Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə25/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Makroekotizimlar ekosfera, ekoatmosfera, ekolitosfera, pedosfera, gidrosfera.

  • Mezoekotizimlar ekoatmosfera, ekolitosfera, gidrosfera, pedosfera qatlamlari.

  • Miniekotizimlar ekoatmosfera, ekolitosfera, gidrosfera, pedosfera qatlamlaridagi o‘ziga xos

    ekotizimlar.

    • Mikroekotizimlar mikroorganizmlarning yashash muhiti darajasidagi ekotizimlar.

    • Nanoekotizimlar nanoorganizmlar yashash muhiti darajasidagi ekotizimlar.

    Ko‘pgina ekologiyaga oid nufuzli adabiyotlarda – D.V. Valovaning «Основы экологии», (2001); M.I. Budikoning «Глобальная экология», (1977); A. To‘xtayev va A. Hamidovlarning «Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish», (1994); R.U. Beknazov va Y.V. Novikovlarning «Охрана природы», (1995); X.T. Tursunovning «Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish», (1997); A. Ergashevning «Umumiy ekologiya», (2003); A.N. Nigmatovning «Ekologiya nima?», (2005); X.T. Tursunov va T.U. Rahimovalarning
    «Ekologiya», (2006); A.N. Nigmatovning «Ekologiya», (2008); A.E. Ergashev va boshqalarning «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish», (2009) ham ekotizimlarga tasnif deyarli berilmagan. Vaholanki, ekotizimlar tasnifi ekologiyaning bosh ilmiy-nazariy masalasi bo‘lib hisoblanadi.
    2.2.1-rasm. Ekotizimlarni maydon va makonga qarab tasniflanishi.

    Ekotizimlar tasnifiga oid yuqoridagi tahlildan kelib chiqqan holda biz quyidagi xulosalarga keldik:



    • aksariyat hollarda organizmlarning yashash makoni bo‘lgan ekotizimlar ekologiya fanining obyekti sifatida ko‘rib chiqilmayapti;

    • ekotizimlarning yagona umume’tirof etilgan tushunchasi yo‘q;

    • ekotizimlar aosan quruqlik yuzasi va suv havzalari nuqtayi nazaridan tasniflangan xolos;

    • tadqiqotchilarning e’tibori organizmlarning yashash makoni – litosfera va atmosfera muhiti ekotizimlariga yetarli darajada qaratilmagan;

    • gidro-, pedo-, atmo-, litosferalar yagona ekosfera doirasida tasniflanmagan;

    • hozirgi kunda ekotizimlarning ekosfera darajasida tasniflashda umumiy gidrologik (jumladan,

    «Okeanologiya» fanining yutuqlaridan foydalangan tarzda), tuproqshunoslik (jumladan, «Tuproqlar geografiyasi»), geografik (jumladan, «Tabiiy geografiya»), fizik (jumladan, «Atmosfera fizikasi»), geologik (jumladan, «Litologiya») tasniflanishidan foydalanish mumkin;

    umume’tirof etiladigan darajada tasdiqlash lozim.
    Umuman olganda, ekotizimlarni ekosfera darajasida tasniflash va ularni ierarxik pog‘onada tizimlashtirish, tasniflangan har bir ekotizim darajasida tirik va notirik tabiat o‘rtasida yuz berayotgan modda va energiya almashinuvining o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish ekologik fan, ta’lim va amaliyotining kelajak istiqbollari uchun ham dolzarbdir.

        1. Yüklə 4,14 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   144




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə