Book · January 013 citation reads 419 1


Quyosh tizimidagi ayrim sayyoralarning kimyoviy va fizik ko‘rsatkichlari (Lovelock, 1979)



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə21/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Quyosh tizimidagi ayrim sayyoralarning kimyoviy va fizik ko‘rsatkichlari (Lovelock, 1979)


Ko‘rsatkichlar



Mars


Venera


Hayotsiz yer

Yer


Atmosferadagi gazlar miqdori, % uglerod ikki oksidi


azot kislorod
Yuza harorati, °C

95
2,7
0,13
-53

98
1,9
Izlar 477

98
1,9
Izlar 29050

0,03
79


21
13

Har yili Yer planetasida 100–120 mlrd tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Taxminan shuncha organik modda parchalanib CO2 va H2O ga aylanadi. Ushbu muvozanat doimiy konstantaga ega emas. Masalan, uzoq o‘tmishdagi geologik bosqichlarda ushbu muvozanatning buzilishi yerda organik dunyoning son va sifat jihatidan keskin o‘zgarishiga olib kelgan28.
Ekotizimlar barqarorligi – ekotizimlarning ichki komponentlari o‘rtasidagi muvozanat doimiyligi va uning tashqi omillarga qarshi turish qobiliyati. Ammo ekotizimlar barqarorligi doimiy emas. Ular o‘zgaruvchan va doimiy harakatdadir. Ekotizimlar maydon va makonda turli tezlikda o‘zgarib turadi. Bu yerda uning hajmi va kattaligi juda katta rol o‘ynaydi. Ekotizim qanchalik katta maydon yoki makonni egallasa unda dinamik holat shuncha sekinlik bilan kechadi. Masalan, bir tomchi suv ham millionlab mikro- va nanoorganizmlar uchun makon hisoblanadi. Tomchi suvning qurishi esa bir soniyada ham sodir etilishi mumkin. Lekin okean, dengiz, daryo va ko‘llarning qurishi mavsumiy, davriy yoki geologik bosqichlar davomida sodir etiladi. Bunga moslashgan organizmlar suksessiya hodisalarining sekunlashuv qonuniga bo‘ysingan tarzda hayot kechiradilar. Agarda bu jarayon davriy bo‘lmasdan doimiy ko‘rinish tusini olsa unda yangi ekotizimlar paydo bo‘ladi.
Ekotizimlarning doimiy ravishda o‘zgarishini fanda suksessiya hodisasi yoki jarayoni deb ataladi. Biologiyada ushbu hodisani bir turni ikkinchi bir tur bilan almashinuvi deb tushuntiriladi. Vaholanki bu yerda o‘simliklar emas, balki ularning yashash makoni o‘zgargani uchun ham suksessiya hodisasi ro‘y beradi.
Suksessiya ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi – birlamchi va ikkilamchi. Birlamchi suksessiyada organizmlar avvalgi holatini qaytarmagan tarzda sodir etiladi. Yer planetasida turli ekotizimlarning ilk paydo bo‘lishi, ularning rivojlanib hozirgi holatda namoyon bo‘lishini olish mumkin.
Ikkilamchi suksessiya jarayoni ekotizimlarning tiklanishi yoki birining o‘rniga ikkinchi bir ekotizimlarning yuzaga kelishi bilan ifodalanadi (2.1.4-rasmda quruqlikda dinamik ravishda turli ekotizimlarning yuzaga kelishi ko‘rsatilgan). Atrof-muhitning doimiy ravishda o‘zgarib borishi bir ekotizim o‘rnini ikkinchisi bilan almashinuvi natijasidir. Ikkilamchi suksessiyaga o‘rmonlarni yong‘in natijasida yonib ketishi va uni yana qayta tabiiy yoki sun’iy ravishda tiklanishi, tuproqlarni suv yoki shamol eroziyasi natijasida yuvilib ketishi va qayta tiklanish jarayoni ham kiradi. Albatta, ikkilamchi suksessiya tabiiy yoki sun’iy ravishda kechishi ham mumkin. Sun’iy tiklanish kishilik faoliyatining ijobiy antropogen jarayonlariga kiritiladi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə