Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə27/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
Ekologiyanazariyasi

Ekoatmosfera – atmosferaning eng quyi organizmlar yashaydigan havo qobig‘i. Uning turli havo qobiqlarida, kengliklarida mikro-, nanoorganizmlar yashaydi. Nazariy nuqtayi nazardan stratosferadagi ozon qatlami ekoatmosferani yuqori chegarasidir. Uning qalinligi 15–20 km dan iborat bo‘lib, Quyoshning ultrabinafsha nurlanishining organizmlarga salbiy ta’sir etish qatlamigacha boradi. Biosferaning chegarasidan farqli ravishda ekoatmosferaning yuqori chegarasi balandroqqa ko‘tariladi. Zero, stratosferadagi havo oqimining doimiy ravishdagi gorizontal, vertikal va turbulent harakati organizmlarning ozon qatlamining yuqori chegarasigacha ko‘tarilishiga imkon beradi. Shuning uchun ham ekosferaning ozon qatlamini to‘lig‘icha organizmlarning yashash makoni sifatida olish mumkin. Ushbu makon ular uchun xavfli yoki xavfsiz ekanligi alohida masala bo‘lib, u doimiy o‘zgaruvchan ko‘rsatkichga ega.
Ekolitosfera bu litosferaning yuqori organizmlar yashaydigan qobig‘i. Mikro-, nanoorganizmlar yashash muhiti va ekotizimlarni ajratish kengligidir. Geologik tadqiqotlarga ko‘ra litosferaning quyi chegarasi Yer qa’rining 30 MPa (300 atmosfera bosimi) va 100°C harorat bilan xarakterlanadi. Mazkur chuqurlik Kola yarimorolida olib borilgan burmalanish natijasiga ko‘ra 6 km va yer yoriqlari va g‘orlarida 3–4 km ga tushadi. Nazariy nuqtayi nazardan yer qa’rining harorati 25000 m chuqurlikda 460°C ga ko‘tariladi, qaysiki unda suv faqat par holatda bo‘lgani uchun ham unda, odatda, hayot shakllari uchramaydi. Organizmlarning yashashi uchun sharoit yer osti suvlari suyuq holatda uchragungacha yetib borishi taxmin qilinmoqda.
2.3.1-rasm. Ekosfera va uning qatlamlari.


      1. Ekosferaning ekologik funksiyalari


Ekosferaning ekologik funksiyalari – yer doirasida organizmlarning yashashi uchun muhit yaratuvchi qobiliyati. Unda har bir makrotizimlar o‘ziga xos ekologik funksiyalarni bajaradi. Masalan, pedosfera yer
qatlamining yagona hosildor qattiq qatlami bo‘lib, u organizmlarning hayot kechirishi uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Tuproq – tabiiy-tarixiy organo-mineral jins sifatida uzoq davrlarda, yerning gra- vitatsion maydonida turli ekotizimlarda litosferaning ustki qatlamining hamda tirik va o‘lik organizmlar aralashmasidan paydo bo‘lgan. Tuproqning ekologik funksiyasi – tuproqning ekotizimlar barqarorligini saqlash qobiliyati bo‘lib, u o‘zida yashovchi organizmlar va tuproq muhiti o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi. Ular quyidagilardan iborat:

  • organik qoldiqlarni mineral moddalarga aylantiradi;

  • o‘simliklarni mineral oziqlantiradi;

  • o‘simliklarni suv bilan ta’minlashda ishtirok etadi;

  • o‘simliklarga havoni yetkazib beradi;

  • organizmlarni o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay organo-mineral materiallarni yaratadi;

  • tuproq ekotizimlarida optimal issiqlik rejimini ushlab turadi va h.k.

Uzoq muddatli geologik davrlarda tuproq qoplami tabiatni o‘zgaruvchan nurash, eroziya, deflatsiya kabi tabiat kuchlari hamda insonlarning xo‘jalik faoliyati ta’sirida yerning tuproq qatlamini saqlash – ekosferada ekologik muvozanatni ta’minlash va ushlab turishning zarur shartlaridan biridir.
Pedosferada ekosferaning boshqa qatlamlariga nisbatan ko‘proq organizmlar yashaydi. Masalan, 1 m2 tuproqda 100 mlrd dan ko‘p mezo-, mikro- va nanoorganizmlarning turlari va ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Chunki tuproq qatlami Mendeleyev davriy sistemasidagi minerallar, suyuq va gaz holatidagi barcha elementlarga boydir.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə