Book · January 013 citation reads 419 1



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə38/144
tarix29.11.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#139862
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144
Ekologiyanazariyasi

«asosiy mezon» tariqasida inobatga olmas ekanlar, ular «sof ijtimoiy fanlar» guruhiga qo‘shilib ketadilar, ya’ni



41 I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q / Tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan suhbat, «Muloqot» jurnalining 1998-yil 5-soni.


42 A. Nigmatov. Ekologiya nima. – T.: TDYI nashriyoti, 2002. 4-b.


43 O. Fayzullayev. Falsafa va fanlar metodologiyasi. – T.: «Falsafa va huquq nazariyasi» nashriyoti, 2006. 15-b.


44 Fanlar. O. Fayzullayev. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 9-jild. 182-b.
ekologik fanlar tizimini «tark etadilar». Ushbu masalani nazariy jihatdan chuqur tahlil qilish zamonaviy ijtimoiy ekologik fanlarning dolzarb muammolaridan biridir.
Shu o‘rinda zamonamiz yana bir karra »Ekologiya nazariyasi» o‘quv kursini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bor o‘quv yurtlariga mustaqil fan va o‘quv kursi sifatida kiritish zarurligini isbot qilmoqda.
Ekologik fanlarning obyekti – tabiiy yoki antropogen o‘zgargan ekotizimlar, predmeti esa ularni muhofaza qilish, ularning komponentlaridan oqilona foydalanish va buzilganlarini qayta tiklashdir. Ekologik tizimdagi fanlar (1.3.1-rasmga qarang) o‘rtasidagi farq yo obyekti, yo predmeti yoki ikkalasida ham bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, ekologik fanlar uning uch asosiy tadqiqot predmetida – ekotizimlar doirasida kechgan, kechayotgan va kechishi mumkin bo‘lgan tabiiy, ijtimoiy va tabiiy-ijtimoiy hodisa, jarayon va holatlarning turli jihatlarini (tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy) aks ettirmog‘i lozim. Ana shundagina tadqiqotlar ekologik xarakterga ega bo‘ladi.
Falsafiy ta’limot nuqtayi nazaridan olganda ekologik fanlar metodologiyasi real ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, ekologik vaziyatda ekotizimlarda kechayotgan tabiiy, ijtimoiy-tabiiy va tabiiy- ijtimoiy reallik, jarayon va hodisalarni ilmiy bilishga qaratilgan metodlarni tanlash va tizimlashtirish. Biz metodologiyaning kengroq falsafiy ma’nosiga ko‘proq yondashamiz va ekologiya metodologiyasida, ya’ni ilmiy bilishda quyidagi talablarni ajratib ko‘rsatamiz (5.1.1-rasm.).
Ekologik fanlar metodologiyasida ijtimoiy sharoitni inobatga olishda tadqiqotlarni ijtimoiylashuviga, ya’ni inson tomonidan jamiyatda yashash imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o‘zlashtirilishini inobatga olish kerak.45 Bu degan so‘z «Falsafa»ning ilmiy bilishdagi, «Sotsiologiya»ning ijtimoiy uyushmalarning rivojlanishidagi (masalan, xalqlar va mamlakatlar taraqqiyoti ularning ekologik vaziyatga qarab joylashuviga bevosita bog‘liqligi46), «Psixologiya»ning insonlarning ruhiy holatidagi,
«Tarix»ning davriy o‘zgarishlaridagi, «Etnografiya»ning mahalliy xalqning turmushidagi qonun va qonuni- yatlarni inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, Quyi Zarafshon agroekotizimlarini ekologik jihatdan optimallashtirish yo‘llarini ilmiy bilishda tadqiqot metodologiyasi:

  • voha ekotizimlarining real ekologik, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatidan kelib

chiqqan tarzda metodlarni tanlash;

  • tanlangan metodlarni amaliy nuqtayi nazardan ierarxik pog‘onalash;

  • tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan aniqlashtirish;

  • ekologik choralarni tavsiya etayotganda voha aholisining ekologik ongi va madaniyatini inobatga olish;

  • hududning tarixiy-ekologik an‘anaviy usullariga e’tiborni qaratish;

  • aholining ekologik ruhiy holatini tadqiq qilishga to‘g‘ri keladi.

5.1.1-rasm. Ekologik tadqiqot metodologiyasining talablari.


Aks holda, ekologik tadqiqotlar o‘z ijobiy natijalarini va, ayniqsa, amaliy samarasini bermasligi mumkin. Masalan: amaldagi huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, ma’naviy-ma’rifiy sharoitlardan va, hattoki, texnologik imkoniyatlardan kelib chiqish. Har bir tadqiqotchi yoki pedagog ekologik fanlardan ilmiy izlanishlar yoki unga oid ta’lim jarayonini olib borayotganda davlat, jamiyat va shaxs talablaridan kelib chiqqan tarzda olib borishni taqozo etadi. Ekologik fan va ta’limni muayyan ekotizimlar doirasida baholash yuqori darajada tadqiqotlar o‘tkazish demakdir.


Mustaqil O‘zbekistonning o‘ziga xos ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining milliy modelidagi besh tamoyil – iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi va demokratik o‘zgarishlarning tashabbuskori ekanligi; qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat ustuvorligi; bozor munosabatlariga





45 Falsafa. Qomusiy lug‘at. – T.: «Sharq», 2004. 147-b.


46 Falsafa. Qomusiy lug‘at. – T.: «Sharq», 2004. 374-b.
bosqichma bosqich o‘tishning ustuvorligini sanab o‘tish kifoyadir47. Endilikda ekologik metodologiya mustaqil davlatimizning ichki siyosat sohasidagi o‘ziga xos rivojlanish yo‘li O‘zbekiston SSRning marksizm- leninizm g‘oyasiga tayanganligi sotsialistik, rejali, ideologiyalashgan ichki siyosatidan tubdan farq qiladi. Endilikda Quyi Zarafshon agroekotizimlarini sobiq SSSR mehnat taqsimotidagi «resurs o‘lka» sifatida foydalanish tamoyilini inkor etib, uni mahalliy aholining «yashash makoni» sifatida qarashga undaydi.
Tabiiy, ijtimoiy-tabiiy va tabiiy-ijtimoiy voqea, jarayon va hodisalarni ilmiy bilishda ekosferada kechayotgan tabiiy, tabiiy-antropogen, antropogen-tabiiy jarayonlarni inson faoliyatisiz hamda inson faoliyati natijasida o‘zgarishini taqqoslashni tadqiq qilishdan iborat.
Yuqorida sanab o‘tilgan talablarni ilmiy bilish uchun zarur hisoblangan dala-ekspeditsion, kameral- laboratoriya, informatsion-kommunikatsion metodlarni tanlash va ularni tizimlashtirishdan iboratdir. Zero tadqiqot metodlari o‘z-o‘zidan tanlanmaydi. Avvalambor ekologik fanlar metodlari huquqiy asos, siyosiy holat, iqtisodiy imkoniyat, ijtimoiy sharoit, ma’naviy-ma’rifiy daraja va ekologik vaziyatni inobatga olish lozim. Masalan, GIS (GIT o‘zbekchada) metodi – geoinformatsion usullardan Quyi Zarafshon agrotizimlarini raqamli kartografik usullarni qo‘llash orqali tadqiq etish. Bu usul juda serharajat va u bevosita O‘zbekistonni Yer atrofidagi sun’iy yo‘ldoshlarga ega bo‘lgan davlatlar bilan axborot olishdagi siyosiy aloqa va iqtisodiy imkoniyat darajasiga bog‘liqdir.
Ekologik tadqiqot metodlarini tanlashda tizimlash yoki tizimli yondashuvni48 qo‘llashimiz lozim bo‘ladi. Tizimli yondashuv ilmiy bilish jarayoni gipoteza, konsepsiya, rejadan boshlanib, nazariy asosini ishlab chiqish yoki aniqlashtirish hamda amaliy tatbiqiga yetib borish metodlarini muayyan ierarxiya (qismlar zinapoyasida) olib borishni talab etadi.
Ekologik tadqiqotlardagi mazkur metodologik talab, masalan, avval Quyi Zarafshon agrotizimlariga oid holatni aniqlash, so‘ngra – dala-ekspeditsion, kameral-laboratoriya va so‘ngra, analitik-tahlil metodlarni qo‘llashga undaydi.
Ekologik fanlar nazariyasida zamonaviy metodologik asosni to‘g‘ri tanlash va uni tadqiqot ishlarida
qo‘llash, olinadigan natijalarning haqqoniyligi, asoslanganligi va amaliy ahamiyatliligini bildiradi.

    1. Yüklə 4,14 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə