori qatlamlariga ko‘tarila boradi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə