Book · January 013 citation reads 419 1


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə19/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyatga izoh bering.

  2. Kishilik jamiyati tarixida qanday munosabat shakllari ajratiladi?

  3. O‘zbekiston Respublikasi qanday munosabat shaklida turadi va nima uchun?

  4. Nima uchun biz jamiyatning tabiatga nisbatan 3 ta munosabat shakli o‘rniga 5 ta shaklini ajratamiz?

  5. Ekologik munosabat shaklini yoritib bering.

  6. Nima uchun aynan Markaziy Yevropada XIX asrning ikkinchi yarmida biologlar tomonidan «Ekologiya» faniga asos solindi?

  7. Ernest Gekkel «Ekologiya» atamasiga qanday izoh bergan?

  8. Hozirgi zamonda organizmlar necha qismga ajratiladi?

  9. Ekologiya fanini biz nima uchun mustaqil amaliyot sohasi sifatida ko‘rib chiqamiz?

  10. Ekologiyani tabiiy fanlardan farqini ajratib bering.

  11. Ekologik xavfsizlik tushunchasiga izoh bering.

  12. Tabiat va kishilik jamiyati qonunlarini uyg‘unlashtirib ko‘ring.




  1. Tabiat va jamiyat qonuni bilan qonuniyatlarining farqi nimada?

  2. O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati qanday milliy qonunchilik manbalarida aks ettirilgan?



Fanda ajratilgan tasnifiy guruh qaytarilmasligi, oddiy nomlanishi va amaliyotga yaqin bo‘lishi lozim.
prof. D.L. Armand


    1. bob. EKOTIZIM TUSHUNCHASI, TASNIFLANISHI VA BARQARORLIGI




      1. Ekotizim – ekologiya fanining obyekti


Biz yuqorida ekologiya – organizmlarning uyi, yashash joyi, makoni haqidagi ta’limot ekanligini aytib o‘tdik. Shunday ekan ularning yashash joyi, makoni qayerda? Ushbu makonni qanday guruhlarga ajratish mumkin? Guruhlar o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday? Ular qanday mazmun va mohiyat kasb etadi, degan savollar o‘z-o‘zidan yuzaga keladi.
Taniqli geoekolog olim, professor Asom Rafikov22 ekotizim bilan geotizim o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni ochib berar ekan, u ekotizim monotsentrik, geotizim esa politsentrik kompleks deb ataydi. Ekotizimlarni tasniflashda trofik zanjir (oziq-ovqat) va adaptatsiya hodisasi birlamchi ahamiyat kasb etsa, geotizimlarda – muhit ustuvorligi, deydi. Geotizimlar ekotizimlarga nisbatan murakkab tuzilgan yuqori vertikal tuzilishga ega. Olimning ayrim hududiylik va kenglik doirasidagi fikrlariga qo‘shilish bilan bir qatorda, uning ayrim dunyoqarashlariga qo‘shilish qiyin. Chunki, birinchidan, ekotizim va geotizim ham ierarxik pog‘onada turuvchi majmualardir. Zero ular qismlarga ajratiladi va ierarxik pog‘onaga joylashtiriladi. Geotizimlar nafaqat quruqlik geotizimlaridan, balki havo va litolik kengliklar, suv akvatoriyalari, tuproq qatlamlaridagi tizimlardan ham iboratdir. Geotizimlar geografik qobiqdan pastga tomon tasniflansa, ekotizimlar ekosferadan pastga tomon qismlarga ajratiladi. Geotizimlarning eng kichik taksonomik birligi
«fatsiya» darajasigacha tushsa, ekotizimlar – bir tomchi suvgacha bo‘lgan kichik taksonomik birlikni ham qamrab olishi mumkin. Ekotizimlarga ozuqa zanjiri emas, balki ularning yashash muhiti, makoni nuqtayi nazaridan qarash mantiqan to‘g‘ridir.
Shunday ekan, ekotizimlar o‘z tasniflash birliklarida muayyan geotizimlarni ham qamrab olishi mumkin, zero geoekologiya ekologiyaning bir tarmog‘idir. Geoekologiya asosan quruqlik geotizimlarini o‘rgansa, ekologiyaning yana bir tarmog‘i «Gidroekologiya» – suv ekotizimlarini, «Atmosfera ekologiyasi» – havo kengligidagi ekotizimlarni, «Tuproq ekologiyasi» uning qatlamlaridagi ekotizimlarni, «Geologik ekologiya» esa ekopedosferadagi ekotizimlarni tadqiq qiladi.
Bizningcha, ekologik tadqiqotlarning debochasi – ekotizimlarni aniqlashtirib olish, ya’ni uning tadqiqot obyektiga oid izlanishlarni olib borishdir. Chunki falsafaning mustaqil fan va fanlar tizimiga qo‘yadigan talablaridan birlamchisi aynan uning tadqiqot obyekti hisoblanadi23. Ushbu masala yangi fanlarning nazariy asoslari orqali aniqlanadi.
Avvalambor, har bir fan sohasi yoki fanlar tizimi mustaqil ravishda e’tirof etilishi yoki amalda saqlanib qolinishi uchun uning o‘ziga xos izlanish yoki tadqiqot obyekti, predmeti, metodologik va metodik asoslari, prinsiplari, olingan natijalarni tatbiq etish joylari, ta’lim berish va tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarining bo‘lishi talab etiladi. Aks holda ushbu yangi fan sohasi yoki fanlar tizimi hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi, eskilari esa asta-sekin «e’tibordan chetda» qolib yoki «omixtalashib» ketadi.
Ekologiyaning, to‘g‘rirog‘i ekologik fanlarning yagona obyekti bormi? Ha bor! U ham bo‘lsa ekotizimlar. Ekotizimlar doirasida barcha ekologik fanlar o‘z tadqiqotlarini olib boradi. Unda kechayotgan hodisa va jarayonlarga oid fikr va mulohazalarni yuritadi hamda o‘z nazariy va amaliy xulosalarini bildiradi. Obyekt so‘zining o‘zi lotinchadagi «objektum» «narsa» so‘zidan olingan bo‘lib, u subyektga (tadqiqotchiga,





22 A.A. Rafikov. Geoekologiya asoslari // Ma’ruzalar matni. – T.: O’zMU nashriyoti, 2000. 10–11-b.


23 O. Fayzullayev. Falsafa va fanlar metodologiyasi. – T.: Falsafa va huquq nazariyasi nashriyoti, 2006. 16-b.; N. Shermuhamedova. Falsafa va fan metodologisi. – T.: O‘zMU nashriyoti, 2005. 21–27-b.; Fanlar. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 9-jild. 182-b.
izlanuvchiga, o‘rganuvchiga) qarama-qarshi bo‘lgan hamda insonlarning bilish faoliyatiga qaratilgan obyektiv borliq24.
Shunday qilib obyekt kishilarning ongidan mustaqil hosil bo‘lgan obyektiv reallik. Ekotizimlar, u qanday ko‘rinishda va chegarada ifodalanmasin, baribir, kishilar ongining mahsuli emas. Shuning uchun ham ekologiya obyektini uning predmeti bilan almashtirish, yoki ularni bir ma’noda talqin qilish, yoki unga boshqacha ma’no berish falsafiy asosga mos kelmaydi.
Ekologiyada ekotizim – muayyan tabiiy muhitda energiya oqimi orqali aniq bir biotik tuzilish, organik va noorganik dunyo orasida moddalarning aylanishi25. Yudjen Odum (1977) ekologiya organizmlar darajasidan yuqori pog‘onalarda turuvchi tizimlarni tadqiq qiladi, deb ta’kidlaydi. Organizmlar populatsiyasi jonsiz muhit bilan birgalikda tadqiq qilinadi va yagona ekotizimlarni hosil qiladi, deya o‘z fikrini davom ettiradi26.
Buyuk rus ekologi N.F. Reymers27 «alohida bir ekologik komponentlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar va undagi oqibatlar natijasida kelib chiqadigan funksional bir butunlikni hosil qiluvchi har qanday organizmlar jamoasi va ularning muhiti», deydi.
Ekotizim so‘zini ilk bor fanga angliyalik ekolog olim A. Tensli 1935-yili olib kirgan. Bunga qadar organizmlar va muhit o‘rtasidagi hududiy bog‘liqlikni Karl Myobius (1877) va V.V. Dokuchayev (1993) kabi tadqiqotchilar ham aytib o‘tishgan, lekin aniq bir atama bilan ular ekotizimlarni nomlashmagan va uni aynan ekologik fanlarga tegishli qilib ko‘rsatishmagan.
XX asrning 50–70-yillari K. Bertenfali (1950, 1960) tizimlar nazariyasini ishlab chiqqandan so‘ng ekologlar (Margalef, 1968; Uatt, 1968; Petten, 1966, 1971; Van Dayn, 1966; Odum, 1971) ekotizimlarni son jihatdan baholash ko‘rsatkichlariga o‘z e’tiborlarini qarata boshladilar. Ular bir ekotizim qay darajada katta ekotizimlar funksiyasi qonunlariga to‘g‘ri kelishi, ularni boshqarish va undagi organizmlarni saqlay yoki tanlay olishi haqida mulohaza yurita boshladilar. Ushbu yirik ekologiya fani namoyandalari ekologik tadqiqotlarga tizimli yondashuv zarurligi va u ekologiyaning asosiy tadqiqot obyekti ekanligini yoqlab chiqdilar. Ekotizimlardagi har bir komponent va undagi ichki va tashqi jarayonlar tizimli yondashuvga bo‘ysunishi 2.1.1-rasmda ifoda etilgan.
Y. Odumning ukasi G. Odum (1967, 1971) ekotizimlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi aloqalar ham aynan tizimli yondashuvga mos kelishi kerakligini ochib berdi. G‘arb tadqiqotchilari ekotizimlarni tizimli o‘rganishda ko‘proq holat va jarayonlarni matematik modellashtirishga harakat qildilar (2.1.2-rasm). Hammamizga ma’lumki matematik model aynan sxema va grafik ko‘rinishdagi blok-sxemalar orqali namoyon etiladi. Lekin ularni olib borish uchun ko‘p yillik va qaytarilishlarga ega bo‘lgan dala, kamera va laboratoriya tadqiqotlarini olib borish talab etiladi.
2.1.1-rasm. Ekotizimlarning ichki (A) va tashqi (B) funksional tizimlashuvi (Y. Odum, 1986).

Aks holda ekologik jarayonlarni modellashtirish natijasi kutilgan natijani bermasligi va haqqoniylik darajasi (R – o‘rtacha ruxsat etiladigan xatolik ko‘rsatkichi) past bo‘lishi mumkin.


2.1.2-rasm. Ekologik tizimlarni modellashtirishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan komponentlar (Y. Odum, 1986): E –


harakatlanuvchi kuch; P – xususiyat; F – oqimlar; I – o‘zaro ta’sir.





24 Obyekt. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 6-jild. – T.: «O‘zME davlat ilmiy nashriyoti», 2003. 441-b.


25 Ю.Одум. Экология. Tом 1. – М.: «Мир», 1986. 24-б.


26 Shu yerda. 44-b.


27 Н.Ф. Реймерс. Природопoльзование. Словарь-справочник – М.: «Мысль», 1990. C. 599.
Keltirilgan sxemalardan ko‘rinib turibdiki, ekotizimlarda barcha komponentlar ierarxik pog‘onada tizimlashgan tarzda turadi. Eng pastki pog‘onani egallagan ekotizim komponentida yuqoridagi komponentlarga nisbatan ushbu «yashash makonini», ya’ni ekotizimni tark etish imkoniyati doimo yuqori bo‘ladi. Lekin quyi pog‘onadagi komponentlarning ekotizimlarni tark etishi, albatta, yuqori pog‘onadagi komponentlarga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Shu tariqa ekotizimlarda salbiy, talafotli va inqirozli holatlar yuzaga keladi. Misol tariqasida «ozuqa zanjirini» olaylik. Ozuqa piramidasining quyi pog‘onasidagi o‘simliklar dunyosining kamayishi, o‘z navbatida o‘txo‘r hayvonlarning kamayishiga, o‘txo‘rlarning yo‘qola borishi esa yirtqich hayvonlarning hayotiy faoliyatiga ta’sir etmay qolmaydi va aksincha.
Ekotizimlarni trofik tuzilishi (oziqlanishi) nuqtayi nazaridan ikki yarusga ajratish mumkin. Yuqori – avtotrof yoki «yashil kamar», quyi geterotrof «jigarrang kamar». Biologik nuqtayi nazardan ekotizimlarni – noorganik moddalar (C, N, CO2, H2O va h.k.), organik birikmalar (oqsil, uglevodlar, lipidlar, gumus va h.k.), havo, suv va substratlar, jumladan iqlim rejimi; produtsentlar (noorganik moddalardan oziqlanuvchilar) va h.k.
Ekotizimlarning tuzilishida qaysi yarus qay darajada faoliyat yuritishi 2.1.3-rasmda yaqqol ko‘rinib turibdi. Lekin unda litosfera va atmosferadagi organizmlar chetda qolib ketgandek tuyiladi. Shuning uchun ham ekotizimlarni tadqiq qilish doimo dolzarb masala hisoblanadi.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə