Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə20/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekotizimlarni tadqiq qilishda asosan ikki xil yondashuv qo‘llaniladi: xolistik, ya’ni bir butunlik va
merologik, ya’ni qismlarga ajratish.
Xolistik yondashuv – ekotizimlarda modda va energiya oqimining barcha komponentlarini son va sifat jihatidan majmuali tadqiq qilish. Masalan, amerikalik ekolog J. Xatchinson (1964) o‘zining «Ko‘l mikrokosmoslarini ko‘rib chiqishning yangi tajribasi» nomli kitobida E. Birgening tadqiqotlarida asosiy e’tibor ko‘l ekotizimining tarkibini o‘rganishga emas, balki unga kelib tushadigan energiya oqimining miqdorini o‘lchashga bag‘ishlagan.
2.1.3-rasm. Quruqlik (yaylov) va suv (ko‘l yoki dengiz) ekotizimlarining taqqoslanishi (Y. Odum, 1986).


Merologik yondashuv – ekotizimlarni birlamchi va ikkilamchi qismlarga ajratish va uning asosiy komponentlariga ta’sir etuvchi omillar, hodisa va jarayonlarni o‘rganishdan iborat. So‘ngra, olingan natijalar asosida butun bir ekotizimlar haqidagi tasavvurlar tahlil etiladi va umumlashtiriladi.
Ekotizimlarda jonli va jonsiz tabiat o‘zaro uzviy bog‘liqlikda turadi. Bu degan so‘z, jonsiz tabiiy omillar – temperatura, namlik, yorug‘lik kabi omillar organizmlarning tuzilishi, tarkibi, harakati va bosh morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlariga bir tomonlama ta’sir etmasdan, balki organizmlar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, o‘rmonda daraxtlarning morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari o‘rmon ekotizimlari o‘z tuprog‘i, iqlimi, suvi va unda tarqalgan hayvonot olami, ya’ni asosiy komponentlari bilan uning yonida turgan dasht ekotizimlaridan keskin farq qiladi. O‘rmonlarning kesilishi dasht ekotizimlariga xos iqlim, tuproq, suv va organizmlarning shakllanishiga olib keladi. Ekotizimlarda organizmlarning rang-barangligi, soni va tarkibi notirik tabiatning tarkibiga to‘g‘ri proporsionaldir (2.1.1-jadval). Shuning uchun ham tabiiy ekotizimlarning organik dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va biologik xilma-xillikni saqlash hamda qayta tiklash amaliy ekologiyaning eng dolzarb mummolaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
2.1.1-jadval

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə